Uy-joy huquqi


Uy-joy qurish va uy-joy koopcrativlari uylaridan



Download 10,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/65
Sana01.04.2022
Hajmi10,37 Mb.
#523213
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   65
Bog'liq
Uy-joy huquqi (N.Imomov) (1)

7.2. Uy-joy qurish va uy-joy koopcrativlari uylaridan
turaijny olish hamda ulardan foydalanish tarfibi
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a'zosining a'zolikka 
kirishidan maqsadi kvartira olishdir. Aynan shu mnqsadda u 
kooperativga a ’zo ho‘lib kiradi va pay badallarini to ‘]aydi. U 
to‘layotgan pay badali unga kelajakda qurilgan uyga nisbatan mulk 
huquqini beradi. Unga pay badali miqdoriga muvofiq. bir yoki bir 
necha xonadan iborat boMgan alohida kvartira beriladi. Kvartirani 
berish kooperativ a’zolarining iimumiy yig'ilishi qaroriga asosan 
amalga oshiriladi.
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari uyidagi kvartiralarga 
mahailiy davlat hokimiyati organi beradigan mahalliy davlat 
hokimiyati organi fuqaroga herilgan lurnijoyga ko‘chib kirish uchun 
asos bo'ladigan yagona O 'zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilangan shakl va namunadagi hujjal 
orderga muvofiq ko‘chib kiriladi. Order faqat bo'sh turgan alohida 
turatjoyga, yangi qurilgan uylardn esa, davlat komissiyasining uyni 
foydalanishga qabul qilish to ‘g ‘risidagi dalolatnomasi tasdiq- 
langanidan keyingina tuman, shahar (shahar tarkibiga kiruvchi 
tuman) hokimi qarori bilan berilishi mumkin.
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosi order berishni 
rad etish ustidan sud tartibida shikoyat qilishi mumkin.
Turaijoyning qurilish yoki xarid qiymati umumiy summasiga 
teng boMgan kooperativ a’zolari lomonidan toMangan mnlkiy (pul) 
badali uy-joy qurish va uy-joy koopcrativi pay badali hisoblanadi. 
Uning miqdori va to‘lash muddatlari kooperativ umumiy yig‘ilishi 
tom onidan belgilanadi. Uy-joy qurish kooperativi a'zolariga 
beriladigan kvartiralarning qiymati uyni qurish uchun amalda 
qilingan xarajatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi
Pay badali uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a'zosi 
tomonidan bir yo'la yoki bo'!ib-bo‘lib to ‘lanadi. Uy-joy qurisb 
yoki uy-joy kooperativi a'zosining pay badallarini bo‘Iib-bo‘lib 
to'lashi yoki birdaniga toMashi kooperativ umumiy yigMlishining 
qarori bilan yoki kooperativ a’zosiningta!abi bilan amalga oshiriladi. 
Pay badalini hirdaniga yoki boMib-boMib toMashning toManadigan 
umumiy summaga ta'siri yo‘q. Bu yerda pay badalini bo'lib toMash
2 ( 2
www.ziyouz.com kutubxonasi


kooperativ a’zosining katta miqdordagi summani birdaniga toiash 
imkoni yo'qligi, uning moliyaviy ahvolini yomonlashtirib qo'ymas- 
lik uchun amalga oshiriladi.
Koopcraliv a'zosi talabi bilan boiib -b o iib loiash lozim boigan 
pay badalining qolgan qismini u xohlagan paytda muddatidan oldin 
toiashi huquqiga ega.
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a'zosi kooperativga a’zo 
b o ia r ekan amaldagi qonun hujjatlari hamda kooperativ ustaviga 
asosan muayyan huquq va majburiyatlarga ega boiadi.
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining turarjoy mulkdori 
boimagan a'zosi o'zi bilan birga yashovchi, pay jamg'armasiga 
b o ig a n huquqi tan olingan oila a ’zo1arining, shu jumladan 
vaqtincha boimaganlarining yozma roziligi bilan egallab turgan 
turarjoyini uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining turarjoy 
mulkdori boigan boshqa a ’zosi biian ayirboshlash shartnomasini 
luzgan holda almashtirishga haqlidir. Bu ayirboshlashning boshqa 
turarjoylarni almashtirish shartnomasidan asosiy farqi shartno- 
maviy munosabatda ishtirok etuvchi taraflaming kimlar boiishligi 
qat'iy be]gi|ab qo'yilganligidir. Bunday ayriboshlash shartnomasida 
taraflar sifatida qatnashuvchi turaijoyni almashtirayotgan shaxslar 
kooperativ a’zoligiga qabul qilingan boiishi va u kredit hamda 
foizlarning tegishli qismini toiash xususiydagi kooperativ ustavining 
talablarini bajarishi kernk. Taraflaming pay badallari o'rtasida farq 
mavjud boisa. ayirboshlanayotgan turaijoy hajmida ham farq boisa 
u holda bu masala FKning 479—5 0 1-moddalari talablariga 
asoslangan holda hal qilmadi. Tuziladigan ayirhoshlash shartnomasi 
ham yuqoridagi FK moddalari qoidalaridan kelib chiqib tuziladi.
Uy-joy qurish yoki uy-joy koopemtivining a'zosi qonun 
hujjatlariga muvofiq turarjoyni ijaraga yoki arendaga berishga 
haqlidir.
Bundan tashqari. uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlari 
a'zolari:
— kooperativ faoliyatida va uning ishlarini boshqarishda 
qatnashish, kooperativning boshqaruv va nazorat idoralariga saylash 
hamda saylanish, kooperativ faoliyatini yaxshilash, uning idoralari 
va mansabdor shaxslaming ishidagi nuqsonlarni bartaraf etish 
haqida takliflar kiritish;
2 1 3
www.ziyouz.com kutubxonasi


— foyda (daromad)dan ulush olish, kooperaliv tugatilgan 
taqdirda esa uslavda nazarda tutilgan tartibda qo'shgan mehnal 
va mulkiy hissasiga yarasha kooperativ a'zolari o‘rlasida taqsim- 
lanishi lozim bo‘lgnn mulk ulushini olish:
— pay badnlining butun summasini qaytarib olgan holda, 
shuningdek o ‘z mehnat va mulkiy hissasiga mutanosib ravishda 
kooperativ foydasidan (daromadidan) ulush olgan holda koope- 
rativdan ixtiyoriy tarzda chiqish;
kooperativ mulkidan, ustavda kooperativ a'zolari uchun 
nazarda tutilgan imtiyozlar va afzalliklardan foydalanish;
— kooperativning mansabdor shaxslaridan kooperativning 
faoliyatiga doir har qanday masala yuzasidan axborot olish;
— kooperativ mulkidagi o'ziga qarashli ulushni meros qilib 
qoldirish huquqiga egadir;
— ishlab chiqarish ehtiyojlarini va kasbiy tayyorgarlikni hisobga 
olgan holda kooperativdan ish olisli;
— ishlanmaydigan kunlar berish orqali ta'niinlanadigan dam 
olish, shuningdek ishchi va xizmatchilarning legishli toifalari uchun 
qonunda belgilanganidan kam bo'lmagan muddatga har yili haq 
to'lanadigan mehnat ta ’tili olish;
— xavfsiz mehnat sharoili bilan ta'minlanish;
— o'zini ijtimoiy va majburiy tibbiy sug‘urta qildirish hamda 
ijtimoiy ta’min!anish;
— madaniy-maishiy xizmatdan foydalanish va kooperativ 
a ’zolarining umum iy yig‘ilishi belgilangan larlibda boshqa 
ehtiyojlarni qondirish huquqiga ham egadirlar
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlarining a'zolari;
— kooperativ ustaviga rioya etishlari hamda kooperativning 
umumiy yig'ilishi, saylab qo'yiladigan boshqaruv va nazorat 
idoralari qabul qilgan qarorlarni bajarishlari;
— kooperativ faoliyatida mehnat qilib yoki mulk qo'shib ishtirok 
etish bilan bog‘liq kooperativ oldidagi o'z majburiyatlarini 
bajarishlari;
— kooperativga xo'jalik faoliyali yuritish uchun berib qo‘yilgan 
tabiat resurslaridan oqilona foydalanishlari, ularni asrab- 
avaylashlari hamda atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tad- 
birlarini bajarishlari shart.
2 1 4
www.ziyouz.com kutubxonasi


Kooperativ a'zolari kooperativ ustavida va qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan boshqn huquqlarga ham ega boMadilar hamda 
ularning zimmasiga majburiyat ham yuklatilishi mumkin.
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining a'zosi turaijoyga 
egalik qilish, undan foydalanish va uni lasarruf etishga asos 
bo‘ladigan pay badaliga bo'lgan huquqqa hamda pay badali hisobiga 
o‘zi to iagan summaga boigan mulk huquqiga egadir Bu talab 
pay badaliga b o ig a n kooperativ a'zosining mulkiy huquqlari 
hisoblanadi. kooperativ a’zosi pay badaliga nisbatan mulkdorlik 
huquqlariga ega boiadi. O'zbekiston Respublikasining «Mulkchilik 
to‘g‘risida»gi qonuni va FKning 164-moddasida belgilanishicha, 
mulkdor o ‘ziga tegishli mol-mulkka o ‘z ixtiyoriga ko‘ra, o‘z xohishi 
va manfaatlarini ko'zlab egalik qiladi. undan foydalanadi va uni 
tasarru f etadi. Shu m a 'n o d a m ulkdor o ‘z mulkiga b o ‘lgan 
huquqlarini ixtiyoriy ravishda, o ‘z xohishiga ko‘ra amalga oshiradi. 
Mulkdorning o ‘z xohishi deganda, uning o ‘z erki, irodasi bilan 
o‘z manfaatlarini ko'zlab, birov (uchinchi shaxslarjning taz'yiqisiz, 
g'ayrihuquqiy ta'sirsiz harakat qilishi nazarda tutiladi. Pay badaliga 
bo‘lgan huquq kelajakda kooperaliv a'zosiga turarjoyga nisbatan 
mulk huquqini vujudga keltiruvchi asos hisoblanadi. Pay badallarini 
to‘liq to'lagan kooperativ a'zosi turarjoyga nisbatan mulk huquqini 
qo‘lga kiritadi. Kooperativ uy-joyga nisbatan mulk huquqi koopera- 
tiv a'zosi pay badallarini batamom to‘lab boMganidan keyin vujudga 
keladi.
Shunisi ahamiyatliki, uyning bir necha kvartiralarga xizmat 
qiladigan umumiy xonalari, xususan, ustun va to'sinlar, mexanik, 
elektr, sanitariya-texnika va kvartira tashqarisidagi yoki ichkarisidagi 
o ‘zga qurilmalari ko‘p kvartirali uydagi kvartira egalariga ulushli 
mulk huquqi tarzida tegishli bo‘ladi. Kvartira egasi uy-joy umumiy 
mol-mulkiga egalik huquqidagi o‘z ulushini tasarrufdan chiqarish- 
ga, shuningdek, bu ulushning kvartiraga ho‘Igan mulk huquqidan 
alohida tarzda boshqa shaxsga o'tishiga olib keluvchi o ‘zga 
harakatlarni amalga oshirishga haqli emas.
Ayrim hollarda kooperativ a'zosining pay badali bir necha 
shaxsga umumiy mulk asosida tegishli boMishi mumkin. Ma^alan, 
oila a'zolariga umumiy birgalikdagi mulk asosida, ayrim fuqarolarga 
umumiy ulushli mulk asosida va h.k.
215
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bu holatdn umumiy oila a'zolariga tegishli bo'lgan pay badaliga 
nisbatan mulk huquqini amalga oshirish yagona shaxsning mulkka 
bo'Igan huquqlarini amalga oshirishidan murakkabroqdir.
FKning 225-moddasiga asosan agar birgalikdagi mulk ishtirok- 
chilari o‘rtasidagi kelishuv bilan boshqacha tartib nazarda tutilgan 
boMmasa, ular umumiy mulkka birgalashib egalik qiladilar va undan 
foydalanadilar. 
'
Birgalikdagi mulk boMgan mol-mulk barcha ishtirokchilarning 
roziligi bilan tasarruf etiladi, mol-mulkni tasarruf etish xususidagi 
bitim ishtirokchilardan qaysi biri tomonidan tuzilayotgan boMishi- 
dan qat’i nazar, hunday rozilik talab qilinadi.
Bu holatda pay badalining summasi, ularning tarkibi shu pay 
badali umumiy mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan mulkdor- 
larning roziligi bilan uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a'zosi 
tomonidan belgilanadi.
Turarjoyda yashaydigan, lekin sherik paychi bo'lmagan shaxslar 
tegishli turarjoydan faqat foydalanish huquqiga egadirlar. Ular 
turarjoyga egalik qilish va uning yuridik taqdirini belgilaydigan 
tasarruf etish huquqiga ega emas. Ular faqat turarjoyga nisbatan 
ashyoviy huquqqa ega boMadilar. Bunday shaxslar loifasiga ijaraga 
turarjoy olgan shaxslar, vaqtincha tekinga foydalanib turgan 
shaxslar va boshqalar kirishi mumkin.
Turarjoyga nisbatan mulk huquqining vujudga keltirilishi 
kooperativ a'zosining turarjoyga mulkdorlik maqomiga ega bo'lishi 
bilan izohlanadi. Turarjoyga uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi 
a'zosida mulk huquqining vujudga kelish asoslari, tartibi, 
muddatlari, shartlari kooperativ ustavida va amaldagi qonun 
hujjatlarida belgilangan bo'ladi. Agar uy-joy qurish yoki uy-joy 
kooperativi ustavida boshqacha tarlib belgilangan bo'lmasa. uy- 
joy qurish yoki uy-joy kooperaiivi a'zosi o'zi egallab turgan 
turarjoyga.nisbatan mulk huquqiga ega bo‘ladi.
Kooperativ a'zosining pay badallari jamg'armasi umumiy mulk 
asosida bir necha shaxslarga. ya'ni uning oila a'zolariga tegishli 
bo'lib, pay badali ulushlarga ajralmagan holda oila a'zolarining 
birgalikdagi mulklari bo lsa hamda ularning roziligi bilan oila 
a'zolaridan biri kooperativ a'zosi boMsa, u holda :ushbu pay 
badallarining qismiga huquqi boMgan oila a'zolari pay badalining
2 1 6
www.ziyouz.com kutubxonasi


harcha summasi toMangan kundan hoshlab umumiy mulk huquqiga 
ega hoMadilar.
Ayrim hollarda pay hadali umumiy mulk asosida tegishli bo‘lgan 
pay badali mulkdorlari kelajakda o‘zlariga tegishli bo‘lgan turarjoyni 
boMishlari mumkin. Bu yerda bo‘lish har bir shaxsning qo'shgan 
ulushiga yoki taraflarning kelishuvi bilan boshqa omillarga qarab 
amalga oshiriladi. Agar qo‘shilgan ulushga qarab bo'Iish amalga 
oshiriladigan bo‘lsa, u holda qo'shilgan ulush foizidan kelib chiqib 
uy-jny boMinadi. Agar ulushli mulk ishlirokchilarining ulushlari 
qonun asosida belgilanishi mumkin boMmasa hamda uning barcha 
ishtirokchilarining kelishuvi bilan belgilab qo'yilgan boMmasa, 
ulushlarteng deb hisohlanadi hamda uy-joy teng o ‘rtada boMinadi.
Lekin turarjoyni boMish uchun sabab boMadigan asosiy omil 
turaqoyning boMish imkoniyatining bor yoki yo'qligidir. Uy-joy 
qurish yoki uy-joy kooperativi uylaridagi turaijoyni sherik paychilar 
o rtasida boMishga, agar ularning harbiriga alohida turarjoy ajratish 
mumkin boMsa yoM qo'yiladi. Agar lurarjoyni boMish imkoniyati 
boMmasa uni boMishga yoM qo'yilmaydi. Alohida boMmagan 
turarjoylarni qayta qurish yoki o'zgartirish hisobiga alohida 
turarjoyga aylantirish mumkin boMganda ham turarjoylarni qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda boMishga yoM qo'yiladi.
Ayrim hollarda turatjoyni boMish borasida taraflar o‘rtasidn 
nizo kelib chiqadigan boMsa. pay badallari ham mulkdorlnridan 
biri sherigining ulushini sotib olishi orqali luratjoyga egalik qilishi 
hnm mumkin. Turarjoyni boMish borasidn taraflar biror qarorgn * 
kelishmasa. o ‘rtada nizo keiib chiqsa, turaijoyni boMish to‘g‘risidagi 
bunday nizolar sud tartibida hal etiladi va sudning qarori bilan 
turarjoy boMinadi.
Ayrim hollarda uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining a'zosi 
kooperativ a'zoligidan chiqarishi mumkin Kooperativ a'zoligidan 
chiqarish faqatgina kooperativ umumiy yigMlishining qarori asosida 
amalga oshiriladi. Boshqa ma'muriy hujjatlar kooperativ a'zoligtdan 
chiqarish uchun asos hisoblanmaydi. Kooperativ a'zoligidan 
chiqarish asoslari va tarlibi kooperativ ustavi va amaldagi qonun 
hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Kooperativ a'zosining 
kooperativdan chiqarish uchun umumiy yigMIish qarori bo‘yicha 
quyidagi omillar sabab boMadi:
2 1 7
www.ziyouz.com kutubxonasi


— haqiqatga to'g'ri kelmaydigan hujjatlar taqdim etilishi;
— haqiqatga to'g'ri kelmaydigan hujjatlar deganda shaxsini
yashash joyini, mulkiy holatini asoslovchi hujjatlarni soxta- 
lashtirilgan. qalbaki hujjallar tushuniladi. Bunday hujjatlarning 
taqdim etilishi o ‘z -o ‘zidan kelajakda salbiy oqibatlarni keltirib 
chiqarishi, agar bu hujjatlar kooperativga kirish uchun asos bo'lgan 
bo‘lsa, kooperativ ishiga firibning aralashishiga olib kelishi mumkin;
— turarjoyni yoki um um iy foydalanishdagi obyektlarni 
muntazam huzgan yoki shikastlantirgan bo'lsa;
— turarjoyga nisbatan mulk huquqini qo‘lga kiritgan shaxs 
unga nisbatan mulk huquqini o ‘z xohishiga qarab, lekin qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan doirada amalga oshiradi. Lekin 
kooperativ a'zosi hali to'liq pay badallarini 
10
‘lamasdan turib unga 
nisbatan to'liq mulkdorlik maqomini qo'lga kiritmaydi. Shu sababli 
uni soz saqlash, shikast yetkazmaslik majburiyatiga ega. Agar 
kooperativ a'zosi bunday majburiyatlarni bajarmaydigan bo'lsa 
ya'ni turarjoyga zarar yetkazadigan bo'lsa. umumiy yig‘ilish qarori 
asosida turarjoydan foydalanish qoidalariga rioya etilmaganligini 
sabab qilib ko‘rsatib kooperativ a'zosini kooperativdan chiqarish 
haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Bundan tashqari, ko‘p qavatli turatjoyning umumiy foydala- 
nishdagi obyektlari ham mavjud. T u rarjo y n in g bir necha 
kvartiralariga xizmat qilndigan umumiy xonalari, xususan, uslun 
va to'sinlar, mexanik. elektr, sanitariya-texnika va kvartira 
tashqarisidagi yoki ichkarisidagi o'zga qurilmalari ko‘p kvartirali 
uydagi kvartira egalariga ulushli mulk huquqi tarzida tegishli 
bo'ladi. Uni birshaxs o‘z xohishi bo‘yicha tasarruf qilishi mumkin 
emas. Ushbu qoidadan kelib chiqadigan bo‘!sak, kooperativ n'zosi 
uniumiy foydalanishdagi joylardan ham to'g'ri foydalanishi lozim. 
Aks holda uning noto'g'ri xatti-harakati kooperativ a'zoligdan 
chiqarilishiga sabab boMishi mumkin;
— turarjoy yokt umumiy foydalanishdagi obyektlardan o'z 
maqsadi bo'yicha foydalanmayotgan bo‘lsa;
— turarjoyning asosiy maqsadi ktshi yashashi uchun mo'ljallan- 
ganidir. Turarjoydan o ‘z maqsadiga qarab foydalanmasa, uni 
noturarjoy maqsadlarida, yani turli firmalarga arendaga berib, ofislar 
ochib, d o ‘kon, dorixona, sartaroshxona, kafe-barlar va boshqa
2 1 K
www.ziyouz.com kutubxonasi


yashash uchun m o‘ljallanmagan maqsadlarda foydalansa, uning 
bu x a tii-h a ra k ati um um iy yig'ilishning qaroriga asoslanib 
kooperativ a'zoligidan chiqarilishi bilan jazolanishi mumkin.
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi ustavida va qonun 
hujjatlarida tegishli kooperativ a'zoligidan chiqarishning boshqa 
hollari ham nazarda tutilishi mumkin.
Agar kooperativ a ’zosi kooperativ a 5zoligidnn chiqarilsa, uy- 
joy qurish yoki uy-joy kooperatividan chiqarilgnn a ’zo turatjoydan 
ko'chirilishi kerak va uy-joy qurilishi har bir kvadrat metrining 
qiymati qimmatlashganligi hisobga olingan holda tcgishli pay badali 
unga qaylarib beriladi.

Download 10,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish