Semantik
afaziyani bartaraf etish metodikasi
Semantik afaziyada kerakli so'zni izlashda yoki predmetni ixtiyoriy
nomlashda o'ziga xos amnestik qiyinchiliklar kuzatiladi. Bunda, leksik
paradigmalarni 1 topishdagi qiyinchilikda, bemorlar ish predmetning
funksiyasi va sifatini ifodalashga sintagmatik vositalar bilan yondashadilar,
ya’ni bir so'zni boshqasi bilan almashtirmaydilar (verbal parafaziyalar),
balki so'zni yaxlit fraza bilan almashtirib gapiradilar: "Anovi bor-ku,
yozadigan narsa. . . " bor-ku, kesadigan narsa" va shu kabilar. Bundan
tashqari afaziyaning bunday shakli uchun murakkab impressiv
agrammatizm xarakterlidir.
Ko'makchi va fleksiylar bilan ifodalangan,
so'zning murakkab ma’no va grammatik munosabatlami tushunishning buzilganligi, impressiv agrammatizm nomini olgan. Semantik afaziyada
"Hodisalami yetkazuvchi" oddiy iboralarni tushunish saqlanadi. Bemorlar
alohida ko‘makchilaming ahamiyatini yaxshi tushunadilar, qalamni qoshiq
ostiga yoki qoshiqni pichoqni o‘ng tomoniga bemalol qo‘ya oladilar,
biroq ko‘rsatma bo‘yicha uchta predmetni joylashda qiynaladilar:
"Sanchqidan o‘ng va qalamdan chap tarafga qaychini qo‘y". Geometrik
figuralarni joylashtirish ularga yanada qiyinchilik tug‘diradi. Doira ostiga
va kvadrat ustiga kesik chiziq chizish singari mantiqiy-grammatik
vazifalarni yecholmaydilar va taqqoslovchi so‘z birikmalarida moMjal
ololmaydilar: "Ahmad Azizdan baland, Nodirdan past. Ulardan qaysi
biri eng baland? Kim eng past?" shunga o‘xshash qiyinchiliklar ravish
bilan keluvchi taqqoslovchi so‘z birikmalarini ham tushunishda yuzaga
keladi; uzoqroq-yaqinroq, o‘ngda-chapda va h.k.
Tushunishning buzilishi.
Semantik afaziyada flektiv so‘z birikmalarini tahlil qilish qo‘pol
buziladi: "Taroqni ruchka bilan ko‘rsat, ruchkani qalam bilan ko‘rsat".
Bu vazifalarni bajarishda bemor predmetlarni qo‘liga oladi, lekin maqsadli
harakatni oxirigacha bajara olmaydi. Bunday qiyinchiliklar harakatni
yo‘nalganligini aniqlashda gapni tushunish holatida ham kuzatiladi:
Nodirni Akbar urdi (Kim urushqoq?). Ko‘rsatilgan ikki gapdan o‘xshash
gapni ajratib ko‘rsatishda ham qiyinchiliklar mavjud: Quyosh yer bilan
yorishadi: Yer Quyosh bilan yorishadi yoki Yerquyoshni yoritadi: Quyosh
Yemi yoritadi.
Sabab-oqibat, vaqt va fazoviy munosabatlami, sifatdosh va ravishdosh
gaplarni ifodalovchi murakkab sintaktik konstruksiyalarni tushunish
bemorlarga qiyinchilik tug'diradi. Chunonchi, quyidagi gaplarni tushunish
ular uchun murakkab: "Men opam bilan gaplashib bolgach, oshxonaga
yo'naldim", "Hammayoq ho‘lligi sababli yomg‘ir yog‘yapti" kabi gaplarda
mantiqsizlikni anglamaydilar.
Semantik afaziyada metaforalar, maqollar, matallar, qochirimli
so'zlarni tushunish yo‘qoladi, ulardagi ko‘chma ma’no tushunilmaydi.
Chunonchi, "tosh yurak", "temir qoT kabi metaforalar, "kiradigan
eshigingni qattiq yopma" kabi maqollar to‘g‘ri, aniq ma’noda tushuniladi.
Og'zaki va yozma nutqning buzilishi. Semantik afaziyada ekspressiv
nutq, nutqning artikulatsion tomonini saqlanganligi bilan farqlanadi.
Biroq, yaqqol ifodalangan amnestik qiyinchiliklar kuzatilishi mumkin:
bemorga so‘zdagi birinchi bo‘g‘in yoki tovushni eslatib yuborish yaxshi
yordam beradi. So‘zlar predmet funksiyasini ifodalash bilan almashtiriladi:
"Bu shu narsaki, u orqali ko‘chani ko‘radilar", yoki "Bu shu narsaki,
vaqtni ko‘rsatadi".
Semantik afaziyada hisob operatsiyalarining qo‘pol buzilishi kuzatiladi.
Arifmetik amallarni yechishda bemorlar harakat yo‘nalishini
aralashtiradigan, o‘nlikdan o‘tishda qiynaladilar, ko‘p xonali sonlarni
eshitib yozish qiyinchilik tug‘diradi. Masalan, 108 soni o‘rniga odam
1801, 1108 sonini yozib qo‘yadi, chunki sonlarning tartibini aniqlashga
qiynaladi. Hisobning buzilishi vazifalar matnini tushunishdagi
qiyinchiliklarda namoyon bo'ladi, chunki ular ham mantiqiy elementlami
o‘zida jamlaydi: ko‘p-kam, uzoq-yaqin, necha marta, qanchaga. Bu ham
o‘sha mantiqiy-grammatik konstruksiyalarni simultativ analiz va sintez
qilishning buzilishi bilan tushuntiriladi.
Menga qiyin bo'lgan paytda,men shuni esimda tutaman,taslim bo'lganim bilan vaziyat yaxshilanmaydi.
Mark Tayson
Do'stlaringiz bilan baham: |