Литература:
1.
Государственные требования, предъявляемые к развитию детей раннего и
дошкольного возраста Республики Узбекистан. МДО. –Т., 2018.
2.
Лыкова И.А
.
Художественный труд в детском саду: Учебно-методическое пособие.
–М.: ИД «Цветной мир», 2011.
199
3.
Козлова С.А., Куликова Т.А. Дошкольная педагогика. – М.: Академия, 2005.
4.
Комарова Т.С. Изобразительное творчество дошкольников в детском саду. – М.:
Просвещение, 2004.
5.
Махмудова О.А. Мактабгача ёшдаги болаларни расм чизишга ўргатиш
методикаси. Ўқув қўлланма. –T., 2019.
֍
–
֍
–
֍
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA KOMPETENSIYAVIY
YONDOSHUV – DAVR TALABI
Maxmutazimova Yu.R.
Toshkent davlat pedagogika universiteti, o‘qituvchi
Maktabgacha ta’lim tizimida bugungi kunga kelib yangilangan dasturiy-metodik
ta’minotning eng muhim yutugʻi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga
kompetensiyaviy yondoshuvning joriy etilganligidadir. Ma’lumki, ma’naviy barkamol shaxs
tarbiyasida kompetensiya va kompetentlik dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida xorijiy davlatlar tajribasida yuqori
ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan kompetensiyaviy yondoshuv keng tatbiq qilinmoqda. 2018 yildan
O‘zbekiston Respublikasida kompetensiyaviy yondoshuv maktabgacha ta’lim tizimida Ilk va
maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari va Ilk qadam o‘quv
dasturi asosida amaliyotga joriy etila boshlandi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni kompetensiyaviy yondoshuv asosida ta’lim-tarbiya
berishda o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, turli hayotiy vaziyatlarda kattalar va
tengdoshlari bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish
qobiliyati, “Men” obrazini qurish bilan bogʻliq bo‘lgan faoliyat usullarini shakllantirishga
tayyorgarlikni ko‘zda tutadi.
Boshlangʻich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyati va axloq sub’ekti sifatidagi yaxlit
rivojlanishini talab etadi. Kompetensiya – bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari
majmuidir. Boshlangʻich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat’iy nazar, bola shaxsi
shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Inglizcha “competence” tushunchasi lugʻaviy jihatdan bevosita “qobiliyat”, “layoqat”
ma’nosini ifodalaydi. Mazmunan esa “faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yetarli
darajadagi malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish”ni yoritishga xizmat qiladi.
“Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan.
Shu sababli kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda shaxsning o‘zini
qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi,
noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib
boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik, erishganlik, loyiqlik, mos
kelmoqlik”ni anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining Ilk va maktabgacha
yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari va Ilk qadam o‘quv dasturi asosida
tarbiyalanuvchilarda shakllantiriladigan kompetensiyalar ikkita asosiy guruhga ajratib ko‘rsatiladi
va ular quyidagicha aks etgan:
1.
Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari:
Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish
ko‘nikmasi;
O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va
ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-ta’limiy faoliyat uchun asos hisoblanadi.
Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlari bilan muloqotda axloq
qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati;
200
Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim,
ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalana olish
jarayonlari kiradi.
2.
Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari:
-
“Jismoniy rivojlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish” sohasi kompetensiyalari
(kichik sohalari: yirik motorika, mayda motorika, sensomotorika va sogʻlom turmush tarzi va
xavfsizlik);
-
“Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari (kichik sohalari: ijtimoiy
rivojlanishda ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlari bilan muloqot, hissiy rivojlanishda hissiyot
va ularni boshqarish va “Men” konsepsiyasini anglashi);
-
“Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasi kompetensiyalari (kichik sohalari:
nutq va til, o‘qish malakalari va qo‘l barmoqlari mayda motorikasi);
-
“Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi kompetensiyalari (kichik sohalari: intellektual
bilish malakalari, elementar matematik malakalar, tadqiqiy bilish va samarali refleksiv faoliyat);
-
“Ijodiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari (kichik sohalari: dunyoni badiiy tasavvur
etish, badiiy-ijodiy qobiliyatlar).
Yuqorida keltirilgan kompetensiyalar maktabgacha yoshdagi bola rivojlanishiga individual
yondoshuv, jamoaviy hamkorlikka undash, bola shaxsini hurmat qilish, uning noyobligi va
takrorlanmasligini his etish, ularning manfaatlari, ehtiyojlari va rivojlanish darajasini hisobga
olish, hissiy qulaylik borasida gʻamxo‘rlik qilish, erkin ijodiy o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi uchun
yetarli shart-sharoitlar yaratish asosida shakllantirilib boriladi. Kompetensiyalarni bola
maktabgacha yosh davrida egallab borishini tarbiyachi-pedagoglar kuzatib, nazorat qilib boradilar.
Shu orqali bolaning maktabga tayyorlik darajasi belgilanadi. Ya’ni bola maktabgacha ta’lim
tashkilotida har tomonlama maktabga tayyorlanadi.
Maktabga tayyorlik
deganda bolada umumiy
muhim kompetensiyalarni va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllanganligi tushuniladi.
Shuningdek, rivojlanish markazlaridagi bolalarning erkin faoliyati ham ularning sohalar
bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlanishini ta’minlaydi. Ya’ni quyidagi rivojlanish markazlari
orqali bolalarga kompetensiyaviy yondashish juda qulay hisoblanadi.
-
Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi;
-
Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazi;
-
Til va nutq markazi;
-
Ilm-fan va tabiat markazi;
-
San’at markazi;
-
Musiqa va ritmika markazi.
Ushbu rivojlanish markazlarida bolalarning mustaqil ta’limiy faoliyati tashkil etiladi va
tarbiyachi tomonidan kuzatib borilib, ularning rivojlanish sohalari bo‘yicha kompetentligi
shakllantirilib boriladi.
Markazlardagi bolalarning berilgan mavzu yuzasidan o‘z holicha bajargan faoliyati nazorat
qilinib, belgilab boriladi. Shu asosda ularda kompetensiyaviy ijodiy yondoshuv jarayoni
rivojlanadi. Rivojlanish markazlarida bolalarda eng avvalo kommunikativ kompetentlik va
o‘yinga bo‘lgan ishtiyoq shakllana boradi. Bolalar maktabgacha yosh davridanoq muloqotga
ehtiyoj sezishi hamda o‘yin orqali mustaqil faoliyatini tez namoyon qila oladi.
Shu sababli, o‘quv-ta’limiy jarayonni rejalashtirish bilan bir qatorda, bolada yuqorida
belgilangan kompetensiyalarni, uning rivojlanishini kuzatib borish tarbiyachi-pedagog faoliyatida
muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik kuzatuvlar asosida samarali ta’limiy faoliyat
rejalashtiriladi va takomillashtirilib boriladi.
Shunday ekan, maktabgacha ta’lim tizimi inson kamolotidagi poydevor, muhim bosqich,
asosiy yo‘naltiruvchi kuch hisoblanadi, umumiy muhim kompetensiyalar ham, rivojlanish sohalari
kompetensiyalari ham aynan shu bosqichda shakllanib, sayqallashib, taraqqiy etadi. Zero, bugungi
pedagog-tarbiyachilar zamonaviy pedagogik tafakkurga ega bo‘lishi, ta’limiy jarayonga
201
mas’uliyat bilan yondoshib, AKT vositalari, interfaol metodlar, didaktik o‘yinlardan mahorat bilan
foydalanib, dasturiy talablarni muvaffaqiyatli hal etishi – davr talabidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |