B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

 
Adabiyotlar: 
1.
Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir 
rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –T.: O‘zbekiston, 2017. – 102b. 
2.
Выготский Л.С. Собрание сочинений: В 6т. Том 6. / Л.С.Выготский. –М.: 
Педагогика, 1984. –400с. 
3.
Гальскова Н.Д., Гез 
Н.И. Теория 
обучения 
иностранным 
языкам: 
Лингводидактика и методика: Учеб. пособие для студ. лингв.ун-тов и фак.ин.яз. высш. пед. 
учеб. заведений / Н.Д.Гальскова, Н.И.Гез. – 2-е изд., испр. – М.: Издательский центр 
«Академия», 2005. –336 с. 
4.
O‘zbekiston Respublikasi davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi Nizom. –
T., 2007. 
5.
Малкова Е.В. Формирование межкультурной компетенции в процессе работы над 
текстами для чтения: немецкий язык внеязыковом вузе, факультете расширенной сеткой 
часов: дис. … канд.пед.наук. –М., 2000. - 263с.
 
֍ 

 ֍ 
– 
֍ 
 
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA MADANIYATLARARO KOMPETENSIYALARNI 
RIVOJLANTIRISH OMILLARI 
 
Mahamajonova M.M. 
Farg‘ona davlat universiteti, katta o‘qituvchi 
 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq, talaba-yoshlarni ma’naviy-
madaniy bilimini rivojlantirish, ularni har tomonlama raqobatbardosh shaxs sifatida kamol 
toptirish masalasiga dolzarb muammo sifatida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Darhaqiqat, 
davlatning asosini, xalqning kelajagini fuqarolarning ma’naviyati va madaniyatlilik darajasi 
tashkil etadi. Shuning uchun, qaysi davlatda ma’naviyat va madaniyat masalalariga e’tibor yuqori 
bo‘lmasa, u davlatning kelajagi va ravnaqi shuncha sust bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi 


193 
Prezidenti I.A.Karimov «Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevoridir” nomli 
ma’ruzasida ta’kidlaganidek, “Bizning Respublikamizda o‘zimizning ma’naviy qadriyatlarimizni, 
ta’limning milliy tizimini takomillashtirish hamda uning milliy asoslarini mustahkamlashga 
alohida e’tibor berilmoqda”, deydi. 
Demak, har bir shaxsning madaniyati uning axloqi, odobi, xulqi, insoniylik tuyg‘ulari bilan 
belgilanadi. Axloq esa madaniy, aqliy, xuquqiy, diniy, iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida 
shakllanadi va tarkib topadi. Mazkur bilimlar o‘z navbatida shaxsning madaniyatlilik darajasi va 
ko‘rsatkichlari hamda ulardagi shaxsiy va kasbiy sifat va fazilatlarni kamol topishiga, kelajakda 
yetuk inson sifatida jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga imkon beradi. Demak, insonda madaniyat 
o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. U egallangan bilim, ko‘nikma va malakaklar ta’sirida ro‘yobga 
chiqadi. Madaniyat – jamiyatning muayyan a’zosi ya’ni fuqarolarning faoliyati jarayonida 
to‘plangan barcha ijobiy, aqliy yutuqlar majmuasi sanaladi. 
Ijodkor pedagog talaba-yoshlarni madaniyatlararo kopitensiyalarga tayyorlashda xorij 
tajribalaridan kengroq foydalanishga e’tibor qaratishi lozim sanaladi. Bunda pedagogning 
tashabbuskorligi, krieativligi, kamunikativligi, kognitivligi va refleksiv yondashishi natijasida 
talaba-yoshlar ajdodlar tarixi va madaniyati, adabiyoti, san’ati, an’analari va urf-odatlari haqida 
chuqur bilim egallaydi. Madaniyatlararo konpitensiyalarni o‘rganish orqali talabalarning 
davlatlararo madaniy merosiga bo‘lgan qiziqishi va salohiyati oshadi. Dars jarayonida samimiy, 
sog‘lom ma’naviy muhit yaratiladi. Ma’naviy-madaniy meros manbalaridan samarali foydalanish 
natijasida talabalarning madaniyatlararo kopetensiyalarni tayyorlashga keng imkon yaratiladi. 
Talaba-yoshlarning madaniyatlararo kompetensiyalarga tayyorlash, birinchidan, dars jarayonining 
samaradorligini oshirishga, ikkinchidan, ta’lim jarayonida talaba-yoshlarni madaniyatlararo 
kompetensiyalarga tayyorgarligini ta’minlashga hamda hamkorlikda faoliyat yuritish malakalarini 
egallashga, ilmiy dunyoqarashni shakllanishiga va rivojlanishiga imkon beradi. Bunda 
o‘qituvchidan ijodkorlikni, o‘z ustida izlanishni, mas’uliyatni, faollikni talab qiladi. Bunda har bir 
darsda pedagog maqsadni aniq ko‘ya bilishi, amalga oshiriladigan vazifalarni to‘g‘ri belgilab 
olishi, istiqbol rejalarni ko‘ra olishi lozim. Buning uchun o‘qituvchi:

dars jarayonidagi bilimlar mazmunining ilmiyligi, izchilligi, faktlarning aniqligi va 
ishonchliligi, ma’lumotlarning ob’ektivligi va tarbiyaviy xarakteri, talabalarning qiziqishini 
kuchaytirishi, bilimini kengaytirishi, yuksak xulqli bo‘lish kabi ko‘nikma va malakalarini 
shakllantiradi; 

talaba-yoshlar chet tillarni egallash orqali mazkur tilda muloqot qila olishni, chet tilda 
muloqotga kirishishni, madaniyatlararo kommunikativ kompetensiya haqida ma’lumotlarni 
egallashi lozim; 

dars jarayonida talabalar bilan muloqoning nafaqat verbal, ya’ni og‘zaki tarzda axborotlar 
almashinuvi yoki o‘zining kommunikativ ehtiyojini qondirishni, balki his-hayajon, madaniyatlar 
almashinuvini ham nazarda tutishi lozim bo‘ladi.
Hozirgi davrda muloqot vositasi sifatida chet tilga o‘rgatish muhim sanalib, ushbu jarayonni 
madaniy komponentlarga ajratib o‘rgatishni zarurligiga alohida yondashilmoqda.
Har qanday til muayyan bir madaniyatning o‘ziga xos belgilarini targ‘ib etish uchun xizmat 
qiladi. Agarda talabalar tili o‘rganilayotgan mamlakatning madaniyati to‘g‘risidagi bilimlar 
hamda madaniyatlararo muloqotning tamoyillari va qonuniyatlaridan xabardor bo‘lmasa, chet 
tilini bilish bo‘yicha yuqori darajadagi kommunikativ kompetensiyaga ega bo‘lish 
madaniyatlararo muloqotning muvaffaqiyatli garovi bo‘la olmaydi. Binobarin, chet tilga o‘rgatish 
va madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish yaxlid jarayonga aylanishi lozim. 
Madaniyatlararo kompetensiya shakllanganligi muammosi ayniqsa bitiruvchi talabalar 
uchun dolzarbdir, chunki oliy ta’lim amaliyoti, talabalarning chet tilini bilish bo‘yicha yuqori 
darajadagi kommunikativ kompetensiyaga ega ekanliklari, biroq aksariyat hollarda 
madaniyatlararo bilimlar hamda madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalariga yetarli darajada ega 
emasliklarini ko‘rsatadi. Bu esa o‘z navbatida “o‘zga” lingvomadaniyat vakillariga nisbatan 


