Bob. Iqtisodiyotning siklliligi va makroiqtisodiy beqarorlik



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/24
Sana31.03.2022
Hajmi1,07 Mb.
#522275
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
IQTISODIYOTNING SIKLLILIGI VA

Kondratev sikli
«uzoq to‘lqinlar» sikli deb ham ataladi. Sikllilikning bu 
nazariyasini ishlab chiqishga rus olimi N.D.Kondratev katta hissa qo‘shgan. Uning 
tadqiqoti Angliya, Fransiya va AQSHning 100-150 yil davomidagi rivojlanishini 
qamrab olgan. Bunda u iqtisodiy o‘sishning ko‘p omilli tahlilini o‘tkazib, ya'ni 
tovar narxlari kapital uchun foiz, nominal ish haqi, tashqi savdo aylanmasi kabi 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘rtacha darajasini umumlashtirish natijasida bir 
qator katta sikllarni ajratib ko‘rsatadi. 
I-sikl: 1787-1814 yillar – ko‘taruvchi to‘lqin; 1814-1851 yillar – pasaytiruvchi 
to‘lqin. 
II-sikl: 1844-1851 yillar – ko‘taruvchi to‘lqin; 1870-1896 yillar – 
pasaytiruvchi to‘lqin. 
III-sikl: 1896-1920 yillar – ko‘taruvchi to‘lqin. 
Kondratev siklining davomiyligi o‘rtacha 40-60 yilni tashkil qiladi va uning 
asosiy xususiyati texnika taraqqiyoti hamda tarkibiy o‘zgarishlarni o‘zida aks 
ettirishi hisoblanadi. 
Kondratev birinchi katta siklning yuksalish fazasini Angliyadagi sanoat 
revolyusiyasi, ikkinchisini – temir yo‘l transportining rivojlanishi, uchinchisini – 
elektr energiyasi, telefon va radioning kashf etilishi, to‘rtinchisini – avtomobil 
sanoatining rivojlanishi bilan bog‘laydi. Hozirgi zamon tadqiqotchilari beshinchi 
siklni elektronika, gen injenerligi va mikroprotsessorlar rivojlanishi taqozo 
qilishini ko‘rsatadi. 
Iqtisodiy sikl barcha tomonlari bilan namoyon bo‘lib, amalda iqtisodiyotning 
hamma sohalariga sezilarli ta'sir ko‘rsatadi. Iqtisodiyot tarkibiy qismlarining 
o‘zaro bog‘liqligi sababli uning hech bir sohasi inflyasiya to‘lqini yoki 
turg‘unlikning nohush oqibatlaridan chetda qolmaydi. Ammo shuni e'tiborga olish 
zarurki, iqtisodiy sikl alohida shaxslar turmush darajasi va korxonalar iqtisodiy 
faolligiga turli darajada ta'sir ko‘rsatadi. 
Odatda iqtisodiy inqirozlardan sanoatning ishlab chiqarish vositalari va uzoq 
muddatli foydalaniladigan iste'mol tovarlari ishlab chiqaradigan tarmoqlari 
ko‘proq zarar ko‘radilar.


402 
Uy-joy va sanoat binolari qurilishi, og‘ir mashinasozlik hamda investitsion 
tovarlar, avtomobillar, maishiy xo‘jalik buyumlari va shunga o‘xshash tovarlar 
ishlab chiqarish bilan bog‘liq sanoat tarmoqlari va ularda band bo‘lgan ishchilar 
siklning inqiroz fazasida og‘ir oqibatga uchraydi. Biroq, bu tarmoqlar siklning 
yuksalish fazasida o‘zining rivojlanishi uchun yuqori darajada rag‘bat oladi.
Iqtisodiyot qiyinchilikni boshdan kechira boshlaganda ishlab chiqaruvchilar 
ko‘pincha zamonaviy uskunalarni sotib olishni va yangi zavodlar qurishni 
to‘xtatadi yoki qandaydir muddatga kechiktirishi mumkin. Bunday kon'yunktura 
sharoitida investitsion tovarlar zaxiralarini ko‘paytirish hech qanday iqtisodiy 
mazmunga ega emas, aksincha korxonalar mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan 
ancha to‘laroq foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Iqtisodiy jihatdan qulay davrlarda, ya'ni siklning jonlanish va yuksalish 
fazalarida ishlab chiqarish vositalari odatda ular to‘liq eskirgunga qadar 
almashtiriladi. Ammo tanazzul davri kelganida, korxonalar o‘zining eskirgan 
uskunalarini ta'mirlab, ularni ishga tushiradi. SHu sababli bu davrda ishlab 
chiqarish vositalariga investitsiyalar keskin qisqaradi. Ortiqcha ishlab chiqarish 
quvvatlari mavjud bo‘lgan ayrim korxonalar, hatto iste'mol qilingan asosiy 
kapitalining o‘rnini qoplashga ham harakat qilmaydi.
Qisqa muddatli foydalaniladigan iste'mol tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat 
tarmoqlari iqtisodiy siklning oqibatlarini nisbatan kamroq darajada sezadi. 
Aholi yoki keng iste'molchilar qatlamiga iqtisodiy sikl turlicha ta'sir 
ko‘rsatadi. Tanazzul davri boshlanganda, doimiy daromad oluvchi iste'molchilar 
oila byudjetini qisqartirishga to‘g‘ri keladi, maishiy texnika va avtomashina kabi 
uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni xarid qilishni to‘xtatadi. Har qanday 
sharoitda ham oila a'zolari eb-ichishi va kiyinishi zarurligi tufayli, oziq-ovqat 
mahsulotlari va kiyim-kechaklar, ya'ni qisqa muddatda foydalanadigan iste'mol 
tovarlarini xarid qilishni to‘xtatish mumkin emas. Faqat, bunday tovarlarni xarid 
qilish miqdori qandaydir darajada kamayishi mumkin.
Investitsion tovarlar va uzoq muddat foydalaniladigan iste'mol tovarlari ishlab 
chiqaruvchi ko‘pchilik sanoat tarmoqlari yuqori darajada monopol mavqega 
egaligi bilan farqlanadi va natijada bozorda nisbatan ko‘p bo‘lmagan yirik firmalar 
ma'lum davr davomida narxning pasayishiga qarshi turishi, talabning kamayishi 
sababli mahsulot chiqarish hajmini cheklash uchun etarlicha monopol 
hukmronlikka ega bo‘lishi mumkin. SHu sababli talabning kamayishi birinchi 
navbatda ishlab chiqarish va bandlik darajasiga ta'sir ko‘rsatadi. Bunga teskari 
bo‘lgan holatni qisqa muddatli foydalaniladigan iste'mol tovarlari ishlab 
chiqaruvchi sanoat tarmoqlarida kuzatish mumkin. Bu tarmoqlarning ko‘pchiligi 
o‘zlarining raqobatga layoqatsizligi va ishlab chiqarish markazlashuv darajasining 
pastligi bilan tavsiflanadi. SHu sababli ular siklning salbiy oqibatlariga qarshi tura 
olmasligi mumkin va mahsulotlariga talabning pasayishi ishlab chiqarish 
darajasiga qaraganda narxlarda ko‘proq aks etadi.
Demak, kapitalning to‘planishi yuqori darajada bo‘lgan tarmoqlarda ishlab 
chiqarish hajmining keskin pasayishi va narxlarning nisbatan sekin tushishi, 
to‘planish darajasi past bo‘lgan tarmoqlarda narxlarning sezilarli tushishi va 
mahsulot ishlab chiqarish hajmining nisbatan kam qisqarishi kuzatiladi.


403 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish