www.ziyouz.com
кутубхонаси
121
borish Jonibek Qoziga nasib etdi. Qozi 1934 yilgacha O’zgan, Qorashura, Oloy atroflarida jangni
davom ettirdi va nihoyat, Qashqarga ketishga majbur bo‘ldi.
Yuqorida nomlari qalamga olingan qo‘rboshilar ham vaqti-soatlari yetib, birma-bir shahid bo‘ldilar.
O’z ixtiyori bilan sulh tuzib, taslim bo‘lib, yigirmanchi yillarda omon qolgan qo‘rboshilar ham o‘z
ixtiyorlari bilan qizillarga xizmat qilganlar ham, o‘ttizinchi yillar qatag‘onining qatli omiga duchor
bo‘ldilar. Hammalarini Alloh o‘z inoyatiga olgan bo‘lsin!
SHERMUHAMMADBEKNING
MUHOJIRLIKDAGI HAYOTI
Afg‘onistonga o‘tib olishga muvaffaq bo‘lgan Shermuhammadbek hamda hamrohlarining u yerda
ko‘rgan-kechirganlari haqidagi eng ishonchli manba uning xotiralaridir. Xotiralarining Afg‘oniston
bilan bog‘liq qismidan bir parchani Ali Bodomchi kitobidan keltiramiz:
“... Afg‘oniston chegara maskanidan o‘tib, bir hafta yurgandan keyin Badaxshon shahriga olib
borishdi. Bizni podshox Omonulloxonning harbiy qo‘mondonlari va pochchasi harbiy tantana bilan
kutib olib, mehmon qildilar. Boshimizdan o‘tgan hodisalardan juda ta’sirlangan holda shunday tasalli
berishdi: “Peshonangizga shunday yozilgan ekan, taqdiri ilohiyga qarshi turib bo‘lmaydi. Sizlar
qo‘llaringizdan kelganini qildingiz”.
Bu yerda o‘n kuncha dam olgandan keyin Xonobodga yo‘l oldik. Xonobod hokimi bizni ko‘rgani
keldi va hurmatimizni joyiga qo‘yib har bir askarga yigirma jerib yer maydoni ajratib berishga va’da
qildi. Xonobodda ekanligimizda Dohiliya (ichki ishlar) vakili Xayrulloxon bizni mehmon qildi. Menga
bir yilda o‘ttiz ming rupiya nafaqa tayinlaganlarini aytdilar.
Afg‘oniston hukumati bergan pul va yer yordami taqsimlanadigan paytda askarlarimizning
ko‘pchiligi olishni xohlamadilar: “Yurtimizdagi ota-ona, xotin, bola-chaqalarimizni tashlab keldik. Bu
yerda nima qilamiz? Vatanga qaytishni istaymiz”, — degan mazmundagi gaplarini muftiy Yunusali
orqali menga bildirishdi. Men hozir vaziyat o‘ta nozik ekanligi, bir oz sabr qilish zarurligini aytdim.
Afg‘onistonga kelganimizdan ikki oy keyin satkaklik To‘xtasin Qo‘rboshi boshchiligidagi yigirma
besh kishini ahvolni o‘rganish uchun Sharqiy Buxoroga yubordim. Farg‘onadagi urush hali
tugamagandi. G’orbuvoda ukalarim Ro‘zimuhammadbek va Toshmuhammadbeklar janglarni davom
ettirishardi. O’zgan va Qo‘qondan ham yaxshi xabarlar kelib turardi. To‘xtasinbek Qo‘rboshi Sharqiy
Buxorodagi ahvolni o‘rgangandan keyin sog‘-salomat Farg‘onaga yetib borib, uch ming kishini
atrofiga to‘plab, jangga kirishib ketibdi. Ammo bir oz vaqtdan keyin o‘ttiztacha askari bilan ikki
tomondan o‘rab olinib, shahid qilinganini eshitdik. Dushmanning jabr-zulmi Farg‘onani jahannamga
aylantirayotgandi.
O’sha kunlari Omonulloxon meni poytaxt Kobulga chaqirdi. Askarlarimizning bir qismi
Badaxshonda, Nurmuhammadbek qo‘l ostida edi. Xonoboddagi do‘stlarimni Mulla Hotam qo‘rboshiga
topshirib, o‘n ikki yigitim bilan Kobulga yo‘l oldik.
Kobuldagi davlat mehmonxonasiga qo‘ndik. Bu yerda Omonulloxoninng yaqin va qadrdon do‘sti
bo‘lmish Turkiya elchisi Faxri Posho bilan bir necha marta muzokaralar olib bordik. Ilk
uchrashuvimizda Faxri Posho shunday dedi:
— Men ellik kishi bilan Turkiston tomonga o‘tayotgan edim. Siz kelib qoldingiz. U yoqlarda ahvol
qanday?
— Anvar Posho shahid bo‘lgandan keyin biz askarlarimiz bilan Sharqiy Buxoroda Hoji Somiy
yonida jang qilmoqchi edik, bu ham nasib qilmadi,— dedim men.
— Eshitib juda xafa bo‘ldim, — dedi Faxri Posho, — kurash tugagani yo‘q va tugamaydi ham.
Ellik millionlik Turkiston xalqining yigirma besh millioni o‘lib ketsa ham, yana yigirma besh million
tirik qoladi. Ana o‘shalar kurashni davom ettiraveradi.
Men Faxri Posho bilan uzoq gaplashib, o‘z masalalarimizni tushuntirdim. Keyinroq
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
Do'stlaringiz bilan baham: |