Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Navro‘z tantanalari bo‘lib o‘tdi



Download 1,27 Mb.
bet2/5
Sana26.01.2020
Hajmi1,27 Mb.
#37544
1   2   3   4   5
Bog'liq
navruz


Dasturda belgilanganidek, xotin-qizlar, bolalar va o‘smirlarning sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida har oyda sog‘lomlashtirish haftaliklari tashkil etiladi. Shuningdek, mamlakatimiz yetakchi tibbiyot muassasalari mutaxassislari ishtirokida olis tumanlarda yashovchi 145 ming nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Milliy bog‘. Xorijlik mehmonlar ko‘zidagi hayratni, havasni sezish qiyin emas. Ular bizning asriy an’analarimizni, bayramlarimizni maroq bilan tomosha qilmoqda, e’tirof etmoqda.

O‘zbekistonda Navro‘z o‘zgacha nishonlanadi



Ubiraja Vega da Silva, ­Braziliya:

— O‘zbekistonda ishlagan paytimda ko‘plab bayramlarda ishtirok etganman. Yurtingizda bayramlar ichida Navro‘z o‘zgacha nishonlanadi. Shu kuni hamma bayramona liboslar kiyadi, ular quvonchini his qilish qiyin emas. Menga Navro‘z taomlari juda yoqqan.Yana bir jihatni aytishim kerak, o‘zbeklarga xos bo‘lgan mehmondo‘stlik, oqibat tuyg‘ulari ana shu bayramda yanada yorqinroq ko‘rinadi. Do‘stlarim keltirgan sumalak, ko‘k somsalar hamon esimda.



Shu paytgacha Navro‘z haqida ko‘plab kitoblar, maqolalar yozilgan. Buyuk Britaniyaning «The Guardian» nashrida Pol Barlett tomonidan e’lon qilingan maqolada Sharqona yangi yil haqida ko‘plab ma’lumotlar berilgan:

— Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan ­Samarqandda Navro‘z o‘zgacha nishonlanadi. Registon maydoni ajoyib ko‘rinishda bezatilgan. Milliy libos kiygan yigit-qizlar o‘zbek kuy-qo‘shiqlarini kuylamoqda, raqsga tushmoqda. Maktab o‘quvchilari ustozlari bilan bayram dasturxonida Navro‘z taomlaridan tanovul qilishmoqda...



Milliy bog‘. O‘zbekistonimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan san’atkorlar o‘z san’atlarini namo­yish etishmoqda. Maydonda yig‘ilgan odamlarning yuzida tabassum, navqiron yoshlar o‘z quvonch va shodliklarini raqs bilan ifoda qilmoqda. Ha, Navro‘z barcha uchun birday, barcha uchun teng, barchaga shodlik ulashgani bilan ham qadrlidir.

Yangi ish o‘rinlari

Navro‘z tom ma’noda milliy qadriyatlarimiz, ezgu intilishlarimiz ifodalangan bayram. Bu kun o‘zaro yaxshilik, mehr-oqibat, ijtimoiy birdamlik tuyg‘ulari yanada mustahkamlanadi.

Navro‘z kelib, yuragimizda eng ezgu tuyg‘ular jonlanadi. Bemorlar holidan xabar olish, nuroniy keksalarimizni yo‘qlash, odamlarga mehr-e’tibor ulashish kabi qadriyatlarimiz yanada yorqin namoyon bo‘ladi. Qarindosh-urug‘lar, qo‘ni-qo‘shnilar yig‘ilib, sumalak pishiradi. Navro‘z xalqimizga xos bo‘lgan ana shunday fazilatlarni o‘zida jamlagan bayramdir.

Mamlakatimizda har yili davlat byudjetini qabul qilishda ijtimoiy sohani rivojlantirishga alohida e’tibor beriladi. 2013 yilda bu sohaga ajratilgan mablag‘lar byudjetimizning umumiy xarajatlarining 60 foizini tashkil etdi. Bu esa 2012 yilga nisbatan 1 trillion so‘mga ko‘p deganidir.

Bundan tashqari, yangi ish o‘rinlari tashkil etish masalasiga e’tibor yanada kuchayadi. Joriy yilda qariyb bir millionga yaqin ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, mehnat sohasiga qariyb 500 ming nafar yosh yigit-qiz — 2-3 tadan mutaxassislik va ish ko‘nikmalarini egallagan kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilari kirib keladi.

Navro‘z g‘oyasi — partiyamiz g‘oyasi bilan hamohang



Rustam KAMILOV, O‘zXDP Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari:

— Navro‘z kunlari har bir odamning ko‘nglida faqat yaxshilik, ezgu niyatlar, insoniy istaklar jo‘sh uradi. Yordamga ehtiyojmand kishilar, kam ta’minlanganlar, jismoniy imko­niyati cheklanganlar, yolg‘iz keksalar holidan xabar olinadi, ularga sov­g‘alar ulashib, ko‘ngil so‘raladi. Navro‘z bayramida bajariladigan bu kabi amallar partiya­miz ilgari surayotgan ijtimoiy himoya­ni kuchaytirish, jismoniy imkoniyati cheklangan kishilarga munosib sharoitlar yaratib berish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish kabi g‘oyalar bilan chambarchas bog‘liq.

O‘zXDPning barcha darajadagi tashkilotlari o‘tgan yilda ana shu ezgu maqsadlarda bir qator ishlarni amalga oshirdi. Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi tashabbusi bilan «Vasiylik va homiylik to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Mazkur qonun bilan ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalarning vasiylik va homiylikka olish tartiblari demokratik talablar asosida takomillashtirildi.

Shuningdek, 2013 yilda xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlaridagi partiya guruhlari tomonidan elektorat vakillari manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan 118 ta masala sessiyalar kun tartibiga olib chiqildi. Qolaversa, mintaqaviy partiya tashkilotlari tomonidan shu maqsadda seminar-trening va davra suhbatlari tashkil etildi. Bu ham fuqarolarning siyosiy-huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, o‘zaro birdamlik tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qiladi, albatta.



Ot yili barakali bo‘ladi

Ikrom QORATOYEV, «Qoratoy Mirzayev» fermer xo‘jaligi rahbari, O‘zXDP ­Sirdaryo viloyat kengashi ijroiya qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston Qahramoni:

— Navro‘z ayyomi viloyatimizning markazidan tortib, tumanlar, har bir mahalla va qishloqlarda, oilalarda katta shodiyonalar bilan kutib olinmoqda. Kimdir yangi uyga ko‘chgan, kimdir to‘y boshlagan, yana birov mashina sotib olgan. Bularning barchasi hayotimizda bo‘layotgan yuksak o‘zgarishlarni ko‘rsatib turibdi.



O‘tgan yil fermer xo‘jaligimiz g‘alladan 65 sentner, paxtadan 41 sentner hosil ko‘tarib, 85 million so‘m sof foyda oldik. Bu yilgi rejalarimiz ham katta. Ot yilida har doim baraka, to‘kinchilik bo‘lgan. Buni bahorning kelishidan ham bilsak bo‘ladi.

Mamlakatimizda ijtimoiy himoya­ni kuchaytirish haqida gapirganda, avvalo, yildan yilga qishloqlarimiz qiyofasi o‘zgarib, aholining turmush darajasi yuksalishiga xizmat qilayotgan namunaviy loyiha asosidagi uy-joylarga e’tibor qaratish kerak. Joriy yilda bu yo‘nalishdagi ishlar yanada kengaytiriladi. Xususan, 2014 yilda 388 ta massivda umumiy maydoni 1 million 500 ming kvadrat metr bo‘lgan 11 mingta namunaviy uy-joylar qurilishi ko‘zda tutilgan.

Onalar orzusi ushalmoqda

Muqaddas RAHMATULLAYEVA, 44-oilaviy poliklinika bosh shifokori, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi O‘zXDP guruhi a’zosi,

— Ona uchun eng muhimi farzandining salomatligi. Sog‘lom bola yili aynan onalar ko‘nglini ko‘targan tashabbus bo‘ldi. Shu bois joriy yilda tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish, tibbiyot maskanlarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash ishlari izchil davom ettiriladi. Xususan, 2014 yilda sog‘­liqni saqlash tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 407 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ ajratiladi. Bu aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, onalar va bolalar salomatligini mus­tahkamlash yo‘lidagi ishlarni yangi bosqichga ko‘taradi, deb o‘ylayman.

Tibbiyot sohasida olib borilayotgan bu ishlar o‘zining samarasini bermoqda. Xususan, 14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalarda o‘rtacha vazn 43 kilogramm­dan 47 kilogrammga, qizlar o‘rtasida esa 44 kilogrammdan 48 kilogramm­ga ortgan. O‘g‘il bolalarning bo‘yi o‘rtacha 3 santimetrga, qizlarning bo‘yi esa 2,9 santimetrga o‘sgani yurtimizda chindan ham sog‘lom avlod voyaga yetayotganidan dalolat beradi...



O‘tgan yilda tug‘ruq yoshidagi 7 million ayol hamda 7 million 300 ming nafar bola tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, 195 ming nafar yolg‘iz qariyalar, nogiron va pensionerlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatildi. Yil mobaynida mamlakatimiz bo‘yicha 311 milliard so‘mlik byudjet mablag‘i hisobidan 146 ta zamonaviy tibbiyot muassasasi foydalanishga topshirildi.

Milliy bog‘. Qo‘shiq kuylayotgan, raqs tushayotgan, varrak uchirayotgan bolalar O‘zbekistonimizning sog‘lom, barkamol voyaga yetayotgan farzandlaridir. Ularni ko‘rib kelajagimiz ishonch­li qo‘llarda ekanidan ko‘ngling to‘ladi, ertangi dorilamon kunlar haqida shirin xayolga cho‘masan...

Kuchli, bilimli,

dono yoshlar

Xurshida HAKIMOVA, Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 122-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibi:

— Yurtimizda sog‘lom avlodni tarbiyalash, ularni ma’naviy va jismoniy barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Nafaqat viloyat markazlarida, balki olis qishloqlarda ham sport kom­pleks­lari qurilib, ishga tushirilmoqda. Shu e’tiborning birgina samarasini o‘z yutuqlarim misolida aytib o‘tmoqchiman. Men sportning sinxron suzish turi bilan muntazam shug‘ullanib kelaman. 2010 yilda O‘zbekiston terma jamoasi safiga qabul qilindim va shu yilning o‘zida O‘zbekiston chempioni bo‘ldim. 2013 yilda Turkiyada bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirda 1-o‘ringa loyiq topildim va sport ustasi unvoni bilan taqdirlandim.

2014 yilda Prezidentimiz qarori bilan 16 nafar iqtidorli qizlar qatorida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldim. Buning uchun xalqimga, ota-onamga, barcha murabbiylarimga o‘z minnatdorligimni bildiraman. Ularni Navro‘z bilan chin dildan muborakbod etaman...

Prezidentimizning 2014 yil 6 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga asosan har tomonlama sog‘lom hamda barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlar huquq va manfaatlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish, yosh iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator amaliy tadbirlar belgilandi. Ayni kunlarda barcha viloyatlarda ana shu qaror ijrosiga bag‘ishlangan forumlar, seminarlar o‘tkazilmoqda.



Pardaboy ISKANDAROV, O‘zXDP «Istiqbol» yoshlar qanoti Qoraqalpog‘iston respublika bo‘limi yetakchisi:

— Bugungi kunda safimizda yetti ming besh yuz nafardan ortiq yigit-qiz birlashgan. Kundan kunga ularning siyosiy jarayonlarga bo‘lgan qiziqishi kuchayib boryapti. Bugungi bayram kunlarida ham qanotimiz a’zolari tashabbusi bilan qator tadbirlar, uchrashuvlar tashkil etyapmiz.

«Yosh siyosatchi» klubi faoliyati ham muntazam yo‘lga qo‘yildi. Ayni kunlarda «Yosh siyosatchi» ko‘rik-tanlovining dastlabki bosqichi boshlang‘ich partiya tashkilotlarida o‘tkazilmoqda.

Men mamlakatimizning barcha yoshlarini Navro‘zi olam bilan tabriklayman.



Milliy bog‘. Bayram tantanalariga tashrif buyurgan yurtdoshlarimizning har birida bayramona kayfiyat. Buni ularning so‘zlaridan ham bilsa bo‘ladi.

Xushnudbek XUDAYBERDIYEV, Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi, «Zakovat» intellektual klubi a’zosi:

— Milliy bog‘da o‘tkaziladigan Navro‘z saylida to‘rtinchi bor ishtirok etishim. Bu yilgi bayram tadbirlari har yilgidan o‘zgacha, har yilgidan tarovatli bo‘ldi. Bilasizmi, bayram tadbiriga kelganlarning ko‘zidagi quvonch, yuzidagi tabassum, qalblardagi xotirjamlik in’ikosi ekanligini ich-ichimdan his qildim. Qalbda qachon xotirjamlik bo‘ladi? Avvalo, yurt tinch bo‘lsa, turmush obod, hayot farovon, dasturxon to‘kin bo‘lsa. Behisob shukrlar bo‘lsinki, xalqimizda bularning barchasi mavjud.



Prezidentimiz bayram tabrigida biz yoshlarga qarata Bolalarim, sizlar bizning suyangan tog‘imizsiz. Sizdek yoshlari bor xalq hech narsadan qo‘rqmaydi, deya murojaat qilganlarida juda hayajonlandim...

Joriy yilda 34 ta oliy o‘quv muassasida qurilish, rekonstruksiya va jihozlash ishlarini amalga oshirish uchun 173 millard so‘m mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan. Jumladan, Andijon, Qarshi davlat universitetlari, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va boshqa oliy o‘quv yurtlarining yangi o‘quv binolari va axborot resurs markazlari qurish mo‘ljallanmoqda. Shuningdek, 51 millard so‘m mablag‘ hisobidan mamlakatimizdagi 17 ta oliy o‘quv yurtida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

2013 yilda esa mamlakatimizda 756 ta ta’lim maskani, musiqa va san’at maktablari, bolalar sporti ob’ektlari yangitdan qurildi, rekonstruksiya qilindi va kapital ta’mirlandi. Zamonaviy kompyuter sinflari, o‘quv laboratoriyalari, ustaxonalar tashkil etilib, zarur asbob-uskunalar bilan jihozlandi.

Shuningdek, o‘tgan yildan e’tiboran mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish dasturi doirasida umumta’lim maktablarining 1-sinfidan boshlab xorijiy tillarni chuqur o‘rganish yo‘lga qo‘yildi. Bu esa, albatta, farzandlarimizning jahon ilm-fani va madaniyati yutuqlarini egallashi, yetuk va malakali kadrlar bo‘lib yetishishi uchun yangi imkoniyatlar ochib berishiga shub­ha yo‘q.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish