Hizr
alayhissalom hayotdagi Kenja Botirlarga yordamga yetib kelishga ulgurmadilar.
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
www.ziyouz.com
кутубхонаси
141
Insoniyat tarixidagi barcha kurashlar kabi, Turkistondagi milliy-ozodlik harakati ham ayrim
nuqsonlardan holi bo‘la olmadi. Qo‘rboshilarning yakka hokimiyatga intilishi, Muhammadaminbek-
Xolxo‘ja Eshon, Muhiddinbek-Isroilbek mojarolari hamda yo‘l qo‘yilgan boshqa qator-qator xatolar,
albatta, qizil imperiya foydasiga ishladi.
Turkiston o‘lkasi Rossiya tomonidan ikkinchi marotaba bosib olingach, uning aholisi “ikkinchi
nav” darajasiga tushirib qo‘yildi, shuningdek, mahalliy aholi armiya saflariga safarbar etilmadi.
Natijada yigirma-o‘ttiz tasodifiy shaxslarni istisno qilganda yigirmanchi asrning birinchi choragiga
kelib, Turkistonda mahalliy aholidan chiqqan harbiy kadrlar yo‘q edi. Sho‘ro armiyasida esa podsho
davridan qolgan harbiy kadrlar juda ko‘pchilikni tashkil etgan.
Ozodlik harakati ishtirokchilari miltiq otish, qilich chopish va boshqa harbiy ko‘nikmalarni jang
asnosidagina o‘rgana oldilar. To‘g‘ri, ular janglarda harbiy mahoratlarini oshirib, tajribali generallarni
tang qoldirgan qator g‘alabalarga erisha oldilar. Ammo, harbiy ilm, baribir, harbiy ilm-da.
Qo‘rboshilarimiz taktika jihatidan mahorat cho‘qqilariga ko‘tarilgan bo‘lsalarda, strategiya jihatdan
malaka oshirishga ulgurmadilar. Illo, bu ilmga uzoq yillik janglar asnosidagina erishish mumkin.
Istiqlolchilar va istilochilar o‘rtasidagi tengsiz kurashda, yuqoridagi omillarga ko‘ra istilochilarning
qo‘li baland keldi. Ergashbek ham, Muhammadaminbek ham, Shermuhammadbek ham, boshqa
qo‘rboshilar va ozodlik jabhasining oddiy jangchilari ham ko‘ksilarida Vatanni ozod qila olmaganlik
armoni bilan shahodat sharbatini ichdilar. Nafaqat ular, balki Turor Risqulov, Fayzulla Xo‘jaev kabi
siyosiy-g‘oyaviy kurashchilar, Cho‘lpondek olovqalb shoirlar, Fitrat, Munavvar Qori kabi alloma-
jadidlar va ularning minglab safdoshlari ham shu armonni o‘zlari bilan boqiy dunyoga olib ketdilar.
Ezgulikning kechi yo‘q, deydilar. Minglab fidoyi kurashchilarimiz armoni yetmish yildan keyin
ushaldi. 1991 yil 31 avgust kuni O’zbekistonning Mustaqilligi e’lon qilindi. Yurtboshining yuksak
minbardan turib so‘zlagan nutqini, o‘zbek xalqi asrlardan beri orziqib kutgan so‘zlarni tinglar ekanmiz,
yashirmaymiz, ko‘zlarimizga yosh, ha, quvonch yoshlari keldi, qo‘limizga dastro‘mol olib bu yoshlarni
artishga urinmadik ham. Mayli, oqsin. Xalqimizning, kurashchilarimizning armonlari shu yoshlar bilan
oqib ketsin!
Fursatdan foydalanib aytish lozimki, bu tarixiy mavzuga qo‘l urib, ko‘p narsani o‘zim ham bilib
oldim. Ko‘pdan-ko‘p olimu, fuzalolar, qo‘rboshilar yashagan, qarorgoh qilgan joylar, u yerdagi
oqsoqollar, bilimdonlar bilan tanishdim.
Fursat g‘animatligida ushbu risolamizni yuzaga kelishida beg‘araz ko‘mak, amaliy yordam bergan,
menda qo‘rboshi Madaminbek, Shermuhammadbek haqida izlanayotganimdan xabardor bo‘lib,
yozing deb turtki bergan jurnalist adib Alisher Ibodinovga, 1980 yillari suhbatlarimizni birida
“Bosmachi va Qo‘rboshilar” haqida ko‘p bilgan va boy arxiviga ega bo‘lib, 1919—1923 yillarda
“Nasha gazeta”, “Izvestiya” “Krasnoarmeyskaya” gazetalarida qo‘rboshilar to‘g‘risida chop etilgan va
boshqa tarixiy manbalar bilan bu kitobni boyitib, ilk bor yozilishiga birinchi turtkini bergan
Namangan, Andijonda rahbar bo‘lib ishlagan do‘stimiz, akaxonimiz marhum Hamid Qodirovga, bu
kitobni yozilishi bilan qiziqib, nodir hujjatlar bilan siylagan, undagi ilmiy jihatlarni yoritishda o‘z
yordam va maslahatlarini ayamagan taniqli olim, tarix fanlari doktori, professor, O’zbekistonda xizmat
ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Andijon Davlat Universiteti kafedra mudiri Rustambek
Shamsutdinovga, Turkistondagi istiqlolchilik harakati tarixi bo‘yicha e’tirof etilgan taniqli mutaxassis,
mashhur tarixchi olim, tarix fanlari doktori, professor Qahramon Rajabovga, arxiv hujjatlarini chang
yutib, tahlil etgan, eski yozuvlarni tarjima qilgan qadrdonim Yahyoxon Dadaboevga, “bosmachilikka”
oid tarixiy hujjatlar bilan yordami tekkan tarixchi olim Sotimjon Xolboevga, B.Hayitning
Turkistondagi milliy kurash haqidagi kitobining tegishli qismlarini nemischadan o‘girgan Toshkent
Jahon tillari Universiteti kafedrasi mudiri Shavkat Karimovga, Shermuhammadbek bilan Zinovev
o‘rtasida sulh muzokaralar olib borishga vositachilik qilgan marg‘ilonlik Saidumarxo‘ja avlodlaridan
Abdumannonxon Azizxonovlarni topib, tanishtirgan farg‘onalik Abdumalik Murtazoev kabi fidoyi
insonlarga tangridan ajr, sog‘liq-omonlik, baxt-iqbol, boqiy dunyoga rixlat etganlarni esa Allohning
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
Do'stlaringiz bilan baham: |