Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi



Download 8,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/187
Sana31.03.2022
Hajmi8,9 Mb.
#521786
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   187
Bog'liq
yunalishga kirish

Tayanch iboralar: asbobsozlik materiallari, qattiq qotishma, mineralokeramika, 
metallokeramika, volьfram, kobolt, titan, tantal, legirlovchi, o’rta legirlangan, kam 
legirlangan,uglerodli asbobsozlik po’latlari.
Asbobsozlik materiallari haqida dastlabki ma’lumot. Asbobsozlik materiallarning 
mashinasozlikdagi ahamiyati. Asbobsozlik materiallari turlari, umumiy xossalari va qo’llanilishi 
haqida ma’lumotlar.
 
Qattiq qotishmlar.
Qattiq qotishmalar qattiqligi, mustaxkamligi, yeyilishga chidamliligi, 
otashga chidamliligi yuqori bo’lgan qiyin eriydigan karbidlar asosida tayyorlanadi. Qattiq 
qotishmalarning bu xossalari ular 800–1000°S gacha qizdirilganda ham saqlanadi. Ishlab 
chiqarish usuliga ko’ra qattiq qotishmalar quyma va metall-keramik xillarga bo’linadi. Metall-
keramik qotishmalar volьfram, titan va tantal karbidlari kukunlarini kobalьt bilan birga pishirib 
olinadi. Kobalьt qotishmalarga qovushoqlik berish uchun qo’shiladi.
Quyma qattiq qotishmalar maxsus elektrodlar (GOST 10051–75) ko’rinishida, asbob 
yoki detalga suyultirib yopishtirishga yaroqli holda tayyorlanadi. V2K, VZK qotishmalari 
(stellitlar), sormayt quyma qotishmalarga kiradi. Stellitlar volьfram, xrom va kobalьt asosidagi 
qotishmalardir. Bu qotishmalar shtamplar, metallni qirqish pichoqlari, tokarlik dastgoxlarining 
markazlari kabi yangi yoki yoyilgan detalь va asboblar sirtiga suyultirib qoplanadi. Qotishmalar 
atsetilen–kislorodli alangada yoki elektr yoyi alangasida suyultiriladi. Suyultirilgan stellit 
qatlami qattiq eritma va xrom karbididan tashkil topgan evtektika strukturasiga ega bo’ladi. 
Suyultirib qoplangan qatlamning sovitilish tezligi qancha katta bo’lsa, uning mexanik xossalari 
shuncha yuqori bo’ladi, chunki bunda zarralar maydaroq bo’ladi. Suyultirib qoplangan qatlamga 
termik ishlov berilmaydi. Qattiq qotishmalar suyultirib yopishtiriladigan detallar yoki asboblar 
uglerodli po’latdan tayyorlanadi, bu bilan qimmat turadigan legirlangan po’latlar tejaladi. 
Yuqorida qayd qilingan qotishmalarni po’lat detallarga ham, cho’yan detallarga ham suyultirib 
qoplash mumkin. 


67 
Quyma qattiq qotishmalarga temir xromli asosdagi yuqori uglerodli xromli qotishmalar, 
ya’ni sormaytlar ham kiradi. Ular birlamchi karbid va evtektika strukturali (№1 sormayt) 
evtektikadan keyingi xromli cho’yandan yoki perlit va karbidli evtektika strukturali (№2 
sormayt) evtektikadan oldingi oq cho’yandan iborat bo’lishi mumkin. Sormaytlar 5–7 mm 
diametrli chiviqlar ko’rinishida ishlab chiqariladi hamda normal va yuqori temperaturalarda 
ishqalanish sharoitida ishlovchi cho’yan va po’lat detalь hamda asboblarga suyultirib qoplashda 
ishlatiladi. № 1 sormayt suyultirilib qoplangan qatlam qattiqliti VDS 48– 50 bo’ladi. Unga 
termik ishlov berilmaydi. №2 sormayt suyultirib qoplangan qatlam 850–900°S temperaturada 
yumshatilgach, moyda toblanadi va yuqori temperaturada bo’shatiladi. Quyma qattiq qotishmalar 
bilan qoplangan detalь va asboblarning puxtaligi 12 va undan ham ko’p marta ortadi. Zarrador 
(yoki kukunsimon) qattiq qotishmalar kukun ko’rinishida yoki zarrasining o’lchami 1–3 mm li 
zarralar ko’rinishida tayyorlanadi. Zarralar qotishmalarga stalinit kiradi va ular qishloq xo’jalik 
mashinalari detallarining, parmalash iskanalarining yeyilishiga chidamliligini oshirish uchun 
stellitlar o’rniga ishlatiladi. Stalinit tarkibida 8% S, 13% Mp, 3%51, 18% Sg va boshqalar 
bo’ladi. Zarrador qotishmalar trubasimon elektrodni to’ldirgich sifatida yoki suyultirib 
yopishtiriladigan kukun sifatida ishlatiladi. Suyultirib yopishtirish turli usullar bilan, ko’pincha 
elektr yoyi yordamida payvandlash usuli bilan bajariladi.
 
Metall–keramik qattiq qotishmalar volьfram (WS), titan (TiS), tantal (TaS) karbidlari 
bilan metall kobalьt (So) ning qattiq eritmasidan iborat. Metall–keramik qotishmalardan 
yasalgan buyumlar metall qirqish asbobi (keskich, parma, freza, razvertka) ning ish qismiga 
yopishtirish uchun plastinka ko’rinishida ishlab chiqariladi.

Download 8,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish