asarni omma oldida namoyish
etish (ko’rgazmaga qo’yish,
eksponat
sifatida ko’rsatish);
asarning moddiy jismini tashkil etuvchi nusxasini ijaraga berish;
asarni omma, oldida ijro etish;
asarni efirga uzatish (radio yoki televidenie orqali translyastiya qilish), shu
jumladan, kabel yoki aloqa yo’ldoshi orqali berish;
asarni texnika. yordamida yozib olzish; asarning texnikaviy yozuvini
almashtirish yoki ko’rsatish, shu jumladan radio, yoki televidenie orqali;
asardan keyinchalik foydalanish maqsadida uni tarjima qilish yoki qayta
ishlash;
shaharsozlik, arxitektura, dizayn loiihasini amaliy ro’yobga chiqarish asardan
foydalanish hisoblanadi.
Asarga uning ob’ektiv shakllanishi, aqalli asl nusxasida qanday bo’lsa, shu
holdagi shaklini qayta berish (asarni nashr etish, audio yoki videoyozuvlardan nusxa
ko’paytirish va shu kabilar) asarni takrorlash hisoblanadi.
Asar
nusxalarini sotish, almashtirish, ijaraga berish yoki ular ishtirokida
boshqa amallarni bajarish, shu jumladan ularni import qilish asarni tarqatish
hisoblanadi.
Basharti, asarning nusxalari qonunan boshqa shaxsga berilgan bo’lsa, ularni
keyinchalik muallifning roziligisiz va haq to’lamagan holda tarqatishga yo’l
qo’yiladi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Asardan daromad (foyda) olish maqsadida foydalanilganligi
yoki undan
foydalanish bunday- maqsadga qaratilmaganligidan qat’i nazar asardan foydalanilgan
deb hisoblanadi.
Asarning mazmunini, tashkil etuvchi qoidalarni (kashfiyotlarni, boshqa
texnikaviy, iqtisodiy, tashkiliy va shu kabi echimlarni) amaliy qo’llash asardan
mualliflik huquqi ma’nosida foydalanilganlikni anglatmaydi.
23-modda. Asarlarni saqlash uchun topshirish.
Basharti, asar saqlash uchun, har kim foydalanishga mumkin bo’lgan saqlov
joyiga (delopozitariyga) topshirilgan bo’lsa va
depozitariy bilan tuzilgan
shartnomaga ko’ra mazkur depozitariyga murojaat etadigan har qanday shaxsning
asar nusxasini olishiga yo’l bersa, asardan bu tarzda foydalanish asarlarning
qo’lyozmalarini, moddiy jismdagi boshqa asarlarni, shu jumladan, mashina
yordamida tayyorlangan asarlarni saqlash uchun topshirish deb e’tirof etiladi.
Asarni saqlash uchun topshirish asardan foydalanish huquqiga ega bo’lgan
shaxsning (huquq egasining)
depozitariy bilan tuzilgan, asardan foydalanish
shartlarini belgilab beruvchi shartnomasn asosida amalga oshiriladi. Bunday
shartnoma va depozitariyning foydalanuvchi bilan tuzgan shartnomasi ommaviy
shartnoma hisoblanadi.
24-modda. Asardan foydalanish huquqini tasarruf etish.
Muallif yoki huquqqa ega bo’lgan boshqa shaxs shartnomaga, shu jumladan,
ochiq savdoda tuzilgan shartnomaga binoan asardan foydalanish borasidagi barcha
huquqlarni o’zga shaxsga berishi (foydalanish huquqini boshqa shaxsga o’tkazish)
mumkin.
21
Asardan foydalanish huquqi bir shaxsdan boshqa shaxsga universal huquqiy
vorislik tartibida o’tadi.
Huquq egasi boshqa shaxsga asardan muayyan doirada foydalanish uchun
ruxsatnoma (litsenziya) berishi mumkin. Bunday ruxsatnoma asardan uning dastlabki
shaklida foydalanish uchun
ham qayta ishlangan shaklida, xususan, tarjima,
aranjirovka tarzida va shu kabi usullarda foydalanish uchun ham talab qilinadi.
Asardan foydalanishning har yil usuli uchun huquq egasining maxsus
ruxsatnomasi talab qilinadi.
25-modda. Tasviriy san’at asarlaridan foydalanish huquqi.
Tasviriy san’at asarining muallifi asar mulkdorida o’zining asarini takrorlash
huquqini (foydalanish huquqini) amalga oshirish kimoshdi berishni talab qilishga
haqlidir. Bunda asar mulkdoridan asarni muallifga etkazib berishni talab qilish
mumkin emas.
26-modda. Mualliflik huquqlarining cheklanishi.
Muallif va boshqa shaxslarning asardan foydalanish borasidagi alohida
huquqlarinn cheklashga ushbu Qonunning 17-21- moddalarida yoki boshqa
qonunlarda nazarda tutilgan xollardagina yo’l qo’yiladi.
Mazkur cheklashlar asardan normal foydalanilishiga o’rinsiz
ziyon
etkazmagan va muallifning qonuniy manfaatlarini asossiz kamsitmagan taqdirdagina
tatbiq etiladi.
27-modda. Begona asarni shaxsiy maqsadlarida takrorlash.
Chop etilgan begona asardan muallifning roziligisiz va mualliflik haqini
to’lamagan holda shaxsiy maqsadlarga foydalanishga, basharti, bunda asardan
normal foydalanishiga ziyon etmaydigan va muallifning
qonuniy manfaatlariga putur
etmaydigan bo’lsa yo’l qo’yiladi.
Ushbu modda birinchi qismining qoidalari quyidagilarga nisbatan tatbiq
etilmaydi:
binolar va shunga o’xshash inshootlar shaklidagi arxitektura asarlaridap
foydalanish;
ma’lumot bazalari yoki ularning muhim qismlaridan foydalanish;
qonunda nazarda tutilgan hollarini istisno qilganda, EHM uchun yaratilgan
dasturlardan foydalanish;
kitoblarni (to’liq)
va notanish matnlarni reprodukstiya qilish.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilganidan istisno tarzda,
qonunda audio va video yozuvlardan shaxsiy
maqsadlarda foydalanilgan
taqdirda, tegishli yozuvning muallifi, ijrochisi va ishlab chiqaruvchisi tegishli
haq olish
Do'stlaringiz bilan baham: