Microsoft Word shermuhammadbek qurboshi ziyouz com doc



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/149
Sana01.04.2022
Hajmi0,79 Mb.
#522989
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   149
Bog'liq
shermuhammadbek qurboshi

www.ziyouz.com
кутубхонаси
122
Omonulloxonning qaynotasi, asli turk (turkiyalik, Usmonli oilasidan) bo‘lmish Mahmudbek bilan 
tanishdik. Mahmudbek menga tasalli berib ko‘pdan-ko‘p iltifot ko‘rsatdi: 
— Sizga yer beramiz. Shu yerda qoling, — dedi u. 
— Mening mol-mulkka ehtiyojim yo‘q, — dedim men. Ertami-kechmi Vatanga qaytaman. Siz 
mening vaqtincha Kobulda qolishimga yordam bersangiz bas, sizdan minnatdor bo‘lardim. 
Shu orada Kobulda turgan, Sharqiy Buxoroda Anvar Posho milliy harakatga qo‘shilgan paytda unga 
harbiy nozirlik qilgan Hasanbek bilan bir necha marta ko‘rishdim. Hasanbek ham Kobulda 
Omonulloxonning shaxsiy mehmoni bo‘lib turgan ekan. Shu bilan birga Omonulloxonga rus, olmon, 
ingliz, frantsuz, arab va turk tillaridan tarjimonlik qilar ekan. 
Adashmasam, Turkiyaning Marash (hozirgi Qahramon Marash shahari) viloyatidan ekanligini 
aytgandi. Bizdan bir oz vaqt avval Afg‘onistonga o‘tgan ekan. 
— Men yaqinda Vatanga qaytaman, — dedim men,— sizni ham taklif qilsam borarmidingiz? 
— Jonim bilan boraman. Mening bu yerga kelishimdan maqsad mana shu tilagim Turkistonda 
o‘lmoqdir. Biz usmonli zobitlari o‘laroq, Turon uchun tug‘ilganmiz. Turon bilan birga o‘la olamiz. Biz 
o‘zimizdan ko‘ra ko‘proq Sizlarni o‘ylaymiz. 
Afg‘onistonda turkiyaliklar ko‘p edi. Bularning ichida usmonli zobitlari anchagina ekan. Jamol 
Posho bu yerga kelgan paytda Turkiston milliy-ozodlik harakatiga yordam berish uchun bir tashkilot 
tuzgandi. Mana shu tashkilot hozir ham bor bo‘lib men uni ko‘rishga orzumand edim. Jamol Posho bu 
yerda ming kishiga mo‘ljallangan harbiy maktab tashkil etgandi. Mana shu ming talaba ichida ke-
yinchalik Omonulloxonga zarba bergan Habibulloxon ham bor edi. Tashkilot bilan tanishuvim paytida 
Sharqiy turkistonlik Najotiybek hamda Najmiddin Nidoslar bilan ham ko‘rishdik. Muloqot natijasida 
Badaxshonda bitta baqqol do‘koni ochib, Turkistonga qurol-yarog‘ yuborishni shu yerdan boshqarib 
turadigan bo‘ldik.
Shu paytlarda minglab musulmon turklar Peshavordan Afg‘onistonga o‘tayotgandi. Ular bilan aloqa 
bog‘lab mushkullarini oson qildik. Ona vatanga o‘tish uchun bir necha askarlarim bilan Kobuldan 
chiqib, Xindistonga yo‘l oldim. Ingliz elchixonasi xodimlari bilan ko‘rishib yordam so‘radim. O’sha 
kunlarda Leninning o‘lgani haqida xabar keldi. Bombayga borganimda Rusiya tashqi ishlar vaziri 
Chicherin ham o‘sha yerda ekan. U bizning faoliyatimiz haqida ingliz idoralariga shikoyat qilganmish. 
Inglizlar mening yo Sharqiy Turkistonga yoxud Mashhadga ketishim haqida ogohlantirishdi. Pomir 
tomonga boradigan bir poezdga chiqdim. Bombaydan uzoqlashishim bilan bir bekatda poezddan tushib 
qoldim. Piyoda yura-yura ming mashaqqat bilan Himolay tog‘i etagidagi Xatara tog‘laridan oshib 
o‘tib, Turkistonga yetib keldik. Oyoqlarimizda poyabzal ham qolmagandi. Chor-nochor holatda 
yigirma besh kun yurib yana Badaxshonga qaytdik...” 
Shermuhammadbek Pomirga kelganda, bu yerda istiqomat qilib turgan qirg‘iz, tojik, o‘zbek (laqay) 
xalqlaridan qo‘shin tuzib, kurashni davom ettirishni mo‘ljallagan edi. Biroq, askar topish imkoni 
bo‘ldi-yu askarga yarasha oziq-ovqat zaxirasi, qurol-yarog‘, o‘q-dori topish imkoni bo‘lmadi. 
Noilojlikdan yana Afg‘onistonga qaytishga majbur bo‘ldi. 
U Badaxshonga qaytib kelganda 1924 yil tugab, 1925 yil boshlanayotgan, halqaro siyosat va 
Afg‘onistonning ichki siyosatda bir oz o‘zgarishlar yuz bergan edi. Ma’lumki, Sovet hukumati 
o‘zining janubiy chegarasini mustahkamlash, janubiy qo‘shnisi bo‘lgan Afg‘onistonni Angliya 
tajovuzidan saqlash uchun ham uni xalqaro maydonda astoydil himoya qilib keldi, unga siyosiy, 
iqtisodiy yordamlar ko‘rsatdi. Shu tufayli, Afg‘oniston hukumati, xususan uning shohi Omonulloxon 
va undan keyin taxtni egallagan Habibulloxon Rossiya bilan munosabatlarini buzmaslik, uning 
iqtisodiy yordami va qo‘llab-quvvatlashidan mahrum bo‘lmaslik uchun bu davlatning dushmanlari 
hisoblanadigan kishilarni o‘z qanotlari ostiga olmasligi tabiiy bir hol edi. Shu tufayli keyingi yillarda 
farg‘onalik musofirlar ko‘p aziyat chekishlariga to‘g‘ri keldi. 
Shermuhammadbek shu sharoitda ham qo‘l qovushtirib o‘tirmadi: imkon boricha sovetlarga qarshi 
kurashni davom ettirdi. Bir vaqtlar Shermuhammadbekka dushmanlik qilib, uni Sharqiy Buxoroga 


Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish