Bob. Iqtisodiyotning siklliligi va makroiqtisodiy beqarorlik


 Iqtisodiy sikl nazariyalari. Sikllarning asosiy turlari



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/24
Sana31.03.2022
Hajmi1,07 Mb.
#522275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
IQTISODIYOTNING SIKLLILIGI VA

19.2. Iqtisodiy sikl nazariyalari. Sikllarning asosiy turlari
Iqtisodiy sikllarning kelib chiqish sabablari va ularga ta'sir ko‘rsatuvchi 
omillarning chuqur va izchil ravishda tadqiq etilishi turli ko‘rinishdagi iqtisodiy 
sikl nazariyalarining vujudga kelishiga olib keldi.
Ko‘pchilik hozirgi zamon iqtisodchilari iqtisodiy sikllarning ob'ektiv tavsifini 
tan olib, bu hodisani unga ta'sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish 
orqali o‘rganishni tavsiya qiladi. 
Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning 
mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariyani eksternal nazariya deb ataladi. 
Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy 
hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi. Bu 
tashqi omillar ichidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 
- urushlar, inqilobiy o‘zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar; 
- oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi; 
- yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog‘liq ravishda aholi migratsiyasi, 
er shari aholisi sonining o‘zgarib turishi; 


398 
- ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o‘zgartirishga qodir bo‘lgan 
texnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o‘zgarishlar. 
Iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o‘ziga xos ichki omillari ta'sirida 
vujudga kelishini asoslovchi nazariya internal nazariya deb ataladi. 
Asosiy kapitalning jismoniy va ma'naviy jihatdan eskirib, xizmat muddati 
tugashi va uning yangilanishi ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy siklni 
keltirib chiqaruvchi muhim omillardan biri sifatida qaraladi. 
Agar bir yoki bir necha tarmoqda mashina-uskunalarga talabning keskin 
ortishini keltirib chiqaradigan iqtisodiy o‘sish boshlansa, tabiiyki, bu hol mashina 
va uskunalar to‘liq eskiradigan har 10-15 yildan keyin takrorlanadi. Fan-texnika 
taraqqiyoti natijasida bu muddat qisqarib boradi va inqirozlar tez takrorlanadi. 
SHuningdek, quyidagi boshqa ichki omillar ham ajratib ko‘rsatiladi: 
- shaxsiy iste'molning o‘zgarishi (qisqarishi yoki kengayishi);
- investitsiyalar, ya'ni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi 
ish joylarini vujudga keltirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hajmi;
- ishlab chiqarish, talab va takliflar hajmiga ta'sir ko‘rsatishga qaratilgan 
davlat iqtisodiy siyosatining o‘zgarishi. 
Iqtisodiy sikllarning kelib chiqishini faqat eksternal yoki internal nazariya 
orqali tushuntirish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Iqtisodiy sikl va umuman iqtisodiy tizimdagi 
miqdoriy va sifat o‘zgarishlar tashqi va ichki omillar birgalikdagi ta'siri oqibatida 
kelib chiqishi mumkin.
SHuningdek, iqtisodiyotning siklli rivojlanishi sabablarini izohlashda bir qator 
nazariyalar ham ilgari suriladi. Quyida ulardan asosiylarini ko‘rib chiqamiz. 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish