Kelajak materiallari. “aqlli materiallar”
“Aqlli” yoki (intelektual) materiallar deb ko’pgina zamonaviy texnologiyalarga ta’sir
etuvchi sun’iy xolda ishlab chiqarilgan yangi moddalar guruxiga aytiladi. “Aqlli” tarifi ushbu
materiallarga tashqi ta’sir o’zgarishlarini sezishi va belgilangan xolda o’zgarishlarni bartaraf
etishi, trik organizmlarning sifatlari mavjudligi uchun qo’llaniladi. “Aqlli” materiallar
tushunchasi yana odatiy moddalar va “aqlli” moddalardan tuzilgan murakkab tizmlar uchun xam
keng tarqalgan.
Aqlli materiallar (yoki tizm) uchun komponent sifatida ayrim turdagi datchiklar ishlatiladi
(kiruvchi to’lqinlarni aniqlovchi) bundan tashqari ijrochi tizmlar (aktivatorlar) qurilmaga
moslashishi uchun javobgar vazifasida qo’llaniladi. Oxirgilari harorat o’zgarishi, yorug’likning
jadalligi, magnit va elektr maydon kuchlanishiga javoban mexanik xossalar, shaxsiy chastotalar
joylashuvi va qoliplarni o’zgartirish uchun ishlatiladi. Aktivatorlar sifatida to’rt turdagi
materiallar ishlatiladi: qolipni o’zgartiruvchi qotishmalar, keramikaning pezoelektrik turlari,
magnit striktsion materiallar va elektroreologik – elektromagnit suyuqliklar.
“Xotira”li qotishmalar – deb harorat o’zgarganda deformatsiyadan keyin xam o’zining
avvalgi
xolatiga
qaytuvchi
metallarga
aytiladi.(“Qiziqarli
ma’lumotlar”ga qaralsin).
Keramikaning pezoelektrik turlari - elektr maydon (yoki kuchlanish) dagi o’zgarishlarga javoban
ular kengayadi yoki siqiladi, agarda ularning o’lchamlari o’zgarsa natijada elektr to’lqinlari
kuchayishi yuzaga keladi.. Magnit striktsion materiallar pezoelektriklar reaktsiyasi bilan bir xil,
ammo magnit maydon reaktsiyasini o’zgartirish imkoni mavjud. Elektroreologik va
magnitoreologik suyuqliklar bu elektr va magnit maydon o’zgarishlariga javoban
qovushvovlikning katta o’zgarishlariga chidamlilik muxitidir. Datchiklar sifatida qo’llaniluvchi
materiallar, qurilmalar optik tola, pezoelektriklar (ular sirasiga ayrim polimerlar kiradi) va
mikroelektromexanik qurilmalar, MEMS abbreviaturalari kiradi.
“Aqlli” qurilmalar misoliga vertolyotlarda parraklar aylangandagi shovqinni pasaytiruvchi
tizimni keltirish mumkin. Pezoelektrik datchiklar parraklarga o’rnatiladi va ular deformatsiya
natijasida kuchlanishni kuzatadi: to’lqin ushbu datchiklar orqali ishlovchi mexanizmga uzatiladi
va kompьyuter yordamida “antishovqin” yuzaga keladi, vertolyot parraklari ishlashidan yuzaga
kelgan shovqin kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |