30
atom darajasidagi o’lchamga ega elementlar asosida qurilgan (“materiallar dizayni” deb
nomlanuvchi) yangi materiallar olindi.
Atomlarni extiyotkorlik bilan yig’ish imkoni mexanik, elektrik, magnit va boshqa xossali
materiallar yaratish yo’llarini kengaytirdi. Biz bu tanlovni “pastdan yuqoriga” deb ataymiz,
bunday tarkibli yangi materiallarni o’rganish bilan nanotexnologiya shug’ullanadi, “nano”
iborasi elementlar strukturasining o’lchami nanometr birligi bo’yicha (10
-2
m) darajasini
anglatadi. Bunda so’z 100nm dan kichik, atom diametri o’rtacha 500 ekvivalent o’lchamli
element strukturalari haqida boradi. Ko’rilayotgan materiallarga yana bir misol uglerodli
nanotrubkalardir. 3.9 bo’limda mufassal ko’rib chiqiladi. Kelajakda bizlar albatta
nanotexnologiya materiallarining afzalliklarini aniqlashga muvaffaq bo’lamiz.
Keltirilgan moddalarda ayrim fizik kimyoviy xossalar zarra xajmi atom o’lchamiga
yaqinlashgani kabi sezilarli darajada o’zgaradi. Masalan, makroskopik sohadagi xira materiallar
nanodarajada shaffof bo’lishi mumkin, ayrim qattiq zarralar suyuqlikka o’zgarishi, kimyoviy
turg’un materiallar yonuvchan bo’lishi, shuningdek elektr izolyatorlar o’tkazgichlarga aylanishi
mumkin. Bundan tashqari tarkib nano o’lcham doirasidagi xajmga bog’liq bo’lishi mumkin.
Ushbu ko’rinishlarning ayrimlari kvant mexanikasidan kelib chiqqan boshqalari esa sirt
xodisalari – atomlar nisbatiga bog’liq, yuza qismlarda joylashgan zarralar keskin oshadi,
o’lchami esa kamayadi.
Ushbu noyob va g’aroyib tarkiblar sababli nanomateriallar elektron, biotibbiyot, sport,
energiya ishlab chiqarish va boshqa sanoat soxalarida o’z o’rniga ega va keng foydalaniladi.
Ularning ayrimlari quyida muxokama qilinadi:
Avtomobil katalizatorlari (Muxim materiallar)
Nanokarbon – flurenilar, uglerodli nanonaychalar va grafen
Avtomobil shinalari uchun armatura sifatida qurum zarralar
Nanokompozitlar
Qattiq disklar uchun foydalaniladigan magnit nanoo’lchamli donalar
Magnit lentalarda ma’lumotlarni saqlovchi magnit zarralar
Har doim yangi material ishlab chiqilganda uning insonlar va xayvonlarga nisbatan zararli,
toksik ta’sir o’tkazish saloxiyatini xisobga olish lozim. Mayda nonozarralar xajmiy maydonga
nisbatan xaddan tashqari katta sirtga ega bu o’z navbatida yuqori reaktivlik qobiliyatini yuzaga
keltiradi. Nanomateriallar xavfsizligi nisbatan o’rganilmagan bo’lsada ma’lum taxdidlar mavjud
ya’ni ular nisbatan yuqori tezlikda teri orqali organizmga, o’pkaga va oshvozon ichak yo’llariga
so’rilishi mumkin, va ba’zida ular yetarli miqdorda mavjud bo’lsa DNK ni zararlaydi yoki o’pka
saratonini yuzaga keltiradi va salomatlik uchun xavf tug’diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: