Bob. Iqtisodiyotning siklliligi va makroiqtisodiy beqarorlik



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/24
Sana31.03.2022
Hajmi1,07 Mb.
#522275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
IQTISODIYOTNING SIKLLILIGI VA

Nomonetar 
nazariya
tarafdorlari esa texnologik o‘zgarishlar, yangiliklar, ixtirolarning 
ahamiyatini alohida ta'kidlab, pul jamg‘arishning ko‘payib ketishidagi rolini 
ko‘rsatishadi. Monetar va nomonetar yo‘nalish o‘rtasidagi farq uncha katta emas, 
biri ikkinchisini to‘ldiradi. 
Har ikkala nazariya ham oxir-oqibat iqtisodiy faollikning kuchayishiga 
iste'mol emas, balki investitsiya sabab bo‘ladi, degan fikrni ilgari suradi.
Iqtisodiy sikllarni iste'mol tovarlariga talabning o‘zgarishiga bog‘lab, 
akseleratsiya prinsipiga e'tibor qaratiladi. Bu prinsip mohiyatiga ko‘ra texnik 
sabablar tufayli iste'mol tovarlariga bo‘lgan talabning ozginagina o‘zgarishi ishlab 
chiqarish uchun zarur tovarlarga talabni keskin o‘zgarishiga olib keladi. 
Etarlicha iste'mol qilmaslik nazariyasi.
Bu nazariyaning mohiyati ko‘proq 
jamg‘arib, samarali darajada iste'mol qilmaslik jamiyatni siklli rivojlanishining 
sababi qilib ko‘rsatiladi: 
1) mablag‘ni jamg‘arish, boshqacha aytganda xazinaga aylantirish 
turg‘unlikka olib kelishi mumkin, chunki bu mablag‘ investitsiyalash uchun 
foydalanilmaydi; 
2) pulni jamg‘arish iste'mol tovarlariga talabning qisqarishiga olib keladi, 
chunki u iste'molga sarflanmaydi. 
3) natijada investitsiyaga nisbatan pul shaklidagi jamg‘arish hajmi o‘sib borib, 
iste'mol tovarlariga talab kamayib boradi, taklif esa ortadi, narx pasayadi, iste'mol 
tovarlari bozoridagi qiyinchiliklar inqirozga olib keladi. 
Jamg‘arish nazariyasi.
Bu nazariyaga ko‘ra iqtisodiy sikl ishlab chiqarish 
vositalari yoki kapitallashgan investitsion tovarlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq. 
Kundalik iste'mol tovarlari ishlab chiqarish bilan uzoq muddat foydalaniladigan 
tovarlar va ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish sikllari o‘rtasida katta farq 
bor. 
Kundalik iste'mol mollari doimiy ravishda iste'mol qilinadi. Ularning iste'mol 
miqdori o‘zgargan taqdirda ham uncha katta o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi.
Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni domiy ravishda xarid qilinmaydi. 
Balki ular iste'molchi daromadi ko‘paygan paytdagina sotib olinadi. Uzoq muddat 
foydalaniladigan tovarlarga talab barqaror emas. Ishlab chiqarishni davom ettirish 
uchun kapital tovarlar ishlab chiqarish zarur. 
Iste'mol o‘sgan sari kapital tovarlarga talab ham ortadi. Bunda ishlab chiqarish 
tarkibida nomutanosibliklar yuz beradi, ya'ni iste'mol tovarlari, uzoq muddat 
foydalaniladigan va kapital tovarlar o‘rtasida nisbatlar buziladi. 
Inqirozning sababi pul etishmasligi, bank rezervlarining kamligi emas, balki 
ana shu nisbatlarning buzilishidir. Lekin ko‘pchilik iqtisodchilar etarli darajada 
iste'mol qilmaslik inqirozning sababi emas, balki uning oqibatidir, deb 
ta'kidlaydilar. YA'ni iste'molchilar daromadlarini ko‘proq jamg‘arishga ajratganlari 
uchun emas, balki to‘lov qobiliyatini etarli emasligi, ya'ni xarid qilish uchun 
pulning yo‘qligidan kelib chiqadi. 


400 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish