„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


G'arb mamlakatlarida ilk g'oyaviy qarashlar va ularning takomil bosqichlari



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/110
Sana31.03.2022
Hajmi1,78 Mb.
#521862
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   110
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te (1)

2. G'arb mamlakatlarida ilk g'oyaviy qarashlar va ularning takomil bosqichlari. 
Xuddi shuningdek, ijtimoiy zaruriyat taqozosiga ko'ra, falsafiy g'oyalar ham muayyan 
tizimni shakllantirib, odamlarning e'tiqodi va dunyoqarashiga aylanadi. Olamning yaralishi, 
mavjudlik xossalari, uning asosini 
tashkil etuvchi birlamchi narsaning mohiyati 
kabi 
masalalarga 
turlicha 
yondashish 
natijasida 
monizm, 
dualizm, 
plyuralizm, 
idealizm 
va 
materializm 
singari 
oqimlar 
vujudga 
kelgan. 
Monizm – olamning asosi bitta deb tushuntiradi. Dualizm – olam xudo tomonidan yaratilgan, 
lekin uning rivojlanishi o'zining moddiy xususiyatlariga ham bog'liq deb ta'lim beradi. 
Plyuralizm – olam ko'p narsalarning birikishi natijasida vujudga kelganini yoqlaydi. 
Idealizm – olam va odamning yaralishi, dunyoning yashashi va rivojlanish qonuniyatlari, borliq 
hamda yo'qlik masalalarida ruhiy va ilohiylik tamoyillarini ustuvor deb biladi, ularni 
mutlaqlashtiradi. 
Materializm – olam va odamni ilohiy kuch yaratmagan, ular moddaning rivojlanib borishi 
natijasida paydo bo'lgan, deb o'rgatadi. G'oyalarning tarixiy va ma'naviy asoslarini o'rganishda 
butun jahon, xususan, G'arb mamlakatlari hamda xalqlari merosining ham o'rni bor. Uning ilk 
taraqqiy davrlari Qadimgi Yunoniston va Rim davriga borib taqaladi. Yunonistonda dastlabki 
ilmiy-falsafiy g'oyalar miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Milet maktabi vakillari ta'limotida o'z 
ifodasini topdi. Ushbu maktabning ilk namoyondalaridan Geraklitning g'oyalari stixiyali 
dialektikaga asoslangan va u olov — olamning asosi, deb bilgan. Uning fikricha, olamda hamma 
narsa harakatda. Kurash — hamma narsaning otasi, hamma narsaning podshosi, degan edi u. 
Suqrotning fikricha, falsafaning markazida axloq masalalari turmog'i lozim. Jamiyatning 
ravnaqi, tinchlik va osoyishtaligi, farovon hayoti axloq-odobning ahvoliga bog'liq. Bu masalalar 
Sharq falsafasida ham katta o'rin tutganligi bois xalqimiz Suqrotni hurmat bilan tilga olib, uning 
axloq-odob haqidagi fikrlariga amal qilib kelgan. 
Aflotun ―G'oyalar dunyosi va soyalar dunyosi‖ ta'limotining asoschisidir. Uningcha, g'oya 
haqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo esa uning soyasidir. Haqiqiy o'zgarish va 
taraqqiyot g'oyalar dunyosiga xos, soyalar dunyosidagi harakat esa uning aksidir. G'oyalar 
dunyosining qonuniyatlarini hamma ham bilolmaydi. Ularni biladiganlar nihoyatda kam 
uchraydi, ular ulkan aql egasi bo'ladi. Aksariyat kishilar esa soyalar dunyosi bilan kifoyalanadi. 
Arastu asoslagan g'oyalarga ko'ra, olamdagi narsa va hodisalar to'rtta sababga ega. Bular moddiy 
sabab, ya'ni modda (materiya); shakliy sabab yoki shakl; yaratuvchi sabab; pirovard sabab yoki 
maqsad sabablardir. Yaratuvchi sabab harakat manbaidir. Masalan, ota va ona bolaning 


ulg'ayishi sababchisidir. Uningcha, davlat boshqaruvi jamiyatning erkin va farovon hayoti uchun 
xizmat qilishi lozim.
Tarix shundan dalolat beradiki, markazlashgan yirik davlat va imperiyalarning paydo 
bo'lish jarayonida g'oya hamda mafkuralarning ahamiyati yanada ortadi. Miloddan oldingi IV-I 
asr va milodning boshlaridagi Rim tarixi bunga yaqqol misol bo'ladi. Ushbu shahar-davlatda 
uning fuqarolari xudolar tomonidan oliy maqomga ega kishilar sifatida tan olingani to'g'risidagi 
g'oya ustuvor edi. Bu, o'z navbatida, barcha rimliklarning o'zaro tengligi g'oyasi keng 
shakllanishiga va shu asosdagi mafkuraning mustahkamlanishiga sabab bo'lgan. Ana shu 
mafkuraga ko'ra, Rim aholisi rohat-farog'atda yashashi, asosan mavjud ijtimoiy-siyosiy tuzumni 
saqlab turishi, ko'p ming sonli qullar esa mehnat qilishi lozim bo'lib, ushbu hol barcha 
qonunlarda belgilab qo'yilgan edi. 
Tarixdan ma'lum va mashhur bo'lgan Spartak boshchiligidagi qullar qo'zg'oloni ana shu 
tartibga qarshi ko'tarilgan harakat ekanini yaxshi bilamiz. Qo'zg'olonchilar soni 100 mingga 
etishiga qaramasdan, bu harakatning g'alaba qozona olmasligi muqarrar bo'lgan. Chunki o'sha 
paytda rimliklar o'zlari uchun qonunga va yashash mezoniga aylangan g'oya asosida shakllangan 
tartibni buzishga yo'l qo'ymas edi. Bu g'oya rimliklarning hayot-mamoti uchun jang borayotgan 
bir sharoitda ularning orasidagi Spartak va uning tarafdorlariga qarshi bir necha yuz ming 
askarni saralab olish imkonini bergan. Umuman olganda, qadimgi Rimdagi o'ziga xos ma'no-
mazmunga ega bo'lgan (ya'ni, ―qullar mehnati — fuqarolarning rohat-farog'ati‖ tamoyili 
asosidagi) tenglik g'oyasi asta-sekin xalqni olomonga, imperiya uchun zarur bo'lgan askarlarga, 
yuqoridagi tamoyilni so'zsiz himoya qilishga shay turgan armiyaga aylantirgan. Imperiyani 
yaratadigan dunyoqarash hamda mafkura shu tariqa shakllangan. Bu esa, o'z navbatida, ana shu 
armiyaning boshliqlari — Rim imperiyasining jahongir lashkarboshilari Yuliy Sezar, Oktavian 
Avgust va boshqalarni tarix sahnasiga olib chiqqan. O'sha davrda Rimning yonginasida Afina 
davlati ham gullab-yashnagan, uning asosiy hayot tamoyili erkinlik g'oyasiga tayangan edi. Rim 
armiyasi madaniy taraqqiyot jihatidan ustun bo'lgan Afinani tez orada zabt etdi. Ammo o'z 
hududida Afinadagidek erkinlik g'oyasini ustuvor tamoyilga aylantira olmadi. Chunki erkinlik 
g'oyasi totalitarizm uchun eng asosiy ma'naviy xavf bo'lib hisoblanadi. Xayoti erkinlikka 
asoslangan Afina insoniyat madaniyatining tamal tosh-laridan biri, yuksak ma'naviy qadriyatlar 
ustuvor bo'lgan sivilizasiyani dunyoga keltirgan edi. Bu davrdagi fan va madaniyat taraqqiyoti 
insoniyatni hozirgacha ham o'ziga maftun etib kelmoqsa. Rim esa fan va madaniyat bobida 
Afinaga tenglasha olmadi, bu sohada undan ustunroq bo'lgan biror kashfiyot yoki yangilik yarata 
olmadi. U bor-yo'g'i dunyoga dahshat solgan tajovuzkor va musta-bid imperiyani, urushqoq va 
zo'rovon armiyani yarata oldi, xolos. Rimliklar o'sha davrda Afinani mahv etgan va uning 
ustidan hukm-ronlik o'rnatgan bo'lsa-da, ammo afinaliklardan o'rganishdan or-nomus qilmagan. 
Hatto, eng atoqli Rim zodagonlari ham o'z farzandlari uchun ustoz-o'qituvchilarni afinaliklar 
orasidan tanlagan va bundan faxrlanib yurganlar. Mashhur fransuz faylasufi J. J. Russo bu 
to'g'rida shunday deb yozgan: ―Siyosiy jihatdan tobe bo'lgan Afina g'oyaviy va ma'naviy jihatdan 
Rimni beixtiyor tiz cho'kishga majbur qilgan edi. Rimliklar bu borada hech qachon 
afinaliklarning qarshisida o'zlarini g'olib deb hisoblay olmaganlar‖. Fransuz adibi Andre Morua 
bu jarayonni tahlil qilib, quyidagi fikrni bildirgan: ―Yevropa bu g'oya va yo'llar ning qaysi biri 
to'g'ri ekanligini to'la-to'kis ajratib, o'z yo'lini ularning biri asosida tanlab ololmadi. Salib 
yurishlari domiga tortilgan va o'rta asrlar so'ngida imperiyalarni yaratgan Yevropa qadimgi Rim 
yo'lidan, Rimning halokatidan keyin mustaqillik va milliy davlatchilikni ixtiyor etgan Evropa esa 
qadimgi Afina yo'lidan bordi. XX asrda fashizmni dunyoga keltirgan Yevropa birinchi yo'ldan, 
shu yuz yillikning oxiriga kelib erkin taraqqiyot sari yuz tutgan Yevropa esa ikkinchi yo'ldan 
bormoqda. Bir asrda, nisbatan qisqa davr orasida bunday holning yaqqol namoyon bo'lishi, 
evropaliklarning qonida bu yo'llarning ikkalasi uchun ham umumiy genlar saqlanib qolganidan 
dalolat beradi‖ . Ushbu misollar o'rganiladigan g'oya va mafkuralarning insoniyat tarixidagi 
o'rni, davlat va jamiyat taqdiriga ta'siri qanday bo'lganini yaqqol ko'rsatadi. 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish