Bóyicha tahsil olayotgan bakalavrlarga móljallangan



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/49
Sana31.03.2022
Hajmi0,9 Mb.
#521791
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49
Bog'liq
gistologiya fanidan amaliy mashgulotlar toplami

Nazorat uchun savollar: 
1.
Yangi hosil bólayotgan suyak tósinlari qanday tuzilishga ega? 
2.
 
Osteoblast hujayralarining joylashish órni.
 
3.
 
Osteoklastlar qanday tuzilishga ega?
 
4.
 
Suyak moddasida qon tomirlar qayerda joylashgan?
 
5.
 
Suyaklanish bosqichlarini tushuntiring.
 
 
№ 19- ish.
 
Mavzu: Naysimon suyakning tuzilishi. 
 
Nazariy tushuncha.
Naysimon suyakda anatomik jihatdan diafiz 
va epifiz qismlari tafovut qilinadi. Diafiz qismi naysimon shaklda bólib, 
devori kompakt qismdan tashkil topgan. Kompakt moddasi esa bir biriga 
zich birlashib kyetgan suyak plastinkalaridan tashkil topgan. Epifizlar 
esa tashqi tomonidan yupqa kompakt suyak bilan qoplangan bólib, ichki 
tomoni g’ovak moddadan tashkil topgan. Suyak tashqi tomonidan yupqa 
biriktiruvchi tóqimali parda bilan, ya’ni suyak usti pardasi bilan óralgan. 
Suyak ichki kanali esa juda yupqa parda (endost) bilan suyak kómigidan 
ajralib turadi. 
Naysimon suyakning diafizida quyidagi qavatlar: tashqi umumiy 
suyak plastinkalar sistyemasi, ostyeonlar (Gavers) sistyemasi va ichki 
umumiy suyak plastinkalari sistyemalari tafovut qilinadi. Tashqi suyak 


48 
plastinkalar tizimining qalinligi 4- 12 mkm bólib, bir biriga parallyel 
yónalgan bir necha plastinkalar yig’indisidan iborat. bu plastinkalar 
suyakni tashqi tomondan butunlay órab turadi, lekin plastinkalarning 
oхiri bir biri bilan tutashmay, ustma- ust joylashib tugaydi. Bu qavatda 
tyeshib ótuvchi kanallar joylashib, ular orqali suyak usti pardasidan 
suyak ichiga qarab qon tomirlar ótadi . bu kanallar oziqlantiruvchi 
kanallar bólib, óz devoriga ega bólmaydi va Folkman kanallari deb 
ataladi. Bundan tashqari, suyak usti pardasidan har хil burchak hosil 
qilib, suyakka tomon kollagen tolalar yónaladi, bu tolalar ostyeonlar 
qavatiga yetib kyelishi mumkin. 
Suyak devorining órta qavatini ostyeonlar hosil qilib, ular kompakt 
suyakning struktura birligi hisoblanadi. Osteonlar ham plastinkalardan 
iborat bólib, ular konsyentrikhalqalar sifatida qon tomirlarni órab 
joylashadi. Osteon markazida qon tomir joylashadi. Osteon halqalarini 
hosil qilgan plastinkalarning ossyein tolalari óz yónalishiga ega bólgani 
uchun suyakning bóylama va kóndalang kesmalarida plastinkalarni aniq 
ajratish mumkin. Ostyeonlar bir- biriga zich tegib yotmaydi, balki ular 
orasida kontsyentrik halqa hosil qilmaydigan suyak plastinkalari 
joylashadi. Bu plastinkalar oraliq yoki intyerstisial plastinkalar deb 
nomlanadi.
Naysimon suyakning markazida endost bilan qoplangan suyak kómigi 
kanali joylashib, u bilan ostyeon tizimi oralig’ida ichki umumiy suyak 
plastinkalari joylashadi.
Suyak usti pardasi (periost) va endost. Muyak tashqi tomondan 
suyak usti pardasi bilan óralgan unda ikki qavat: ichki tolali va tashqi 
advyentitsial qavatlar farqlanadi. Ichki qismi nozik tolali biriktiruvchi 
tóqimadan tashkil topgan bólib, kollagen tolalardan tashqari ózida 
elastik tolalarni ham tutadi. Bu yerda mayda qon tomirlar va ostyeoblast 
hujayralari joylashadi. Endost- juda nozik parda bólib, suyakni ichki 
tomondan qoplaydi. U ostyeoblast hujayralarini ushlovchi biriktiruvchi 
tóqimadan tuzilgan bólib, uning kollagen tolalari suyak kómigining 
stroma tuzilmalariga ótib kyetadi. 
Suyak tóqimasi mezenximadan ikki usulda: tóg’ridan- tóg’ri 
mezenximadan (kalla suyagi) yoki mezenximadan hosil bólgan tog’ay 
modyeli órnida hosil bólishi mumkin (bu usul bilan naysimon suyaklar 
rivojlanadi). 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish