ramz yoki belgining loyihasiga bo’lgan mualliflik
huquqi
loyihani yaratgan (ishlab chiqqan)
shaxsga tegishlidir.
Rasmiy
hujjatlar, ramzlar va belgilarning loyihalarini ishlab chiqqan
shaxslar,
basharti, bunday loyihani
ishlab
chiqish to’g’risida topshiriq bergan
organ tomonidan taqiqlanmagai bo’lsa, o’zlari yaratgan loyihalarnn e’lon
qilishga haqlidirlar. Loyihani e’lon qilishda uni ishlab chiqqan shaxslar o’z ism-
shariflarnnp ko’rsatishga haqlidirlar.
Vakolatli organ rasmiy hujjat tayyorlash uchun loyihadan, basharti, loyiha
uni ishlab chiqqan shaxs tomonidan
e’lon qilingan yoki tegishli organga yuborilgan
bo’lsa, mazkur shaxsning roziligisiz foydalanishi mumkin.
Loyiha asosida rasmiy hujjatlar, ramzlar va belgilar tayyorlash chog’ida
rasmiy hujjat, ramz yoki belgi tayyorlayotgan organning xohishiga ko’ra
loyihaga qo’shimchalar va o’zgartishlar kiritilishi mumkin.
Vakolatli organ loyihani ma’qullaganidan keyin loyihadan uni ishlab chiqqan
shaxsning ismi-sharifini ko’rsatmagan holda foydalanish mumkin.
10-modda. Asar muallifi.
Mualliflik prezumpstiyasi.
Asar kimning ijodiy mehnati bilan yaratilgan bo’lsa, ana shu fuqaro asar
muallifi deb e’tirof etiladi.
Asar birinchi marta e’lon qilinganda muallif sifatida ko’rsatilgan shaxs,
basharti, o’zga hol isbotlanmagan bo’lsa, asar muallifi hisoblanadi.
Asar imzosiz yoki taxallus ostida e’lon qilingan taqdirda (muallifning
taxallusi uning kim ekanligiga shubha qoldirmaydigan hollar bundan mustasno),
asarda ismi-sharifi yoki nomi ko’rsatilgan noshir basharti, boshqa dalillar bo’lmasa,
muallifning vakili hisoblanadi hamda muallifning huquqlarini himoya qilish va
ularning amalga oshirilishi ta’minlash huquqiga ega bo’ladi. Bu qoida bunday
asar muallifi o’z shaxsini oshkor etgunicha va o’zining muallif ekanligini ma’lum
qilgunicha amalda bo’ladi.
11- modda. Hammualliflik.
Ikki yoki undan ortiq fuqaroning birgalikdagi ijodiy mehnati natijasida
yaratilgan asarga bo’lgan 100 foizlik mualliflik huquqi, mazkur asar bo’linmas
bir butun yoki har biri ham mustaqil mazmunga ega qismlardan iborat
ekanligidan qat’i nazar, hammualliflarga birgalikda tegishli bo’ladi.
Basharti, asarning muayyan qismidai uning boshqa qismlariga bog’liq
bo’lmagan holda foydalanish mumkin bo’lsa, bu mustaqil mazmunga ega bo’lgan
qism deb e’tirof etiladi.
17
Hammualliflarning har biri, basharti, ularning o’rtasidagi bitimda o’zgacha
hol nazarda tutilgan bo’lmasa, asarning o’zi yaratgan mustaqil mazmunga ega
bo’lgan qismidan o’z xohishiga ko’ra foydalanishga haqlidir.
Hammualliflar o’rtasidagi munosabatlar, qoida tariqasida, bitim asosida
belgilanadi.
Bunday bitim bo’lmagan taqdirda, asarga bo’lgan mualliflik huquqi
barcha mualliflar tomonidan birgalikda amalga oshiriladi, mualliflik haqi esa
ular o’rtasida teng taqsimlanadi.
Basharti, hammualliflarning asari bo’linmas bir butunni tashkil etsa, asardan
foydalannshni etarli asoslar bo’lmay turib taqiqlab qo’yishga hammualliflardan
hech biri haqli emas.
12-modda. Film mualliflari.
Quyidagilar kinofilm, telefilm va video-filmning to’liq mualliflari
(hammualliflari)dir:
sahnalashtiruvchi rejisssr;
sstenariy muallifi;
muayyan audiovizual
asar uchun maxsus yaratilgan matnli yoki matnsiz
musiqa asarining muallifi;
sahnalashtiruvchi operator.
Bunday asarning hammualliflari jumlasiga aytib o’tilgan mualliflar bilan
kelishuvga binoan filmda foydalanilgan boshqa asarlarning mualliflarn kiritilishi
mumkin.
Muqaddam mavjud bo’lib, shuningdek
film ustida ish olib borishi jarayonida
yaratilib, filmda foydalanilgan asarlar mualliflarining har biri umuman filmga
bo’lgan mualliflikdan qat’i nazar, mustaqil mazmunga ega bo’lgan o’z asariga
mualliflikni saqlab qoladi.
1 3 - m o d d a . Hosila asarlarning mualliflari.
Boshqa asarlarni qayta ishlagan shaxslar, tarjimonlar, to’plamlar va boshqa
jamlama asarlarning tuzuvchilari hosila asarlarnnng mualliflari deb e’tirof etiladi.
Hosila asarning muallifi qayta ishlangan, tarjima qilingan yoki jamlama
asarga kiritilgai asar muallifining huquqlariga rioya etgan taqdirdagina hosila
asarga bo’lgan mualliflik xuquqidan foydalanadi.
Hosila asarlar yaratuvchilarining mualliflik huquqi boshqa shaxslarning
muqaddam foydalanilgan asarlar asosida o’z xosila asarlarini yaratishlariga
to’sqinlik qilmaydi.
14- modda. Intervyu mualliflari.
Intervyu yozuviga bo’lgan mualliflik huquqi hammualliflar tariqasida
intervyu bergan shaxs bilan intervyu o’tkazgan va uni yozib olgan shaxsga,
basharti, ular o’rtasidagi kelishuvda o’zgacha hol nazarda tutilgan bo’lmasa,
tegishlidir.
Intervyu yozuvini e’lon qilish, ko’rsatish va eshittirishga intervyu bergan
shaxsning roziligi bilangina yo’l qo’yiladi.
15-modda. Asarlar yaratilishini tashkil etuvchi shaxslarning huquqlari.
Asarlar yaratilishini tashkil etuvchi shaxslar (enstiklopediyalarning
noshirlari; filmlarning tayyorlovchilari, prodyuserlar
va shu kabilar) tegishli
asarlarning mualliflari deb e’tirof etilmaydi. Biroq ushbu Qonun yoki boshqa
18
qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, bunday shaxslar ana shunday asarlardan
foydalanishda alohida huquqlarga ega bo’ladilar.
Enstiklopediyalardan, enstiklopedik lug’atlardan, ilmiy ishlarning davriy va
davomli to’plamlaridan, gazetalar, jurnallar va. boshqa davriy nashrlardan
foydalanishning alohida huquqlari ularning noshirlariga tegishlidir. Bunday
nashrdan har qanday tarzda foydalanilganda ham noshir o’z nomini ko’rsatishga
yoki nomi ko’rsatilishini talab qilishga haqlidir.
Bunday nashrlarga kiritilgan asarlarning mualliflari, basharti, asar
yaratishga doir shartnomada o’zgacha hol nazarda tutilgan bo’lmasa, to’liq
nashrdan qat’i nazar, o’z asarlaridan foydalanishga bo’lgan alohida
huquqlarnni saqlab qoladilar.
Audiovizual asar, shu jumladan, film yaratish xususida shartnoma
tuzish, basharti, bunday shartnomada o’zgacha hol nazarda tutilgan bo’lmasa,
mazkur asar mualliflarining asarini takrorlashga, uni tarqatishga, omma oldida
ijro etishga, barchaning e’tiboriga etkazish uchun kabel orqali berishga, efirga
uzatish yoki asardan boshqa har qanday tarzda ommaviy foydalanishga, film
matnini subtitrlash va dublyaj qilishga bo’lgan alohida huquqlarining asarni
tayyorlovchiga o’tishiga olib kelmaydi. Mazkur huquqlar audiovizual asarga bo’lgan
mualliflik huquqining amal qilish muddati davomida amal qiladi.
Film tayyorlovchisi bu asardai har qanday tarzda foydalanilganida ham o’z
ismi-sharifi yoki nomini ko’rsatishga yoxud ismi-sharifi yoki nomi ko’rsatilishini talab
qilishga haqlidir.
Film omma oldida namoyish etilganida musiqa asarining muallifi o’zining
musiqa asari (matnli yoki matnsiz) omma oldida ijro etilganligi uchun olish
huquqini saqlab qoladi.
Film muallifi va filmga bo’lgan mulkni huquqini boshqa egalari
roziligisiz filmning oxirgi variantini (yozuvning asl nusxasini) yo’k qilib
yubornsh taqiqlanadi.
16-modda. Mualliflik huquqining himoya belgilari.
Alohida mualliflik huquqiniig egasi o’z huquqlaridan xabardor etish uchun
asarning har bir nusxasida aks ettiriladigan va quyidagi uch unsurdan iborat
mualliflik huquqining himoya belgisidan foydalanishi mumkin:
aylana ichiga olingan lotincha «S» harfi;
alohida mualliflik huquqlari egasining ism-sharifi (nomi);
asar birinchi marta e’lon qilingan yil.
Mualliflik huquqining himoya belgisida ko’rsatilgan shaxs, Basharti, o’zga
hol isbotlanmagan bo’lsa, huquq egasi hisoblanadi.
17-modda. Muallifning shaxsiy nomulkny huquqlari.
Asar muallifiga quyidagi shaxsiy nomulkiy huquqlar tegishlidir:
mualliflik huquqi;
mualliflik nomiga bo’lgan huquq;
asarning daxlsizligiga bo’lgan hukuq.
Muallif shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshirishdan voz kechish
to’g’risida biron-bir shaxs bilan tuzgan bitim va muallifning bu hakdagi arizasi
ahamiyatsizdir.
19
15- m o d d a. Mualliflik xuquqi.
Muallif (hammualliflar)ning o’zi yaratgan asarga bo’lgan mualliflik
hukuqi boshqa shaxslarning aynan shu asarga mualliflik xuquqi e’tirof qilishini
istisno etadi.
19-modda. Mualliflik nomiga bo’lgan.
Muallif asardai o’z ism-sharifi, taxallusi ko’rsatgan holda yoki imzosiz
foydalanish yoki shu tarzda farqlanishga ruxsat berish borasidagi alohida
huquqga (mualliflik nomiga bo’lgan huquqga) egadir.
20-m o d d a. Asarning daxlsizligiga bo’lgan huquq.
Muallif o’z asariga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish hamda asarga
o’zining roziligisiz biror-bir shaxs tomonidan o’zgartishlar yoki qo’shimchalar
kiritilishidan asarini himoya qilish borasida alohida huquqqa (asarning
daxlsizligiga bo’lgan hukuqqa) egadir.
Asarni nashr qilish, omma oldida ijro etish yoki undan boshqacha tarzda
foydalanish chog’ida asarning o’ziga ham, uning nomiga ham, muallifning nomi
ko’rsatilishiga ham biror-bir o’zgartish kiritishga faqat muallifning roziligi bilangina
yo’l ko’yiladi.
Muallifning roziligisiz uning asarini bezaklar bilan, so’zboshi, xotima, sharh
yoki biror-bir tushuntirishlar bilap nashr etish taqiqlanadi.
Muallifning vafotidan keyin asarning dahlsizligini himoya qilish
vasiyatnomada ko’rsatilgan shaxs tomonidan, bunday ko’rsatma bo’lmagan
taqdirda esa muallifning merosxo’rlari, shuningdek Qonunga muvofiq zimmasiga
mualliflik huquqlarini himoya qilish vazifasi yuklatilgan shaxslar tomonidan
amalga oshiriladi.
21-modda. Asarni e’lon qilish huquqi.
Muallif nomuayyan doiradagi shaxslarning asardan foydalanishiga imkon
yaratib berish huquqi (asarni e’lon qilish huquqiga) egadir.
Asarni nashr qilish, omma oldida ijro etish, ommaga
namoyish etish yo’li
bilan yoki boshqa tarzda ommaviylashtirish orqali muallif tomonidan yoki
uning roziligi bilan nomuayyan doiradagi shaxslarning asardan foydalanishi
uchun birinchi bor imkon yaratib berilsa, asar e’lon qilingan hisoblanadi.
Muallif asarni e’lon qilish to’g’risida ilgari qabul qilgan qaroridan
asardan foydalanish huquqini olgan shaxslarga ular shunday qaror tufayli
ko’rgan zararining o’rnini, shu jumladan, boy berilgan foydani qoplash sharti
bilap voz kechish huquqiga (asarni chaqirib olish huquqiga) egadir.
Basharti, asar e’lon qilingan bo’lsa, muallif o’z asarini chaqirib olganligini
ommaga ma’lum qilishi shart. Bunda muallif asarning avval tayyorlab
qo’yilgan nusxalarini o’z hisobidan muomaladan olib qo’yishga haqlidir.
Bu qoidalar, basharti, muallif bilan tuzilgan shartnomada o’zgacha hol
nazarda tutilgan bo’lmasa, xizmat asarlariga nisbatan ham tadbiq etiladi.
22-modda. Muallifning asardan foydalanish huquqi.
Muallif asardan har qanday shaklda va har qanday usulda foydalanish
borasida alohida huquqlarga egadir.
Asarni takrorlash va ularni
Do'stlaringiz bilan baham: |