194 
noob’ektiv munosabatning shakllanishi, madaniyatlararo qadriyatlarni tushunmaslik va hatto 
madaniyatlararo nizolarga olib kelishi mumkin. 
Madaniyatlararo muloqot va madaniyatlararo kompetensiya muammosi ko‘pgina 
olimlarning tadqiqot predmeti hisoblanadi. Jumladan, rus olimlari I.I.Xaleev, S.G.Ter-Minasov, 
G.M.Andreev, T.A.Dmitrenko, N.M.Gromov, N.D.Galskov, V.P.Furmanov, A.A.Leontev, 
I.A.Zimnyaya, I.L.Bim, R.P.Milrud, Ye.S.Polat, V.V.Safonova, P.V.Sыsoev, V.V.Oщepkova, 
A.A.Mirolyubov, G.V.Elizarova, G.V.Grom, g‘arb mamalkatlari olimlari M.Byram, M.Fleming, 
V.Spitzberg, L.Samovar, R.Porterlar mazkur muammoga murojaat qilganlar. 
Madaniyatlararo kompetensiyaning nazariy asoslarini belgilab olish maqsadida mazkur 
tadqiqot ishi uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi quyidagi atamalar va tushunchalarga murojaat 
qilish zarur. Bular “madaniyat”, “til”, “madaniyatlararo muloqot” tushunchalaridir. 
Zamonaviy gumanitar fanlarda “madaniyat” tushunchasi fundamental tushunchalar qatoriga 
kiradi. Madaniyat tushunchasi semiotika, sotsiologiya, tarix, antropologiya, aksiologiya, 
kulturologiya, etnologiya, falsafa va boshqa qator fanlar doirasida o‘rganiladi. Ularning har biri 
o‘zining o‘rganish predmeti sifatida madaniyat tushunchasining bir tomoni yoki vazifasini 
belgilab oladi, o‘zining metodlari va usullari nuqtai nazaridan yondashadi, natijada madaniyat 
tushunchasiga o‘zining ta’rifini beradi. 
Madaniyatni aksariyat hollarda har xil insonlarni birlashtiruvchi vosita sifatida ta’riflashadi. 
Shuningdek, unga muayyan millat tomonidan asrlar mobaynida jamlangan manba sifatida 
qaraladi, ya’ni, tabiatga nisbatan bo‘lgan munosabatning barcha shakllari, g‘oyalardan to til 
semantikasigacha bo‘lgan tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Giddensning yozishicha, madaniyat 
muayyan bir ijtimoiy guruhlar tomonidan yaratilgan qadriyatlar, hayotda amal qilinishi kerak 
bo‘lgan me’yorlar hamda insonlar tomonidan ishlab chiqariladigan moddiy boyliklarda namoyon 
bo‘ladi degan g‘oyani ilgari suradi. 
Talabalarning madaniyatlararo kompetensiyasini tarkib toptirishda ularga jahon adabiyoti 
va tarixi, urf-odatlar, an’analar haqida bilim berish pedagogdan doimo keng ma’lumotlilik, faollik 
bilan munosabatda bo‘lishni, tashabbuskorlik, izlanuvchanlikni talab qiladi. Talabaning 
madaniyatlararo kompetensiyaviyligini rivojlantirishda ularning ehtiyojini qondirish, qiziqishini 
o‘stirish mustaqil ishlar, har xil ijodiy ishlar (insho, referat va boshqa) orqali amalga oshirilishi 
maqsadga muvoffiq bo‘ladi. Mustaqil ishlar pedagog va talaba faoliyatining uzviy bog‘langan 
tomonlaridir. Mustaqil va ijodiy ishlarda talaba o‘z ustida mehnat qiladi, ijodiy izlanadi, o‘z nuqtai 
nazari, qarashlarini shakllantirish bilan birga dunyoqarashi va ma’naviy saviyasini namoyon etadi. 
Mustaqil ishlash ko‘proq darslik ustida ishlash, manbalarning o‘z mazmunini tahlil etish, ma’ruza, 
referat, konspekt tayyorlash, ijodiy insho yozish (chet tilida ham), kartochkalarga yozma javob 
berish, turli jadvallar, diagrammalar sxemalar tuzishni taqozo etadi. Bularning bari talabadan 
izlanuvchanlikni talab qiladi. Mustaqil ishlar, seminarlarni tashkil etishda 4 xil manbalarga 
asoslanadi. 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish