30
Avtomobil boshqarish jarayoni
haydovchini transport vositasi, yo‘l va
tevarak-atrofdagi muhit bilan bog‘lab, bir butun tizimni tashkil qiladi. Bu
sistemaning barcha tashkil etuvchilari bir-biri bilan bog‘liq. Haydovchi
doimiy ravishda yo‘ldagi narsalarga (avtomobil, piyoda, svetofor, yo‘l
belgilari), atrof-muhit holatini (harorat, namlik, yoritilganlik) nazorat qila-
di. Haydovchi bajarayotgan ishi mohiyatidan kelib chiqib, o‘zi va transport
vositasining imkoniyatlarini hisobga olgan holda harakatlanish tartibi
(tezlik, yo‘nalish)ni belgilaydi. Bundan tashqari, o‘z xatti-harakatlarini
nazorat qilib, harakatlanish rejimi ko‘zlaganidan chetga chiqsa uni tuzatadi.
Haydovchi-Avtomobil-Yo‘l tizimida asosiy bug‘in (zveno)
haydovchi
hisoblanadi. Avtomobilni boshqarish paytidagi haydovchining ish jarayon-
larini boshqa murakkab mashinalar operatorlari faoliyatiga ham o‘xshatish
mumkin (uchuvchi, yagona energo tizim boshqarish pulti navbatchisi).
Ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlar esa axborotlarni qayta ishlash,
xulosa qilish, boshqarish, nazorat qilish amallaridir. Lekin haydovchining
ish faoliyatidagi boshqarish usullari boshqa turdagi operatsiyalardan tubdan
farq qiladi. Boshqa operatorlar axborotni priborlar ko‘rsatmasidan olsa,
haydovchi bevosita yo‘l vaziyatini kuzatib boradi, priborlardan oladigan
axborot u uchun ikkinchi darajali hisoblanadi. Haydovchi oladigan
axborotlarning xarakteri va hajmi tez-tez o‘zgarib turadi.
Axborotning katta oqimi yoki uning jadal o‘zgarishi, (masalan,
intensiv harakatlanishda) uni o‘z vaqtida qabul qilish, qayta ishlash va
to‘g‘ri xulosa chiqarish imkonini bermasligi mumkin.
Uzluksiz harakatlanish, taqiqlovchi ishoralar, yo‘l belgilari, harakat
ishtirokchilarining xatti-harakatlari oqibatida buzilib turadi. Haydovchining
bajaradigan boshqarish amallari shunchalik ko‘pki, ularni bajarishda bir
qism amallar xato bajarilishi mumkin. Shaharlarda intensiv harakatlanish
sharoitida yo‘nalishdagi avtobus yoki taksi haydovchisi ish smenasida (7-8
soat) qariyb 5,5 ming boshqarish amallarini bajaradi. Axborotni olish qayta
ishlashga vaqt yetmasligi sababli shulardan qariyb 20 foizi xato
bajariladigan amallar bo‘ladi. Ayniqsa, to‘satdan xavfli vaziyat vujudga
kelganda haydovchi vaqt tanqisligi natijasida tang ahvolda qoladi,
kechikish esa yo‘l-transport hodisasiga olib kelishi mumkin.
Haydovchining axborot qabul qilish xususiyati, yo‘lda joylashgan
narsalar, yo‘l holati, transport vositasi haqidagi axborotlar haydovchiga
sezgi organlari orqali ta’sir etib, tevarak-atrofdagi narsalarning inson
ongida alohida ko‘rishishlarini namoyon etadi.
Insonning axborot qabul qilish xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
ko‘rish
sezish;
31
eshitish;
teri-mushak tebranish;
his etish;
hid sezish.
Haydovchining ish faoliyatida
ko‘rish
va
sezish
eng asosiy
qobiliyatlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |