Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Navro‘z tantanalari bo‘lib o‘tdi



Download 1,27 Mb.
bet1/5
Sana26.01.2020
Hajmi1,27 Mb.
#37544
  1   2   3   4   5
Bog'liq
navruz

QADAMING QUTLUG‘ KELSIN, NAVRO‘Z!



Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Navro‘z tantanalari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonimizga Navro‘zi olam kirib kelmoqda. Navro‘z mo‘‘jizasini, uning go‘zalligi va jozibasini ko‘rmoqchi, anglamoqchi, his etmoqchi bo‘lganlar yurtimizga kelsin.

Navro‘zi olam qalblarimizda eng inja tuyg‘ularni uyg‘otadi. Inson ongi va tafakkurida umuminsoniy g‘oyalar mavjlanadi.

O‘zbek xalqi bunyodkor xalq. Bu el yaratuvchi el. U toshlarda gulzorlar, bog‘u rog‘lar yaratadi. Bu xalq ezgu niyatlar bilan yerga nihol qadaydi. Farzandi, nabira, evarasi uchun uy quradi. Beshik to‘y, hovli to‘ylar o‘tkazadi. Yaxshi kunimga, bolalarimga deb sarmoya to‘playdi.

Ana shunday bag‘ri butun, orzulari osmon odamlar yashaydi O‘zbekistonda. Tinchlikni non va imon kabi ardoqlaydigan, nafaqat o‘zi uchun, balki butun dunyo uchun, tinchlik so‘raydigan bag‘ri keng, tanti insonlar yashaydi O‘zbekistonda.

Navro‘z mehr-oqibat, xayr-saxovat, o‘zaro hurmat, ahillik, g‘amxo‘rlik, e’tibor va e’zoz tantanasidir.

Navro‘zi olamni nafaqat insonlar, balki zaminu osmon, ona tabiat, jami tiriklik intiq kutadi, shodlanadi, quvonchga to‘ladi.

Bolasini sevadigan, farzandini ardoqlaydigan, dilbandini yeru ko‘kka ishonmaydigan, «Bolam sog‘lom bo‘l­sin», «Bolam omon bo‘l­sin», «Bolam baxtli bo‘l­sin», «Bolam ulg‘aysin», «Bolam kamolga yetsin», «Bolam hech narsaga zoriqmasin» deb yashaydigan o‘zbek xalqi Nav­ro‘zi olamni kutib olyapti. Unga peshvoz chiq­yapti. Qadaming qutlug‘ kelsin, Navro‘z!

Milliy bog‘ bayramona bezatilgan. Hammaning ko‘zida quvonch. Bayram tantanalariga senatorlar va deputatlar, hukumat a’zolari, fan, madaniyat, san’at va sport namoyandalari, oliy o‘quv yurtlari talabalari, jamoatchilik vakillari, mehnat faxriylari, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar elchixonalari va xalq­aro tashkilotlar vakillari tashrif buyurgan.

Soat 10.00. Maydonga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom ­Karimov kirib keladi.

Tantana ishtirokchilarining gulduros qarsaklari yangraydi. So‘z Prezident Islom Karimovga beriladi.

Prezident o‘z tabrik so‘zida Navro‘z xalqimizning eng qadimiy va asl milliy bayrami ekani, uning g‘oyalarida milliy urf-odatlarimiz ming yillar davomida ardoqlanib saqlanib kelayotganini alohida ta’kidladi. Shuningdek, Yurtboshimiz xalqimizdagi bag‘rikenglik, insonparvarlik, mehr-oqibatlilik fazilatlari haqida to‘xtalib, jumladan, shunday dedi:



Aziz do‘stlarim, birodarlarim, bizning xalqimiz nimani istaydi? Avvalo, o‘z yurtida va qo‘shni mintaqalarda, butun olamda tinch­lik-osoyishtalik hukm surishini, turli-turli hududlarda davom etayotgan mojaro va qarama-qarshiliklar kuch ishlatmasdan, faqatgina tinchlik yo‘li bilan, siyosiy muzokaralar yo‘li bilan hal qilinishini xohlaydi.

O‘z osmonining musaffo bo‘lishini, tinchlik barqaror bo‘lgan hayotni istaydigan xalqimiz o‘zgalarga ham ayni shunday tilaklarni ravo ko‘radi... »

Milliy bog‘ bo‘ylab karnay-surnay va nog‘ora sadolari taraladi. Yangi kunni tarannum etuvchi ohanglar jarangi, butun olamga, zaminu falakka Navro‘z kirib kelayotgani haqida jar soladi.

Sahna atrofidagi monitorlarda yurtimizda erkin va farovon hayot barpo etish, shu zaminda yashayotgan har bir insonning orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarish, qishloqlarimizda turmush darajasini yuksaltirish maqsadida izchillik bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning samaralari aks etgan tasvirlar bayram ishtirokchilari qalbida erishilgan yutuqlarimizdan faxrlanish, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonch tuyg‘ularini bag‘ishlaydi.

Bu yilgi Navro‘z tantanalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning badiiy-folklor va etnografik jamoalari chiqishlariga keng o‘rin berilgan. Hududlarning rang-barang dasturlarida uning o‘ziga xos an’analari, laparu o‘lanlari, raqs, baxshilar aytishuvlari ijro etildi.

Vatanimizning hamma qishloq, mahalla, ovul va shaharlarida Navro‘z umumxalq sayillari keng nishonlanmoqda. Prezidentimizning «2014 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarori ijrosi hamma yerda birdek ta’minlanmoqda.



El ertasining egalari

Sobir RUSTAMXONLI, Ozarbayjon  Vatandosh  hamraylig‘i partiyasi rahbari, Ozarbayjon Milliy Majlisi deputati, Ozarbayjon xalq shoiri:

—  2014 yil O‘zbekistonda «Sog‘­lom bola yili» deb e’lon qilindi. Yilning el ertasining egasi bo‘lmish bolalarning jismoniy va ma’naviy barkamolligi bilan  nomlanishi, bu — O‘zbekis­tonda yosh avlod baxt va istiqboliga beqiyos e’tibor qaratilayotganligini ko‘rsatadi. Birgina O‘zbekiston maktablarida ma’naviyat darsi o‘qi­tilayot­ganining o‘ziyoq yurtingizda yoshlarni o‘zbekona ruh, milliy qadriyatlar, azaliy an’analar, o‘zbekona urf-odatlar ruhida tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligidan dalolat beradi...

Mamlakat, maktab, muallim

Oytosh ATAMURATOVA, O‘zbekiston xalq o‘qituvchisi Qashqadaryo viloyati:

— Bu yilgi Navro‘zni o‘zgacha quvonch, shodu-xurramlik bilan nishonlayapmiz. 2013 yilda Prezidentimiz Farmoniga muvofiq «O‘zbekiston xalq o‘qituvchisi» unvoni bilan mukofotlandim. Uzoq yillik mehnatim e’tibor topganidan ko‘nglim tog‘dek ko‘tarildi. Bir narsani angladimki, xalqi­ga sidqidildan xizmat qilgan odam, albatta, qadrlanadi.

Hozir o‘zim ishlayotgan maktabda o‘ndan ziyod o‘quvchilarim men bilan yonma-yon faoliyat ko‘rsatmoqda. Har gal ularni ko‘rganimda ko‘nglim tog‘dek ko‘tariladi.

Bugungidek bayram kunlari menga alohida hurmat ko‘rsatishadi, e’zozlashadi. Shunday damlarda odamlarga nafing tegayotganidan baxtiyor bo‘lasan.



2014 yilning mamlakatimizda «Sog‘­lom bola yili» deb nomlanishi bizning zimmamizga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Farzandlarimizning sog‘­lom o‘sishi, bilim olishi uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilishga tayyorman...

«Sog‘lom bola yili» davlat Dasturini amalga oshirishda 2014 yilga rejalashtirilgan jami xarajatlar miqdori 4 509,2 mlrd so‘m va 302,9 mln dollarni tashkil qilmoqda.

Dasturda 60,1 mingta o‘quv o‘ringa mo‘ljallangan 380 umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, ularni kompyuter texnikasi, o‘quv-laboratoriya jihozlari va boshqa uskunalar bilan ta’minlash belgilangan. Bundan tashqari, 161 kasb-hunar kolleji va akademik litsey, 48 bolalar musiqa va san’at maktabi, 110 bolalar sport ob’ektini qurish, rekonstruksiya qilish va tubdan ta’mirlash rejalashtirilgan.

Bugungi kunda O‘zbekistonda ikki millionga yaqin bola, shu jumladan, 842 ming nafar qiz 30 dan ortiq sport turi bilan muntazam shug‘ullanmoqda.



Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish