SOTSIAL VA MADANIY GEOGRAFIYA
Darslik
72
qamrab oladi. Har bir xizmat ko’rsatish sohasi, o’z navbatida, ko’plab turlicha
xususiyat va ko’rinishga ega bo’lgan xizmatlar turlaridan tashkil topgan hamda
o’zining tarkibiy tuzilmasiga ega (25-rasm).
Aholi uchun zarur bo’lgan xizmatlarni guruhlash,
tasniflash, shakllanishi,
hududiy tashkil etilishi, zamonaviy holati hamda kelajak rivojlanishi masalalarini
tadqiq etish katta ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Keyingi o’n yillikda
O’zbekistonda ham mamlakat rahbariyati
tomonidan aholining turmush
sharoitlarini yaxshilash, ayniqsa, mamlakat aholisining katta qismi yashaydigan
qishloq joylarning ijtimoiy va iqtisodiy infrastruktura sharoitlarini yuksaltirishga
katta e’tibor qaratilmoqda. Aholiga xizmat ko’rsatish sohalarini o’rganishda har bir
sohaga
xos tarmoq fanlari, iqtisodiyot, sotsiologiya va boshqa fanlar bilan bir
qatorda geografiya ham alohida o’rinni egallaydi. Chunki, xizmat ko’rsatish
sohalari muassasalarining joylashuvi va xizmat ko’rsatish darajasini aholining
joylashuvi va ehtiyojlari darajasiga mosligi orasidagi tafovutlarni aniqlashda
aholiga xizmat ko’rsatish sohalari geografiyasining roli katta.
25-rasm.
Xizmat ko’rsatish
geografiyasining tuzilmasi
SOTSIAL VA MADANIY GEOGRAFIYA
Darslik
73
Ijtimoiy sohalar va, xususan, xizmat ko’rsatish sohalarini ilmiy tadqiq etish
ishlari
M.A.Abramov,
A.I.Alekseyev,
S.A.Kovalev,
A.A.Tkachenko,
V.V.Pokshishevskiy,
L.A.Merkusheva,
V.R.Belenkiy,
S.A.Vaytekunas,
B.A.Manak, V.M.Rutgayzer, I.V.Nikolskiy, E.I.Kalmutskaya, B.B.Rodoman,
D.N.Luxmanov, S.I.Florya va boshqa olimlar tomonidan amalga oshirilgan.
O’zbekistonda esa xizmat ko’rsatish sohalari geografik jihatdan sust o’rganilgan.
Umuman olganda esa, bu borada O.Ergashev, B.Abdurashidov, M.Nazarov,
N.Ollorov, T.Jo’rayev kabi olimlarning ishlari mavjud. Mamlakatimizda aholiga
xizmat ko’rsatish sohalarini tibbiy xizmat ko’rsatish misolida
geografik jihatdan ilk
bor dissertatsiya darajasidagi tadqiqot ishi 1996-yili M.Nazarov tomonidan amalga
oshirilgan. Ammo, mamlakatimizda hozirgi davrdagi aholiga xizmat ko’rsatish
sohalari (ijtimoiy infrastruktura) borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar
ko’lamini yetarli deb bo’lmaydi. Shu bilan birga aholiga transport, aloqa, elektr
energiyasi, tabiiy gaz, suv ta’minoti bo’yicha xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarish
infrastrukturasini geografik jihatdan tadqiq etilgan salmoqli makbalar ham mavjud
emas.
Olimlar tomonidan xizmat ko’rsatish sohalarini ilmiy tadqiq etishda
«iqtisodiy» va «ijtimoiy» yondoshuvlar mavjud.
Chunonchi, birinchisida xizmat
ko’rsatish sohalari xo’jalik tarmoqlari sifatida
iqtisodiy nuqtai nazardan
o’rganiladi, ya’ni bu yerda eng avvalo,
kam xarajat sarflangan holda, ko’proq
foyda olishga asosiy e’tibor qaratilsa, ijtimoiy yondoshuvga ko’ra xizmat
ko’rsatish sohalari – bu, eng avvalo,
aholining turmush sharoitlari, turmush
darajasi
ning muhim sharti sifatida tushuniladi.
Agarda, xizmat ko’rsatish muassasalarini muayyan bir hududda vujudga
kelishi, shakllanishi va kelajakda rivojlanish qonuniyatlarini e’tiborga olinsa, u
holda bizningcha uchinchi, ya’ni hududiy yondoshuvni ham aniqlash mumkin.
Xizmat ko’rsatish sohalarini geografik jihatdan o’rganishning zarurligi XX asrning
60-yillarida V.V.Pokshishevskiy, S.A.Kovalevlar tomonidan ta’kidlangan. Xuddi
shu davrdan boshlab, sobiq Ittifoqning bir qator
markaziy universitetlarida