www.ziyouz.com
кутубхонаси
71
nufuzini pasaytirishga harakat qildi. Muhammadaminbek bu muzokaralarda o‘zining nafaqat
salohiyatli sarkarda, balki o‘tkir siyosatchi sifatida ham namoyon eta oldi. Nihoyat, quyidagi
shartnomaga kelishildi:
1920 yil 6 mart,
Skobelev shahri.
Biz, quyida imzo chekuvchilar, birinchi tomondan: Harbiy-Inqilobiy kengash buyrug‘iga asosan,
Turkiston frontida harakat qilayotgan 2-Turkiston o‘qchi diviziyasining boshlig‘i Veryovkin-Roxalskiy
va diviziya harbiy-siyosiy komissari Slepchenko; ikkinchi tomondan: Islom qo‘shinining qo‘mondoni
Muhammadaminbek Ahmadbekov mazkur bitimni tubandagicha tuzdik:
1. Muhammadaminbek Ahmadbekov o‘z qo‘shini hamda o‘zlarining batamom rozi ekanliklarini
izhor etgan qo‘rboshi va xodimlari bilan Sho‘ro hokimiyatini tan oladi hamda uning buyruq va
topshiriqlariga amal qiladi.
2. Muhammadaminbek ixtiyoriylik asosida o‘z qo‘l ostidagi qo‘shini va qurol-aslahalarini saqlab
qoladi hamda Turk brigadasi tarkibiga kiradi.
3. Muhammadaminbek Ahmadbekovning doimiy qarorgohi Toshloqda bo‘ladi hamda vaqtinchalik
boshqa frontlarga safarbar etilmasdan, Farg‘ona hududida tinchlik-osoyishtalikni saqlash ishida
ishtirok etadi.
4. Muhammadaminbekning otryadida xizmat qilib kelgan rus millatiga mansub kishilar o‘zlarini
ozod hisoblaydilar va ixtiyoriy ravishda uning qo‘l ostida xizmatni davom ettirishlari mumkin.
5. Muhammadaminbek Ahmadbekov shu yilning 13-martidan kechiktirmay, o‘z vakillari bilan
birga Turkiston Markaziy hokimiyatiga sodiq ekanligini bildirish hamda kelajakdagi vazifalarni
belgilab olish uchun Toshkentga boradi.
6. Muhammadaminbek o‘z qo‘li ostida bo‘lgan va gapi o‘tadigan qo‘rboshilarni Sho‘ro hokimiyati
bilan sulh tuzishga da’vat etadi.
7. Qo‘mondonlik vakili Sho‘ro hokimiyati nomidan Turkistonni boshqarish ishida shariat asoslariga
amal qilinishi va musulmonlarning mahalliy shart-sharoiti, urf-odatlariga huquq berilishiga va’da
beradi.
8. Muhammadaminbek Ahmadbekovning qo‘rboshilari, xodimlari, askarlari o‘tmishdagi
faoliyatlaridan qat’iy nazar, ta’qib etilmaydilar va daxlsiz bo‘ladilar.
Turkiston fronti Harbiy-Inqilobiy kengashi nomidan: I.A.Veryovkin-Roxalskiy.
Musulmonlar qo‘shini nomidan: Muhammad Aminbek Ahmadbekov.
Sulh bitimi 6-mart kuni Skobelev shahrida imzolanib, bir necha kundan keyin uning tantanalari
Namangan shahrida bo‘lib o‘tdi.
Biroq, sulh bitimi shartlari Sho‘ro hokimiyati rahbarlariga mutlaqo yoqmadi. Ular Muhammad-
aminbekni hech qanday ilojsiz qolgan dushman sifatida kapitulyatsiya (tamomila taslim bo‘lish)
haqidagi dalolatnoma mazmunida tuzilgan bitimga imzo chektirishni maqsad qilib qo‘ygan edilar.
“Bechora” Veryovkin-Roxalskiy rahbarlardan toza eshitadiganini eshitdi. Masalan, Kuybishev uni
so‘kkanicha so‘kib olib, so‘ngra shunday dedi:“— Bu bitim shu holda siyosiy sohada ham, harbiy
sohada ham yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin, uning yettinchi bandi bizni Farg‘onada va hatto
Turkistonda fuqarolar orasida olib borilajak ishlarimizni cheklab qo‘yadi va Sho‘ro hokimiyatiga yot
bo‘lgan mezonlarga amal qilishga (ya’ni, shariatga yo‘l berishga) majbur etadi... Bitim matnini
boshqatdan, boshqa shart-sharoitlarni ko‘rsatib tuzish kerak. Madaminni, — dedi u so‘zining oxirida,
— asta-sekin shashtidan tushirib, bukib, uni oddiy bir itoatgo‘y kishi darajasiga keltirib qo‘yish kerak.”
Farg‘ona viloyat partiya qo‘mitasi va Turkiston o‘lka qo‘mitasi va Turkiston fronti Harbiy-Inqilobiy
kengashiga murojaat qilib, sulh bitimini bekor qilishni, zero, u siyosiy nuqtai nazaridan har qanday
tanqiddan past turishini ta’kidladi. Viloyat partiya qo‘mitasi o‘z yig‘ilishida bitimni bandma-band
muhokama qilib, uning birinchi va beshinchi bandlaridan boshqa hammasi bekor qilinishiga erishish
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
Do'stlaringiz bilan baham: |