Renesans davri).
Ta'kidlash joizki, g'oyalar tarixini o'rganishda o'rta asrlar va yangi davr Yevropasida
vujudga kelgan g'oyalar ham e'tiborga loyiq, zero, Uyg'onish davri g'oyalari hayotning hamma
tarmog'ida ilg'or, muhim va inqilobiy o'zgarishlarga sabab bo'ldi. Ma'naviy uyg'onayotgan millat
va hududda hech qachon aqidaparastlik o'z ta'sirini to'la-to'kis saqlab qola olmaydi. Yevropada
ham xuddi shunday bo'ldi. Ilm-fan sohasida chuqur o'zgarishlar ro'y berib, yangi g'oyalar ilgari
surila boshlandi. Uygonish davri Yevropa fani va falsafasi ham insoniyat
tarixida eng buyuk
ko'tarilish davrlaridan biri bo'lib qoldi. Bu davrda Yevropada utopizm (yunoncha utopos-xayoliy,
mavjud bo'lmagan joy) g'oyalari shakllandi. Angliya qirolligining lord-kansleri, gumanist olim
Tomas Mor (1478-1535) ―Utopiya‖ asarining birinchi qismi Angliyada dehqonlar XVI asrda
ersiz qolib xonavayron bo'lish sabablari tahlil qilinadi. Utopizmni rivojlantirgan T. Mor va T.
Kompanelli qarashlari sosialistik va kommunistik ta'limotlarning g'oyaviy asoslaridan biridir. Bu
ta'limotlarning eng asosiy kamchiligi shundaki, farovon jamiyatning andozasi bir yoki bir necha
guruh
kishilar tomonidan tayyorlanib, yuqoridan pastga tushiriladi, ya'ni xalq xohlaydimi-
yo'qmi, uni qabul qilishi shart qilib qo'yiladi. Bunday jamiyatda o'rnatilishi ko'zda tutilgan
tartiblar
xalqning turmush tarziga, urf-odat va qadriyatlar tizimiga mos kelishi yo kelmasligi
mutlaqo e'tiborga olinmaydi. Tomas Morning fikricha, xususiy mulkning mavjudligi adolat va
ijtimoiy farovonlikka to'sqinlik qiladigan asosiy sababdir. Xususiy mulk yo'q
qilingan
jamiyatdagina ijtimoiy adolat qaror topadi. U yangi jamiyat modelini ―Utopiya‖ deb atab, bu orol
davlatda mulk jamiyatniki bo'ladi. Davlatni boshqarish organlari asosan ishlab chiqarishni tashkil
qilish va etishtirilgan mahsulotlarni taqsimlash bilan shug'ullanadi. Bunday jamiyatning shiori
―Har
kim qobiliyatiga yarasha, har kimga ehtiyojiga ko'ra‖ degan qarashda ifodalangan.
Italiyalik olim Tomazo Kompanellaning (1568—1639 yy.) ―Quyosh shahri‖ risolasida
ham ideal jamiyat g'oyasi ilgari surilgan. Muallifning fikricha, bu jamiyatda ham xususiy mulk
bo'lmaydi, jamiyatni ruhoniy boshqaradi. Uning uchta yordamchisi — Kuch-qudrat, Donolik va
Muhabbat bor. Birinchisi harbiy ishlar bilan shug'ullanadi. Ikkinchisi fan, san'at, ta'lim-tarbiya
bilan shug'ullanadi. Uchinchisi ozik-ovqat, kiyim-kechak va nasl masalalari uchun javobgar. Eng
oliy
xukmdor Quyosh, ya'ni faylasuf (metafizik) yordamchilarining ishini boshqarib, nazorat
qilib turadi. Kompanellaning xususiy mulkka nafrat: oilaga ham taalluqli bo'lib, uning Quyosh
shahrida oila bo'lmaydi. Ayol-lar vaerkaklar o'rtasidagi munosabatlar
qisqa muddatli va
almashinib turadi, asosiy maqsad sog'lom nasl olishga qaratiladi. Fuqarolar bir-birini emas, faqat
jamoani sevishi kerak. Quyosh shahri fuqarolarining diniy e'tiqodi ham xristianlikdan o'zgacha
ko'rinishda. Biroq Kompanellaning bu asarida ijtimoiy adolat insonlarni haq-huquq va
erkinliklaridan mahrum qilish evaziga o'rnatiladi. Bu davrda yashagan Nikolay Kopernik fanda
tub o'zgarish yasagan geliosentrizm g'oyalari bilan mashhur. U bizning planetamiz markazi Er
emas, quyoshligini isbotladi. Uning bu kashfiyoti dunyoga teologik qarashga zarba berib,
tabiatshunoslikda to'ntarish yasadi. Uning g'oyalari Jordano Bruno tomonidan rivojlantirildi. U
haqiqiy g'oya ilmiy tajribaga suyanishi kerak, sxolastika ni tugatishi kerak, deya ta'kidlagan edi.
Uningcha, koinot yagona, moddiy, cheksiz va abadiy, juda ko'p planetalar kuyosh sistemasidan
tashqarida ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: