Etnik pedagogikaningmazmuni, shakllari, vositalari va ularning o’ziga xos xususiyatlari



Download 373,26 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.03.2022
Hajmi373,26 Kb.
#521312
Bog'liq
2-mavuz



ETNIK PEDAGOGIKANINGMAZMUNI, 
SHAKLLARI, VOSITALARI VA ULARNING 
O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

REJA:
1. Etnik pedagogikahozirgi davr sharoitida ta’lim-
tarbiya tizimidagi yangi g’oyalar va 
yo’riqnomalarning asosiy manbaidir
2.Xalq og’zaki ijodi, qadriyatshunosligi, 
udumshunosligi va marosimshunosligining etakchi 
yo’nalishlari
3. O’zbek xalq pedagogikasida ilm-fanning turli 
sohalari — mumtoz adabiyot, san’at, musiqa, og’zaki 
ijodi


Tarixdan ma’lumki, XX asrning 20-yillarida Turkiston 
parchalanishi oqibatida milliy madaniyat, milliy tarbiya yo’li 
to’sila boshlandi. 
Maktablarda dunyo fanini rivojlantirishga munosib hissa 
qo’shgan o’zbek fani va madaniyatining, pedagogikasining 
asoschilari, musulmon olamining ulug’ zotlari faoliyati emas, 
balki o’zbek xalqi kamolotiga, taraqqiyotiga aloqasi bo’lmagan 
shaxslar faoliyati o’rgatildi. 
Musulmon dunyosining muqaddas kitobi Qur’oni karim, 
Muhammad 
alayhissalom 
hadislari 
ta’qib ostiga olindi, 
yo’qotishga urinildi. Natijada o’zbek xalki milliy axloq-odob va 
tarbiya an’analaridan maxrum .bo’la boshladi. Bu o’z navbatida 
o’zbek madaniyati, shu jumladan, pedagogika fani rivojlanishiga 
salbiy ta’sir ko’rsatdi. 


1991 yilga kelib, O’zbekiston xalqi mustaqillikka erishib, o’z 
Qomusiga ega bo’lgach, pedagogika faniga ham yangicha 
yondashish imkoniyati tug’ildi. 
Xalqimizning uzoq o’tmishda yaratgan noyob durdonalari — 
miflar, afsonalar, ertak, dostonlar, maqol va topishmokdar, 
qo’shiqlar, diniy aqidalar, tosh bitiklar, buyuk adiblar, allomalarning 
ijodiy 
merosi, 
xalqimizning 
milliy 
an’analari, udumlari, 
marosimlarida saqlanib qolgan. Bularni o’rganish pedagogika 
fanining rivojlanishiga, milliy xarakterga ega bo’lishiga imkon 
beradi. 
Pedagogika fani Etnik pedagogikaan’analariga suyangan holda 
turli 
pedagogik 
nazariyalarni, 
ta’lim-tarbiyaning mazmuni, 
metodlarini o’rgatadi. O’tmishdagi ta’lim-tarbiya tizimidagi ilg’or 
va ijobiy fikrlarning hammasidan ijodiy foydalanadi. 


Pedagogika ijtimoiy fan. U ta’lim-tarbiyaning barcha 
masalalariga va muammolariga davr talabi asosida yondashadi. 
Ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida xalqimizning tarbiya 
nazariyasi va amaliyoti bo’yicha to’plagan tajribalarini, go’zal 
namunalarini, hayotiy saboqlarini amalda tatbiq etadi. 
Pedagogika fani o’tmish ta’lim-tarbiya sohasidagi eng yaxshi 
tajribalarni o’rgatadi, bu esa bo’lg’usi pedagoglarni bevosita 
amaliy faoliyatga tayyorlaydi, ta’lim-tarbiya tizimini milliy ruh 
bilan sug’orishga yordam beradi. 
Chunki xalqimizning o’tmishda tarbiyalash va o’qitish 
nazariyasi qanday bo’lganligini, har bir davrda qanday taraqqiy 
etganini bilmay turib, yoshlarni har tomonlama komil inson etib 
tarbiyalash masalalarini ilmiy ravishda hal qilib bo’lmaydi. 


O’zbek xalqi ta’lim-tarbiya sohasida o’ziga xOs 
dorilfunun yaratgan. Hatto hozirgi o’zbek xalqi yashab 
turgan zaminda zardushtiylik dini keng yoyilgan davrda 
ham ilg’or pedagogik mafkura hukm surgan. Bu 
zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da ham 
o’z ifodasini topgan. Biroq islomgacha bo’lga» 
tarbiyashunoslik, ilm-fan, adabiyot, madaniyat bizgacha 
yetib kelmagan. Chunki arab istilochilari tomonidan barcha 
manbalar, asarlar yoqib yuborilgan. Islomgacha va 
islomdan keyingi pedagogik qarashlarni, milliy ta’limga 
oid an’analarni, qadriyatlarni — xalq pedagogikasini 
o’rganish, uni hayotga tatbiq etish, ta’lim-tarbiya 
jarayonida qo’llash — bugunning muhim, dolzarb 
vazifasidir. 


Maorif tizimining, biz pedagoglarning hozirgi 
kundagi vazifamiz — milliy qadriyatlar, Etnik 
pedagogikaan’analarini 
zamon 
talablari 
bilan 
uyg’unlashtirgan holda ta’lim-tarbiya sohasiga tatbiq 
etish, eng yaxshi tomonlaridan unumli foydalanishdir. 
Birinchi 
navbatda 
o’z pedagogikamizni — 
o’zbekona, lekin zamon bilan hamnafas, hamohang 
ta’lim-tarbiya usullarini yaratmog’imiz kerak. Buning 
uchun o’tmishda unutilgan ulkan sarchashmalar — 
xalq pedagogikasini puxta, atroflicha o’rganmog’imiz 
va uni bugungi kun pedagogikasiga asos qilib 
olmog’imiz lozim. O’zbek xalqi nafaqat ilmu fan, 
madaniyat sohasida, balki axloq-odobga oid qarashlari, 
pedagogika fanlari bo’yicha o’rnak bo’larli sermazmun 
xazina — manbaga ega. 


Zotan, xalqni ezgulikka chorlovchi, uni jipelashtiruvchi, 
uyushtiruvchi bunday asosiy g’oyalar va tuyg’ularning 
ildizi milliy an’analarimiz, milliy qadriyatlarimizga borib 
taqaladi. Masalan, milliy mafkuramiz ham xuddi ana shu 
qadriyatlar, odatlar, ya’ni Etnik pedagogikazaminida 
shakllanadi. 
Nafaqat 
milliy 
mafkuramiz, 
balki 
O’zbekiston 
Respublikasi Konstitusiyasi ham milliy va umuminsoniy 
qadriyatlarga asoslanadi, ulug’ bobolarimizning o’lmas 
merosidan ozikdanadi. Shuning uchun ham Qomusimizda 
har bir fuqaro O’zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va 
madaniy merosini avaylab-asrashga majbur ekanligi 
alohida ta’kidlanadi. 


O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini puxta o’rganish 
asosan 
ta’lim-tarbiya 
muassasalaridan 
boshlanadi, 
ya’ni 
o’quvchilarda fuqarolik tarbiyasi shakllantiriladi. Buning uchun 
ularga o’tmish merosimiz va xalqimizning ming yillik qadriyatlari 
asosida ma’lumotlar beriladi. 
Fuqarolik tarbiyasining asosini millat, xalq, ularning hayot 
mazmunini o’rganish orqali milliy o’zlikni anglashni qaror toptirish 
tashkil etadi. Milliy mafkuraning asosiy maqsadi aynan ana shu 
o’zlikni anglashdan iboratdir. 
O’tmish mutafakkirlarining qarashlari, boy ma’naviy merosi, 
g’oyalari bugungi avlod uchun dasturilamal vazifasini o’taydi. 
Allomalar, xalq qahramonlari hayotini o’rganish shaxsning inson 
sifatida kim ekanligini anglab yetishiga yordam beradi. 


Fuqarolik tarbiyasi negizida xalq o’gmishi, tarixini 
o’rganish, milliy qadriyatlar mohiyatini anglashga 
yo’naltirilgan faoliyatga o’quvchilarni jalb etish maqsadi 
yotadi. 
Huquqiy tarbiyaning asosiy maqsadi — yoshlarni 
jamiyat talablariga, davlatning qonun-qoidalariga, milliy 
urf-odatlarimiz va qadriyatyaarimizga chuqur hurmat-
ehtiromli bo’lishga o’rgatish. 
Huquqiy tarbiyaning vazifasi esae huquq asoslarini, 
Konstitusiya va qonunlarimizning mazmun-mohiyatini, 
yangi 
qonuniy 
hujjatlar, 
huquqiy 
me’yorlarni 
kishilarning, birinchi navbatda, yoshlarning ongi, kalbiga 
singdirishdan iboratdir.


Xalqimiz ming yillik boy huquq va huquqiy madaniyatga ega. 
O’tmishda barcha huquqiy muammolar Qur’oni karim va Hadisi 
sharif asosida hal etilgan. Islom huquqshunosligi asosan Qur’oni 
karim va Hadisi sharif negizida shakllangan va yoshlarga shu asosda 
huquqiy tarbiya berilgan. 
Mustaqil Respublikamizning ta’lim-tarbiya sohasida tub burilish 
yasagan «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi»ning mazmuni ham milliy turmush tarzimiz va ma’naviy-
axloqiy an’analarimiz bilan hamnafasdir. Ma’rifat xalqimiz, 
millatimizning qonida bor. An’anaviy sharqona qarashlarga ko’ra, 
ma’rifatlilik faqat bilim va malakagina emas, balki ma’naviyat va 
go’zal axloq degani hamdir. Xalqimiz bilimli, komil inson deganda 
ana shunday odamlarni ko’z oldiga keltiradi. 


«
Ta’lim to’g’risida»gi qonun, «Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi»ning ham asosiy 
maqsadi har tomonlama yetuk komil 
insonni tarbiyalashdir. Shuning uchun har 
ikkala me’yoriy hujjatning mohiyati milliy 
tariximiz va hayotimiz bilan bog’lanib 
ketgan. 
Xullas, O’zbekistonda o’zimizga xos, 
o’zimizga moye bo’lgan, takrorlanmas, 
buyuk 
tariximiz 
va 
an’analarimizga 
asoslangan,


Yuqoridagi misollarning hammasidan kelib chiqadigan asosiy 
xulosa shuki, bugungi kundagi milliy mafkuramiz, milliy 
g’oyalarimiz, 
barcha 
yo’riqnomalarimizning 
zamirida 
«O’tmishsiz kelajak yo’q» shiori yotadi. 
Ulug’ bobolarimiz yaratgan barcha moddiy va ma’naviy 
boyliklar, barcha ezgu insoniy fazilatlar, o’zimizga xos urf-
odatlarimiz va kadriyatlarimizni e’zozlash davlatimiz tomonidan 
qabul qilinayotgan qonun va me’yoriy hujjatlarimizning asosini 
tashkil etadi. Bunday go’zal insoniy fazilatlar, odatlar va 
kadriyatlarimizning xazinasi, manbai xalq pedagogikasi, ya’ni 
xalqimizning o’z tarixiga ega tarbiya tajribasidir. 
Ta’lim-tarbiya sohasida qabul qilinayotgan barcha davlat 
hujjatlarida ana shu munosabatlar yaqqol ko’zga tashlanib turadi.


Sharq mutafakkirlarining odob-axloqka oid fikrlari 
O’zbek Etnik pedagogikag’oyat serqirra va serjilo bo’lib, uning 
kamrovi nihoyatda keng, ya’ni shu xalq paydo bo’lgan butun bir 
davrni o’z ichiga oladi. 
ta’limot 
Hadis 
Qur’on 
Marosimshunoslik 
Udumshunoslik 
Qadimiy bitik toshlar 
Qadrshunoslik 
Odatnoma Odobnoma 
Etnik pedagogikaxalq og’zaki ijodi, qadriyatshunosligi, 
udumshunosligi va marosimshunosligining etakchi yo’nalishlarini, 
diniy-axloqiy ta’limotni, ya’ni. ijtimoiy va maishiy-axloqiy 
hayotning barcha tomonlarini qamrab olishi bilan xarakterlanadi 


Etnik pedagogikaningyana bir ibratli tomoni shundaki, qayot, 
tabiat, jamiyatdagi har bir voqea-hodisa, predmet, ko’rinishdan 
mukammal foydalaniladi. 
Xalq an’anaviy pedagogikasida ishontirish, isbotlash, ta’sir, ibrat 
namunasi, tajriba natijalari, tasdiqlash ham alohida o’rin tutadi. Buni 
ayniqsa, dov-daraxt, tog’-tosh, parrandalarga bag’ishlangan xalq 
og’zaki ijodi namunalarida ko’rish mumkin. Xalqning bunday 
qarashlari zamirida to’rt unsurni asrab-avaylash, ya’ni ekologik 
tarbiya yotadi. 
Xalq bisotidagi eng yaxshi tabarruk so’zlar — duo, olqishlar ham 
katta tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega. O’zbek Etnik pedagogikaayrim 
shaxslar yoki bir-ikki jamoa tomonidan yaratilmagan. Uni xalqimiz 
asrlar davomida o’zining boy hayotiy tajribalari, farzandlar kamoloti 
borasida tutgan tutumlari, sa’y-harakatlari, yo’l-yo’riqlari, akl-
zakovatlari bilan yaratgan. 


Shu bilan birga o’zbek Etnik pedagogikailm-
fanning turli sohalari — mumtoz adabiyot, san’at, 
musiqa, og’zaki ijod, qadrshunoslik, odatshunoslik, 
ruhshunoslik kabi sohalar bag’rida shakllanib, 
ularning eng yaxshi namunalarini o’ziga qabul qilib 
olgan. 
Insonparvarlik, 
baynalminallik, 
hushyorlik, 
zukkolik, topqirlik, bilimdonlik, uquvlilikni o’ziga 
e’tiqod qilib olgan o’zbek Etnik pedagogikaayni 
chog’da sharq odobnomasi, ibratnomasidan doimiy 
ravishda baxramand bo’lgan, sharqona Etnik 
pedagogikaboyliklaridan ozikdangan va uning eng 
go’zal namunalarini o’ziga qabul kilib olgan. 


Yoki Alpomish zindonda yotganda Qorajon ham, Tovka 
oyim g`lm uni chiqarib olmoqchi bo’ladi. Lekin u rozi 
bo’lmaydi. Bir kupi ulardan ta’na eshitib, insoniy g’ururi 
poymol bo’lishini xoqlamaydi. Demak, biz eng avvalo, 
insoniy g’ururni garbiyalamog’imiz kerak ekan. Chunki 
g’urursiz kishidan hamma qabixlikni kutsa bo’ladi. 
Sotqinlikni ham, yolg’onchilik va1 tuhmatni ham. g`urur 
insonning imonini pok saqlaydi, yomonliklardan asraydi. 
Mardlik, sadoqat, fidoyilik sari etaklaydi. 
Demak, yoshlarda millim mafkurani shakllantirishni 
ularda Vatanga muhabbat, fidoyilik, g’urur va hamiyat, or, 
nomus, milliy g’urur va milliy iftixorni tarbiyalashdan 
boshlashimiz kerak ekan. Bu fazilatlarni tarbiyalashda 
dostonlar’eng qudratli va ta’sirchan tarbiya vositasi 
vazifasini bajaradi



Xulosa qilib aytganda, xalq og’zaki ijodi milliy 
mafkuraning 
negizini 
tashkil 
etadi 
va 
Etnik 
pedagogikaningmanbai hisoblanadi. 
Er yuzidagi barcha kishilar singari turkiy qabilalar ham 
qadim zamonlardayoq hayotiy ehtiyoj taqozosi bilan 
bolalarining sog’lom, baquvvat, mehnatsevar, katta-
kichiklarni izzat-hurmat qiladigan, xushaxloq, botir, 
jamoani, Vatanni himoya qila oladigan kishilar bo’lib 
ulg’ayishlarini orzu qilganlar. Tarbiya sohasida to’plagan 
tajribalarini, 
orzu-istaklarini 
umumlashtirib, 
maqol, 
topishmoq, ertak, rivoyat, hikoyat, doston, milliy, oilaviy 
urf-odatlar, an’analar shaklida ifodalab yoshlarga, oila 
a’zolariga, boshqalarga o’rgatganlar. Shu tariqa o’zbek 
Etnik pedagogika vujudga kelgan. 

Download 373,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish