Uy-joy huquqi


Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli



Download 10,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/65
Sana01.04.2022
Hajmi10,37 Mb.
#523213
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   65
Bog'liq
Uy-joy huquqi (N.Imomov) (1)

8.2. Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli
kommunal uy-joy fondidagi turarjoyni hronlashtirish
T urarjoyni b ro n la sh tirish v aqtincha b o 'lm a g a n fuqaro 
foydasiga uy-joyni saqlab qolishning maxsus turi hisoblanadi 
Bronlashtinsh moddada ko'rsatilgan hollarda amalga oshiriladi: 
chet elga ishga, o ‘qishga ketganlarida — chet elda b o ig a n butun 
vaqt mobaynida. mehnat shartnomasi bo ‘yicha ishga jo 'n a b
ketganlarida — mehnat shartnomasi amal qilgan butun vaql 
mobaynida. Boshqa maqsadlarda j o ‘nab ketilganda (masalan, 
qarindoshlamikiga borish) turaijoy bronlashtirilmaydi. Oldingi 
qonunchilikdan farqli o ia ro q turnijoyni bronlashlirish holatla- 
rining ro'yxati cheklangan.
2 3 6
www.ziyouz.com kutubxonasi


UJKning 52-moddasida fuqaroning bo‘lmagan vaqtida turar- 
joyni saqlab turish holatlari ko‘zda tutilgan, biroq ular bir martalik 
xususiyatga ega va qisqa muddat o ‘rnatilgnn. turarjoyni hronlash- 
tirish esa qoida bo'yicha uzoqroq muddatlar bilan farqlanib turadi.
Bronlashtirishning kim tomonidan qilinishi qonunda ko'rsatilgan 
bu — ijaraga oluvchi, uning oila a'zolari yoki u bilan doimiy 
yashayotgan fuqarolar. Saqlash guvohnomasi (bron) turarjoy 
joyiashgan hududning tuman, shahar (shahar tarkibiga kiruvchi 
tuman) hokimligi tomonidan beriladi. Saqlash guvohnomasini 
(bronni) berishni rad etish ustidan sud tartihida shikoyat qilinishi 
mumkin.
Ijara shartnomasini o ‘zganirish yoki bekor qilish bo‘yicha da'vo 
kiritilgan ho‘lsa, turarjoyni bronlashtirish mumkin emas. Nizo 
sud tartibida hal etilgunga qadar saqlash guvohnomasi (bron) 
berilmaydi.
Fuqarolar tomonidan turarjoyni bronlashtirish ular j o ‘nab 
ketgan paytdan boshlab olli oydan kechiktirmay amalga oshirilishi 
kerak.
Bu muddat tugagandan keyin ham agar fuqarolarning ko‘r- 
satilgan turaijoyga bo'lgan huquqlari sud lartibida tugatilgan deb 
tan olinmagan bo‘lsa. turaijoy bronlashtirilishi mumkin. Bunda 
ijaraga oluvchi turatjoyni bronlashtirishga haqli ekanligi Va unga 
bog'liq bo'lmagan holatlar tufayli ushbu huquqdan o‘z vaqtida 
foydalana olmaganligini tasdiqlovchi yozma dalillarni taqdim etishi » 
kerak.
Saqlash guvohnomasi (bron)ning amal qilish muddati luga- 
gandan keyin olti oy mobaynida ijaraga oluvchi, uning oila a'zolari 
yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning turarjoyidan 
foydalanish huquqi saqlanib qolinadi. Agar ular ushbu muddat 
ichida turarjoyni o'zlariga qaytarib berilishini talab qilmasalar
turarjoyni ijaraga berish shartnomasi sud tarlibida bekor qilinishi 
mumkin.
T u rarjo y larn i b ro n lash tirish ta rtib i va b ro n la sh tirilg a n
turarjoyning huquqiy maqomi O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
kodeksi normalari va Yo'riqnoma bilan belgilanadi.
Saqlash guvohnomasini (bronni) berishni talab qilishga 
munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal
2 3 7
www.ziyouz.com kutubxonasi


uy-joy fondidagi turaijoyga bo‘Igan huquqlari saqlanib qoladigan, 
vaqtincha bo'lmagan fuqarolar haqli. Buning uchun ular tuman, 
shahar hokimligiga ariza bcradilar. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova 
qilinadi:
— turarjoy hujjati (orderi)ning nusxasi;
— yashash joyidan ma'lumotnoma;
— foydalanish xarajatlari va kom m unal xizmatlar uchun 
to ‘lovlar bo‘yicha qarzi yo‘qligi to‘g‘risida uy-joy!ardan foydalanish 
tashkilotidan ma'lumotnoma;
— saqlash guvohnomasi (bron) berish uchun asoslar mavjud- 
ligini tasdiqlovchi hujjat.
Ariza turarjoyga bo‘!gan huquqi o‘zi bo‘lmaganida ham saqlanib 
qoladigan fuqaro tomonidan imzolanadi.
Ariza faqat barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan 
boshlab qabul qilingan hisoblanadi. Ushbu vaqtdan boshlab 
saqlash guvohnomasining (bron)ning amal qilish muddati o ‘ta 
boshlaydi
Ijaraga oluvchi barcha oila a'zolari bilan jo'nab ketganda ular 
egallab turgan barcha uy-joy maydoni bronlashtiriladi. Agar oila 
a'zolaridan biri jo ‘nab ketayotgan bo'lsa. uy-joy maydonining faqat 
bir qismi bronlashtiriladi.
Turarjoyni bronlashtirish maxsus hujjal bilan rasmiylash- 
tiriladi — saqlash guvohnomasi (bron) Ariza berilgandan so‘ng 
yigirma kun ichida hokimiyat bir nusxada saqlash guvohnomasi 
(bron)ni munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va a riq maqsadli 
kommunal uy-joy fondining uylaridagi turarjoy uchun fuqaroga 
beradi.
Chet elda bolish vaqtining cho'zilishi, mehnat shartnomasining 
qayta tuzilishi yoki uzaytirilishi va boshqa hollarda saqlash 
guvohnomasi (bron) turarjoyni bronlashtirish huquqini tasdiqlov- 
chi hujjatlari (mehnat shartnomasi nusxasi, korxona, tashkilot, 
muassasanmg iltimosnomalari) ilova qilingan fuqaroning arizasiga 
asosan yangi muddatga beriladi.
Saqlash guvohnomasi faqat doimiy foydalanuvchilarga beri- 
ladi, ikkilamchi ijaraga oluvchi va vaqtincha yashovchilar, xiz- 
mat tu ra rjo y va y o to q x o n a d a yashovchi fu q a ro la rg a esa 
berilmaydi.
2 3 R
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ijaraga oluvchi bronlashtirilgan turarjoyni ikkilamchi ijaraga 
berish shnrtnomasi bo'yicha foydalanishga berishga haqli, yoki n 
yerga saqlash guvohnomasi (bron) amal qiladigan rrmddat doirasida 
vaqtincha yashovchilami joylashtirishga haqlidir.
Ijaraga beriivchi bronlashtirilgan turarjoyga ko‘chirib kiritishga 
haqli emas, garchi u ijaraga oluvchi jo ‘nab ketganda bo‘sh qolgan 
bo‘isa ham. Ikkilamchi tjaragn berish shartnomasi Uy-joy kodek- 
sining 57-moddasiga asosan ijaraga beruvchining roziligi bilan 
hamda o ‘zi bilan birga yashayotgan voyaga yetgan oila a'zolarining, 
o ‘zi bilan doimiy yashayolgan fuqarolarning roziligi bilan tuziladi. 
Turatjoyni vaqtincha yashovchilarga berilganda ham rozilik talab 
etiladi (Uy-joy kodeksining 6l-moddasi).
lkkilainchi ijaraga oluvchi va vaqtincha yashovchilar uy-joy 
ijarasi shartnomasi bo'yicha hech qanday huquqlarga ega bo'lmaydi 
va ijaraga beruvchi oldida hech qanday majburiyat olmaydilar. 
Shuningdek, turarjoyga tegishli masalalarni hal qilishda yo‘q 
bo‘lgan shaxslarning fikrlari qolgan ushbu lurarjoyda yashovchi 
doimiy foydalanuvchilarning fikrlari kabi bir darajada inobatgn 
olinishi kerak.
Ijaraga oluvchi qaytib kelgach, ikkilamchi ijaraga olganlar va 
vaqtincha yashovchilardan nafaqat hronning amal qilish muddati 
tugagandan keyin, balki uning amal qilish muddati tugamasdan 
oldin ham b o'shatishni talab qilishga haqli. Bu holda 60- 
moddaning (ikkilamchi ijaraga oluvchinj uch oylik muddat ichida 
ogohlantirish) va 6l-m oddaning (kelishilgan muddat to ‘g‘risida, 
agar muddat kelishilmagan bo'lsa — yetti kundan kechiktirmay) 
qoidalari amai qilmaydi. Ijaraga oluvchi darhol bo‘shatib berishni 
talab qilishga haqli.
Turarjoyni bo'shatishdan bosh tortgan taqdirda, ikkilamchi 
ijaraga oluvchilar yoki vaqtincha yashovchilar boshqa turarjoy 
b e rm a sd a n sud ta rtib id a k o 'c h ir ila d ila r , b ro n la s h tirilg a n
turarjoyda davomiy yashashlariga qaram asd an ular uy-joy 
maydoniga nisbatan mustaqil huquqqaega bo‘la olmaydilar. Hatto 
ijaraga oluvchi turarjoyga bo'lgan huquqini UJKning 116-moddasi 
8-bandiga asosan yo'qotgan laqdirda ham, ikkilamchi ijaraga 
oluvchilar va vaqtincha yashovchilar boshqa turarjoy bermasdan 
ko‘chiriladilar.
2 3 9
www.ziyouz.com kutubxonasi


Arizaga ilova qilingan hnjjntlarda noaniqliklar, xatolar, nolo'g'ri 
ma'lumotlar topilgan holda saqlash guvohnomasi ijaraga bemvchi 
yoki uni bergan organ (hokimiyat) tomonidan haqiqiy emas deb 
topiladi.
Ko‘p hollarda foydalanish xarajatlari va kommunal xizmatlar 
uchun to‘lovlar ho'yicha qarzi yo‘qligi lo‘g‘risida ma'lumotlarda 
xatolar uchrab turadi yoki saqlash guvohnomasi berish uchun 
asoslar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatdagi asoslar vaqtincha 
boMmaslik sabablari 1o‘g‘risidagi ma'lumotlarning haqiqatga to'g'ri 
kelmasligi mumkin.

Download 10,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish