Magniy qotishmalari.
Magniyning Al, Mn, Zn, Si va boshqa elementlar bilan hosil
qilgan birikmalari
magniy qotishmalari
deyiladi. Magniyning ba’zi quyma qotishmalari
markalari, kimyoviy tarkibi va ishlatilish sohalari 9.3 –jadvalda keltirilgan.
9.3–jadval
Magniyning quyma qotishmalari
Markas
i
Kimyoviy tarkibi, %
Ishlatilish sohasi
Al
Zn
Mn
Si
ML2
0,1
0,05
1–2
0,10
Benzin baki bo’g’zi, armatura
ML4
5,0–7,0
2–3
0,15–0,5
0,25
Dvigatel, samolyot detallari
ML5
7,5–9,0
0,2–0,8
0,15–0,5
0,25
Samolyotsozlikda, kimyo qurilmalarida
Bu qotishmalarning texnologik xossalari yaxshiligi, korroziyabardoshligi, yaxshi kesib
ishlanishi, solishtirma puxtaligi yuqoriligi sababli ulardan samolyotsozlik va asbobsozlikda
foydalaniladi.
Titan va uning qotishmalari
Titan ko’p tarqalgan metall bo’lib, yer qobig’ining 0,61 % ini tashkil etadi. Solishtirma
og’irligi 4,5 g/sm
3
, suyuqlanish harorati 1800 °C. Titan ishlab chiqarishda ishlatiladigan
minerallarga quyidagilar kiradi:
•
rutil (TiO
2
);
•
ilmenit (FeOTiO
2
);
•
titanit (CaOSiO
2
TiO
2
);
•
perovskit (CaOTiO
2
).
Rutil
tarkibida 60 % titan mavjud bo’lgan qizil tusli mineral hisoblanib, uning solishtirma
og’irligi 6–6,5 g/sm
3
ga teng.
Ilmenit
tarkibida 59 % rutil mavjud bo’lgan qoramtir tusli yaltiroq mineral hisoblanadi,
uning solishtirma og’irligi 4,56–5,24 g/sm
3
ni tashkil etadi.
Titanit
tarkibida 34–42% rutil mavjud bo’lgan sarg’ishdan qora ranggacha o’zgaradigan
rangli mineral bo’lib, uning solishtirma og’irligi 3,4–3,6 g/sm
3
ga teng.
Perovskit
tarkibida 58–59 % rutil mavjud bo’lgan har xil rangli mineral hisoblanib, uning
solishtirma og’irligi 4 g/sm
3
ni tashkil qiladi.
Titan rudalaridan titan kontsentratsiyasini olishda ruda flotatsion yoki elektromagnit
usulida to’yintiriladi. Keyin pechlarda suyuqlantiriladi. Bu jarayonda kontsentrat tarkibidagi
temir oksidlari qaytarilib, pech tubiga yig’iladi. TiO
2
shlakka o’tadi. SHlak tarkibida
65–85 % TiO
2
, 15–20% SiO
2
va 01 % CaO bo’ladi. Sovitilgan shlak esa kukun qilinadi. Unga
uglerodli va bog’lovchi moddalar qo’shilib, aralashtiriladi. Hosil qilingan aralashma qoliplarga
jipslab joylashtiriladi va qizdirish orqali briketlar olinadi. Titanning bu birikmalariga ikki
bosqichda ishlov beriladi. Titan briketlari xlor bilan ishlanib titan tetroxlorid (TiCl
4
) hosil
qilinadi. Undan titan ajratib olinadi. Titan maxsus pechlarda 900–950°C haroratda vakuumda
59
tozalanadi. Texnik titanning TG00, TG0, TG1, TG2 markalari mavjud. Titan qotishmalari
samolyotsozlik, kemasozlik, mashinasozlik, metallurgiyada va raketasozlikda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |