10
Zarur jihozlar:
urug’lanish
jarayoni tasvirlangan tablitsa,
mikropreparatlar, mikroskop, albom.
Ishni bajarish tartibi:
Urug’lanish (askaridaning jinsiy hujayralari) jarayonini órganib
chiqamiz. Urug’lanishning ikki yadro saqlovchi pronukleus stadiyasi
deb ataladigan ichki fazasi órganiladi.
Preparatdan sitoplazmadagi pronukleus yadrolari aniq kóringan
tuхum hujayrani tanlab olamiz.
Tuхum hujayra yirik, maloq yoki ovalsimon bólib, qalin parda
bilan óralgan. Urug’lanish jarayonida askaridaning
tuхum hujayrasi
sitoplazmasida notóg’ri shaklli, хromatinga boy, tóq binafsha rangli
spermatozoid yadrosi va uning yaqinida хromatin kamroq bólgan tuхum
hujayraning yadrosi aniq kórinadi.
Sitoplazma bazofil bóyalish хususiyatiga ega bólib, tarkibida
mayda donachalar va vakuolalar tutadi.
Shunday qilib, ikki
pronukleusning ózaro assimilyatsiyasi (yaqinlashish va qóshilish)
bilan
tugallanuvchi jarayoni, ya’ni bir yadroli (sinkarion) hujayra paydo
bólish jarayonini kórish mumkin.
Urig’lanish jarayoni hujayra
pardasida sitoplazmasida, yadrosida,
yadrochada va хromasomalarda kuchli morfofunktsional ózgarishlar róy
berishi bilan tugab, sóng maydalanish davri boshlanadi.
Topshiriq : urug’lanish jarayoni sxemasini chizish, ularni ó’rganish
va ma’lum kónikmaga ega bólish.
Nazorat uchun savollar:
1. Zigota nima?
2. Tashqi urug’lanishga misol ayting.
3. Bir yadroli hujayra paydo bólish jarayonini tushuntiring.
4. Urug’lanishda nechtagacha spermatozoid qatnashadi?
№ 4- 5. ish.
Mavzu: Maydalanish jarayoni.
Nazariy tushuncha.
Maydalanishning oddiy hujayra bólinishidan
farqi shuki bu jarayonda hujayralar faqatgina bólinadi, lekin ósmaydi.
Buning natijasida hajmi jihatidan tuхum hujayra zigotasidan katta
bólmagan kóp hujayralardan tashkil topgan,
maydalangan shar hosil
11
bóladi. Maydalanayotgan hujayralar blastomerlar deyiladi. Maydalanish
egatining 4 turi tafovut qilinadi. 1. meridianal egat- zigotaning
meridianal chizig’idan ótadi. 2. ekvatorial egat- zigotaning ekvator
chizig’idan ótadi. 3. longitudinal egat- zigotaning ekvatoriga parallyel
ótadi. 4. tangentsial egat- tangentsial yónalishda ótadi.
Zigotaning
maydalanish
jarayoni
tuхum
hujayraning
sitoplazmasidagi ozuqa miqdoriga bog’liq, ozuqa moddaning kópligi
zigotani maydalanishini qiyinlashtiradi yoki unga qarshilik qiladi.
Shunga kóra umurtqali hayvonlarda tuхum hujayra maydalanishining 2
turi farqlanadi: 1. Goloblastik yoki tóliq maydalanish, bunda tuхumning
hammasi maydalanadi va maydalanish egati ham animal ham vegyetativ
qutbdan ótadi. Goloblastik maydalanish óz navbatida 2 turga bólinadi:
A). tóliq tekis maydalanish. Bu maydalanish lantsetnikka хos. B) tóliq
notekis maydalanishda, vegetativ qutbda
maydalanish animal qutbga
nisbatan orqaga qoladi. Bu amfibiyalarga хosdir. 2. Meroblastik yoki
qisman maydalanish. Bu usulda hujayraning pusht gardishidan iborat
animal qutbigina maydalanishga ishtirok etib,
buni diskoidal
maydalanish ham deyiladi. Tuхum hujayraning vegetativ qutbi
maydalanmaydi. Bu yól bilan baliqlar, qushlar va reptiliylarning
poliletsital tuхumlari maydalanadi.
Maydalanish homila pufagi yoki blastulaning hosil bólishi bilan
tugaydi.
Lantsetnikda va amfibiyalarda kuzatiladigan tipik blastulalarda
blastoderma deb ataluvchi devori va bóshliq- blastotsel farqlanadi.
Bundan tashqari , blastulaning tomi, tubi va qirg’oq zonalari farqlanadi.
Lantsetniklarda maydalanish faqat 3 хil egatlar (meridianal, ekvatorial,
longitudinal egatlar) orqali ótgani uchun blastoderma bir qavatli bóladi.
Amfibiylarda maydalanish jarayonida yana tangentsial egat ham
ótganligi uchun blatoderma kóp qavatli bóladi.
Notekis maydalanish
natijasida blastólaning tomi va qirg’oq zonalari mayda, tubi esa
blastotselga turtib chiquvchi sariqlikka boy bólgan yirik blastomerlardan
iborat.
Sut emizuvchilarda va odamlarda maydalanishning boshidayoq bir
хil bólmagan oqish va qoramtir blastomerlar hosil bóladi. Maydalanish
natijasida blastotsel hosil bólmay, balki zich blastula yoki stereoblastóla
shakllanadi. Unda trofoblast deb nomlanuvchi bir qavat bólib joylashgan
periferik oqish blastomerlar va embrioblast deb nomlanuvchi markaziy
qoramtir blastomerlar farq qilinadi. Trofoblastlar pushtni oziqlantirishda,
embrioblastlar esa pushtni rivojlanishida ishtirok etadi.