Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
www.ziyouz.com
кутубхонаси
64
jo‘natgan, o‘zi esa Asaka tomondan hujum boshlagan va orqama-orqa zarba berayotgan, dushman bu
iskanja o‘rtasidan
qanday chiqishini bilmay, shimol tomon chekinishga kirishmoqchi bo‘lib turgan edi.
17 yanvar kuni Monstrov sulhga imzo chekkach, dushmanning sharq tomoni xavfdan holi bo‘lib qoldi
va u o‘zining barcha kuchini Madaminbekka qaratdi. To‘rt kun to‘xtab-to‘xtab davom etgan jangdan
so‘ng Madaminbek Novkat tomonga chekindi.
Shermuhammadbekning Madaminbekka qarata: “— Siz rahmdil, bag‘ri keng odamsiz. Boshqalarga
rahm-shafqat qilasiz-u, ular sizga rahm qilmaydilar. Bu rahmdilligingiz
bir kuni kelib boshingizga
yetmasa deb qo‘rqaman” deb aytgan bashorati to‘g‘ri chiqdi. Tatar diviziyasi Farg‘onaga olib
kelingandan beri, Madaminbek ular bilan jang olib borar ekan, “Bu tatarlar o‘zimizning
qardoshlarimiz, dindoshlarimiz. Ularni bizga qarshi zo‘rlab jangga solgan bo‘lsalar kerak. Bir kuni
insofga kelib qolishar”, — degan o‘y bilan yumshoqroq jang qilar, asir tushib qolganlarini qiynamas,
hurmatini joyiga qo‘yib, yaxshi saqlar, hech narsadan qismas, ba’zan esa,
qurollarini olib qolib,
o‘zlarini qo‘yib yuborar edi. Keyingi janglardan ma’lum bo‘ldiki, tatarlar shiddat bilan, o‘z vatanini,
o‘z g‘oyasini himoya etgandek jon-jahd bilan jang qilar, majburan jangga solingan bechoralarga aslo
o‘xshamas ekan. Shunda ham Madaminbek ularga Allohdan insof tilab qo‘ya qoldi.
1920 yil 2—3 fevral kunlari Poytug‘ yaqinida milliy-ozodlik kurashi tarixidagi eng yirik, eng
shiddatli, eng qonli janglardan biri bo‘lib o‘tdi. O’ttiz to‘rt soat to‘xtovsiz davom etgan bu xunrezlikda
ikkala tomon ham katta talafotlarga yo‘liqdi. Jang mobaynida Yusuf Ibrohimov
jangga zaxira polkini
tashladi. Shunda ham Madaminbek bo‘sh kelmadi. Bu jangda u o‘z vujudidagi rahmdillik tomirini har
qanday og‘riqqa qaramay yulib olib tashlashga majbur bo‘ldi — bu safar u asir olmadi.
Andijondan yana bir tatar polki yetib kelgach, Madaminbek qo‘shini qurshov halqasi o‘rtasida
qoldi. Bu halqaning birorta uzuq joyi yo‘q edi. Bir totor jangchisi zavqlanib qiyqirib yubordi: “ — Uch
yuz oltmish gradus! Poln
ы
y (to‘liq) uch yuz oltmish gradus! Indi bosmachlar qayga qochib qutulalar!”
Halqa tobora torayib, siqib kela boshladi. Madaminbek bir zum jangdan to‘xtab, yigitlariga
murojaat qildi: “— Yigitlar, ukalarim, o‘g‘illarim. Dushman siqib kelmoqda.
Men aslo taslim
bo‘lmoqchi emas edim, biroq sizlarning hayotingizga ham zomin bo‘lmoqchi emasman. Nima
qilaylik? Taslim bo‘laylikmi, yoki o‘limni bo‘ynimizga olib, qurshovni yorib chiqib ketishga harakat
qilaylikmi?”
— Taslim bo‘lmaymiz! — deb hayqirdilar yigitlar baravariga, — o‘limni bo‘ynimizga olib
qo‘yganmiz. O’lsak shahidmiz, o‘ldirsak g‘oziy!
Madaminbek bu so‘zlarni eshitib, ko‘zlariga yosh keldi. Qilich tutgan qo‘lini baland ko‘tarib hay-
qirdi: — Olg‘a yigitlar! Ozod vatan uchun, dini islom uchun olg‘a! Allohu akbar!
Yigitlar ham “Allohu akbar” deganlaricha uning ortidan ot qo‘ydilar. Shu topda ularga — o‘ttiz
to‘rt soatdan beri tinim bilmay, uxlamay, tuz tortmay charchagan, sillasi qurigan ozodlik
jangchilariga
Alloh o‘zi madadga kelib, ularga kuch-quvvat, shijoat ato etdi. Ular misli ko‘rilmagan shiddat,
mardona shijoat bilan jang qilib, ko‘plab dushmanni yer bilan yakson qilib, o‘zlari ham katta qurbonlar
berib, qurshov halqasini yorib chiqib, janub sari olg‘a intildilar.
Qurshov halqasidan sal nariroqda brigada qo‘mondoni Yusuf Ibrohimovning qarorgohi (komanda
punkti) joylashgan bo‘lib, uning oldida qo‘mondon o‘z
yordamchilari, shtab xodimlari va qo‘riqchi
dastasi bilan jangni kuzatib, boshqarib turar edi. Madaminbek o‘zining qurshovni yorib chiqqan
yigitlarini boshlab qarorgoh yaqinidan o‘tib ketayotganida qo‘riqchi dastaning pulemyotchisi beixtiyor
pulemyot og‘zini ular tomon qaratib, endi gashetka (tepki) ni bosmoqchi edi, Yusuf Ibrohimov uning
yelkasiga qo‘lini qo‘ydi:
— Qo‘y, molay. Strelyat itma (otma). Ular nastoyashiy geroy (haqiqiy qahramon) ikan! Geroylarni
uvajat qilish kirak!
Osobiy otdel (ChK ning harbiy qismlaridagi maxsus bo‘linmasi) xodimlari
bu voqeani oqizmay-
tomizmay Frunzega yetkazdilar. Ibrohimov ushbu so‘nggi jang haqida raport bergani uning
qarorgohiga boradi. Frunze raportni tinglab bo‘lgach, so‘radi: