Microsoft Word Автомобилни бошқариш ва ҳаракат лотин doc



Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/58
Sana31.03.2022
Hajmi1,69 Mb.
#521550
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   58
Bog'liq
A k a d e m I y a avtomobilni boshqarish va harakatlanishda yo

Fikrlash 
– bu oliy anglash bo‘lib, u orqali odam ongiga nafaqat qabul 
qilinadigan obyektlarning tashqi qiyofasi, balki ularning mehnati anglanadi. 
U aynan ko‘rinmaydigan narsalarni anglashga imkon beradi, o‘zi va 
boshqa odamlarning xatti-harakatlari natijasida vujudga keladigan 
hodisalarni oldindan ko‘ra bilishni ta’minlaydi. Haydovchi ish faoliyatida, 
yaqindagi maqsadiga yo‘naltirilgan, amalda bajarish paytida yuzaga 
keladigan 
operativ fikrlash 
xarakterlidir. Haydovchi fikrlashining 
xususiyati shundaki, bunda yo‘l vaziyatini baholash va xulosaga kelish 
vaqti cheklangan, bir qarorga kelib, unga amal qilish juda tez bo‘lishi 
kerak. 
Yo‘l vaziyatini baholash 
uchun haydovchi uning elementlarini (yo‘l, 
boshqa harakat qatnashchilari), ularning o‘zaro joylashganini qabul qilishi, 
undan keyin esida qolgan, oldin uchragan xuddi shunday holatlarni 
taqqoslashi kerak. Shunday taqqoslash vaziyat xususiyatlarini anglab, bir 
xulosaga kelishga imkon beradi (masalan, «orqadagi haydovchi quvib 
o‘tishni boshladi, bunda menga quvib o‘tish xavfli»). 
Yo‘l vaziyati rivojlanishini baholashda haydovchi xayolan bu vaziyat 
elementlarini harakatlantirib, o‘zi amal qilishi mumkin bo‘lgan tadbirlarni 
tahlil qiladi va yo‘l-transport holatlarini hisobga olgan holda amal qilishi 
mumkin bo‘lgan maqsadga muvofiq fikrni ishlab chiqadi (masalan, «quvib 
o‘tishni boshlagan haydovchining ilgarilab ketishi uchun men o‘z 
avtomobilimning harakat tezligini oshira olmayman. Shuning uchun quvib 
o‘tish fikrimdan vaqtincha qaytaman»). 
Oldindan aytish 
(prognoz) asosida fikrlashning oliy darajasi – xulosa 
chiqarish yotadi. U yo‘l vaziyatini o‘zgarishining oldindan ko‘ra bilish va 
shu maqsadga yo‘naltirilgan amallarni bajarish asosida xavfli holatlarning 
oldini olish imkonini beradi. 
Xotira 
– axborotni kiritish, saqlash va qaytarish jarayoni. 
Haydovchilik yo‘llarda harakatlanish qoidalarini chuqur bilish, avtomobilni 
xavfsiz boshqarish amallarini to‘g‘ri bajarish, harakat yo‘nalishlari va 
uning xususiyatlarini esda saqlashni talab qiladi. Qisqasi haydovchining 
xotirasi yetarli hajm, tezlikni yodda saqlash, o‘rgangan narsani saqlash 
muddati kabi xususiyatlari bilan farq qilishi kerak. 
Haydovchining fikrlash jarayoni yuqori tezlikda kechishini hisobga 
olgan holda xotira tayyorligi, ya’ni muayyan sharoitda kerakli ma’lumotni 
yengil qaytarish xususiyati ham alohida ahamiyatga ega. 
Oldin qabul qilgan axborotlarni saqlash va rivojlantirish manbai 
sezishdir. Ko‘rish, eshitish xotira harakati turlarga bo‘linadi. Haydovchi 
ishlashi uchun bularning hammasi muhim, ammo ko‘rish va harakatlanish 
xotirasi eng muhim xususiyatlardan hisoblanadi. 


42 
Ko‘rish xotirasi orqali haydovchi harakatlanish yo‘nalishini esda 
saqlaydi. Uning xarakterli mo‘ljallari maxsus e’tiborni talab qiladigan yo‘l 
qismlari, 
obyektlarning 
joylashgani, 
ulargacha 
bo‘lgan 
masofa. 
Harakatlanish xotirasi harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirish va 
avtomatlashtirish xotirasi orqali qaramasdan uzatmalarni almashtirish 
dastasini topadi va uni kerakli holatga avtomatik ravishda qo‘yadi. 
Ayniqsa, avtomobilni murakkab yo‘l sharoitida, katta tezlikda 
boshqarganda harakatlanish xotirasi muhim rol o‘ynaydi. 
Uzoq va qisqa muddatga mo‘ljallangan xotiralar haydovchi uchun bir 
xil muhim, kasbga aloqador ayrim voqealarni uzoq muddatga 
mo‘ljallangan xotira saqlaydi. 
Xotiraning sifati va rivojlanishiga odamning ruhiy va jismoniy holati, 
uning kasbi, yoshi, mashq qilganligi ta’sir qiladi. Odam o‘zlashtirishga 
qiziqqan yoki uning kasbiga bog‘liq bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar tez 
o‘rganiladi. Shuning uchun 
kasb xotirasi 
degan tushuncha mavjud. 
Tajribali haydovchi yangi yo‘nalish xususiyatlarini tez va aniq esda 
saqlaydi. Muhim axborotni keraksizidan yaxshi farq qilib, 20-25 yoshgacha 
xotira yaxshilanadi, 35-40 yoshdan keyin esa yomonlashadi. 
Xotira xususiyatlaridan yana biri 
unutish 
bo‘lib, bunda inson o‘z 
faoliyatida ishlatmagan so‘zlarni tez unutadi. Odatda, kerakli ashyolar ham 
tez-tez unutiladi. Bu axborotni tiklash uchun takrorlash zarur va bilish, 
amaliy ko‘nikmalarga taalluqli bo‘ladi. 
4-mavzu. HAYDOVCHINING KASBIY 

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish