19.3. Inqirozlarning mazmuni va turlari
Siklli rivojlanishning dastlabki va asosiy fazasi inqiroz hisoblanadi. SHunga
ko‘ra ushbu fazaning mazmuni va uning turlarini batafsil ko‘rib chiqish maqsadga
muvofiq hisoblanadi.
Inqiroz bir siklni nihoyasiga etkazib, yana muqarar ravishda inqiroz bilan
tugaydigan yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz vaziyatida asosiy
kapitalning ortiqcha jamg‘arilishi uning hamma funksional shakllarida namoyon
bo‘ladi.
Inqiroz fazasida ishlab chiqarish va bandlik qisqaradi, ammo narxlar pasayish
tamoyiliga berilmaydi. Bu fazaning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik
o‘zining eng past darajasiga tushib ketishi orqali tavsiflanadi.
SHunga ko‘ra,
iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmining keskin
tushib ketishiga aytiladi.
Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar
massasi to‘lovga qobil talabga mos kelmay (undan oshib ketadi yoki kam bo‘ladi)
qoladi. Natijada ishlab chiqarishning bir qismi to‘xtab qoladi, tovarlar ishlab
chiqarish kamayadi, ishlab chiqarishning o‘sish davri uning tushkunligi bilan
almashinadi. Iqtisodiyotning o‘sishi inflyasiya, ya'ni narx darajasining asossiz
ravishda keskin ko‘tarilishi sababli orqaga ketadi. SHunday davrlar ham bo‘ladiki,
bunda iqtisodiy o‘sish bandlik va ishlab chiqarishning past darajasiga o‘rin beradi,
ayrim hollarda narx darajasining ko‘tarilishi bilan birga ishsizlik ham keskin
o‘sadi. Qisqacha aytganda, iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli tamoyillari ham
ishsizlik, ham inflyasiya oqibatida uzilib qoladi va murakkablashadi.
Inqirozlarning asosiy sababi – takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va
nomutanosibliklardir. Bu avvalo ishlab chiqarish va uning natijalarini o‘zlashtirish
o‘rtasidagi nomutanosiblik bo‘lib, u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy
tizimning har xil nusxalarida turli shakllarda namoyon bo‘ladi.
Ishlab chiqarish bilan iste'mol, talab va taklif o‘rtasidagi vaqti-vaqti bilan
yuzaga kelib turadigan nomutanosibliklar ham iqtisodiy inqirozlarning yuzaga
chiqish imkoniyatini saqlaydi.
Rivojlangan tovar xo‘jaligi paydo bo‘lgunga qadar ishlab chiqarishning
keskin qisqarishi odatda tabiiy ofatlar (qurg‘oqchilik, toshqinlar va h.k.) yoki
urushlar va ular keltiradigan vayronagarchiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan. Yirik
mashinali ishlab chiqarishga o‘tilgan davrdan keyingi vaqti-vaqti bilan
iqtisodiyotni larzaga solib turuvchi iqtisodiy inqirozlar ijtimoiy takror ishlab
chiqarishga siklik tavsifni kasb etadi. Inqirozlar turli-tuman tarzda ro‘y bersada,
ularni umumiy, o‘xshash tomonlarini nazarda tutib, guruhlarga ajratish mumkin.
1. Xo‘jalik tizimida
Do'stlaringiz bilan baham: |