(bundan keyin-Agentlik)
tashkil etilgan.
O’z dasturi yoki ma’lumotlar bazasini ro’yxatdan o’tkazish uchun muallif
55
(yoki boshqa huquq egasi) Agentlikka tegishli talabnoma berishi zarur.
Bunday talabnoma bitta EHM uchun dastur yoki ma’lumotlar bazalariga
taalluqli bo’ladi va quyidagi hujjatlarni o’z ichiga oladi:
•
huquq egasi, muallifi, asar nomi va boshqa belgilangan ma’lumotlarni
ko’rsatgan holda EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini rasmiy ro’yxatga
olishga talabnoma;
•
dastur yoki ma’lumotlar bazalarini anglantiruvchi va dastur yoki
ma’lumotlar bazasining maqsadi, qo’llanish sohasi va funkstional imkoniyatlari
ko’rsatilgan referatni o’z ichiga olgan deponentlangan materiallar, shuningdek
dastur yoki ma’lumotlar bazasining dastlabki matni listing (bosma nusxasi)ning
dastlabki 25 va oxirgi 25 beti. Listingga dasturni identifikastiyalash uchun zarur
boshqa materiallar, masalan displey ekranida olinadigan tasvirning qog’ozga bosib
chiqarilgan nusxalari (standart videokassetalardagi yozuvlar yoki fotografiyalar
berilishi mumkin) ilova qilinishi mumkin.
•
dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarini ro’yxatga olish uchun tegishli
ro’yxatga olish bojlari to’lanadi
.
Agentlik ro’yxatga olish uchun buyurtma tushgandan so’ng rasmiy
ekspertiza o’tkazadi (bunda zarur hujjatlarning mavjudligi hamda qoidalarda
belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi) va tekshirish natijalari ijobiy
bo’lsa, Agentlik EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari EHM uchun
dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarini tegishlicha Dasturiy maxsulotlar davlat
reestri yoki Ma’lumotlar bazalari davlat reestriga kiritadi, buyurtma beruvchiga
dastur yoki ma’lumotlar bazalarining rasmiy ro’yxatga olinganligi to’g’risida
guvohnoma beradi hamda Agentlikning rasmiy byulletenida ro’yxatga olingan
EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari to’g’risidagi ma’lumotlarni e’lon
qiladi.
Agentlik shuningdek EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalariga
mulkiy huquqlarni boshqa shaxslarga berish to’g’risidagi shartnomalarni ham
ro’yxatga oladi. Bunda qonun bilan bunday shartnomalarni tomonlarning roziligi
bilan ro’yxatga olish mumkinligi belgilab qo’yilgan, ro’yxatga olingan dasturlarga
mulkiy huquqlarning to’laligicha boshqa shaxslarga berilishi to’g’risidagi
shartnomalar belgilangan tartibda ro’yxatga olinishi shart.
Xulosada yana bir bor shuni ta’kidlab o’tamizki, hisoblash texnikasi
ob’ektlarini (EHM uchun dasturlar va algoritmlar va ma’lumotlar bazalari)
huquqiy muhofazalash fan-texnika taraqqiyoti rivojlanishi va demak, davlatimiz
iqtisodiy farovonligi oshishiga ko’maklashuvchi omildir.
EHM sanoat asosida ishlab chiqarila boshlangan sanadan (1951 yil,
Remington Rand Cor.) boshlab hisoblash texnikasi ob’ektlarini muhofazalash
muammolarini hal qilishda ikki yo’nalish: patent va mualliflik huquqi keng
tarqaldi. Bu EHMni muhofazalash ob’ektlarining dastlab ixtiro sifatida patent
huquqi bilan himoyalanadigan apparat-texnika ob’ektlari hamda mualliflik huquqi
bilan himoyalanadigan dasturiy ta’minot ob’ektlariga bo’linganligi bilan
bog’liqdir. Keyinchalik bu ob’ektlarning har biri etarli darajada mustaqil toifalarga
bo’linadigan bo’ldi. EHM apparat-texnik qismining rivojlanishida sifat jihatidan
birmuncha yangi bosqichlar yoki boshqacha aytganda EHMning yangi avlodi
56
vujudga keldi. EHMning integral mikrosxemalarga o’tishi bilan apparat-texnika
qismidan mustaqil ob’ekt - integral mikrochizmalar (IMS) topologiyasi ajralib
chiqdi.
EHMning apparat-texnika qismini muhofazalash masalalari bilan
shug’ullanadigan Patent huquqi instituti quyidagi sabablarga ko’ra IMS
topologiyalarini huquqiy himoyalash masalalarini hal qila olmaydi:
IMS topologiyalarining muhofaza qilishga yaroqliligini baholash uchun
ixtironing patentga layoqatliligi mezonlarini qo’llanish imkoniyati yo’k, chunki:
IMS topologiyasining IMS integrastiya darajasiga bog’lik bo’lgan (IMS
ayrim elementlari topologiyasining ijro shakli va o’zaro joylashishi hamda ularning
o’zaro aloqasini aks ettiruvchi) ko’plab belgilar shunchalik katta (yuz minglab
atrofida) bo’lishi mumkinki, shu kabi cheklanmagan miqdordagi echimlarni
qiyosiy tahlil qilish (buyurtmada ko’rsatilgan IMS topologiyasining “yangiligini”
baholash) juda sermashaqqat va samarasiz ishdir;
Topologiyalarning standart (kutubxona) elementlar, avtomatlashtirilgan
loyihalash tizimlari va ularni sintez qilishning boshqa ma’lum qoidalarini qo’llanib
yaratilishi buyurtma berilgan topologiyaning “ixtiro darajasi” mezonlariga
muvofiqligini baholashni muammoli masala qilib qo’yadi.
Texnikaning hozirgi davrdagi rivojlanish darajasida ixtiroga patent
muhofazasi olish jarayoni davom etadigan muddat IMS topologiyalari ma’naviy
jihatdan eskirib qoladigan o’rtacha muddatga tengdir.
Bundan tashqari, ixtiro – texnik echim bo’lib, uni ifodalash
shakllari
turlichaligi bilan ajralib turadi (bunda muhim belgilari majmui o’zgarishsiz
qoladi), IMS topologiyasi esa faqat bitta ifoda shakliga (faqat shu IMSning o’zini)
ega bo’lgan echimdir, ya’ni boshqa IMS har doim ham boshqa topologiyaga ega
bo’ladi.
IMS topologiyasi ob’ekti shuningdek “sanoat namunasi” ob’ektiga ham
to’g’ri kelmaydi, chunki uning tashqi ko’rinishi texnik estetika talablari bilan
emas, balki IMSning faqat talab etiladigan texnik xususiyatlari va funkstional
maqsadi bilan belgilanadi va ishlatish jarayonida uni ko’z bilan ko’rib bo’lmaydi.
IMS topologiyasini muhofazalash uchun mualliflik huquqi me’yorlarini
qo’llanish ham ancha qiyin, chunki Bern konvenstiyasining 2(1)-moddasida
keltirilgan mualliflik huquqi bilan muhofazalanadigan ob’ektlar ro’yxatiga
muvofiq IMS topologiyasini mualliflik huquqining hech bir ob’ekti bilan
identifikastiyalash mumkin emas.
Ushbu vaziyatlar munosabati bilan integral mikrosxemalar topologiyasini
muhofazalash bo’yicha maxsus qonun qabul qilish zarurligi ayon bo’lib qoldi.
Birinchi marta 1986 yilning dekabrida Yevropa iqtisodiy hamjamiyati
(EIH)ga a’zo mamlakatlar Yarimo’tkazgichli buyumlar topologiyasini huquqiy
muhofazalash to’g’risidagi bitimni qabul qildilar.
Ushbu Bitim yarimo’tkazgich buyum, yarimo’tkazgich buyum topologisi,
tijorat maqsadlarida foydalanish kabi tushunchalarni belgilab beradi va har bir
ishtirokchi mamlakat ushbu Bitim qoidalariga muvofiq ravishda topologiyalarga
mutloq huquqlarni belgilovchi huquqiy me’yorlarni qabul qilish yo’li bilan IMS
topologiyasining huquqiy muhofaza qilishini ta’minlashi zarurligini ko’zda tutadi.
57
1989 yilning may oyida Vashingtonda mikrosxemalarga nisbatan intellektual
mulk to’g’risida shartnoma tuzildi.
IMS topologiyasini huquqiy muhofazalashning asosiy o’ziga xos
hususiyatlari quyidagilardan iborat:
Muhofaza hujjati egasi sanoat mulki ob’ektiga mutloq huquqlar kabi IMS
topologiyasiga ham mutloq huquqlarga ega bo’ladi. Bunda faqat topologik
sxemaning o’zi muhofaza ob’ekti hisoblanadi. Beriladigan muhofaza topologiyada
mujassamlashgan g’oya, usul, tizim, texnologiya yoki kodlangan axborotga
tarqalmaydi.
•
IMS topologiyasini huquqiy muhofazalash mezoni uning o’ziga
xosligi, ya’ni originalligi hisoblanadi. Bunda muallifning ijodiy faoliyati natijasida
yaratilgan topologiya original hisoblanadi.
•
IMS topologiyalari Patent idoralari tomonidan rasmiy ekspertiza
o’tkazilgandan so’ng ro’yxatga olinadi va muhofaza hujjati beriladi, IMS
topologiyasining o’ziga xosligi (originalligi) uning aksi isbot etilmaguncha tan
olinadi;
•
Huquq muhofazalashning o’rtacha muddati turli mamlakatlarda o’n
yilga teng bo’lib, bu sanoat namunasi ob’ektini muhofazalash muddatiga yaqin;
•
Ko’p qonunlarda “huquqlarning tugashi” tamoyili mavjud bo’lib, unga
muvofiq integral mikrosxema yoki undan foydalanib tayyorlangan buyumning
qonuniy egasi bo’lgan har qanday shaxs undan erkin foydalanishi, shuningdek
huquq egasining hech qanday maxsus ruxsatnomasini olmasdan uni uchinchi
shaxslarga berishi mumkin.
•
qonuniy yo’l bilan sotib olingan integral mikrosxemalar yoki tarkibida
shunday mikrosxemalar bo’lgan buyumlardan foydalanish, agar foydalanayotgan
shaxs bu integral mikrosxemalar va buyumlar topologiyalardan fodalanish
bo’yicha mutloq huquqlar buzilgan holda tayorlanganligi va tarqatilganligi haqida
bilmasa (yoki ogohlantirilmagan bo’lsa), mutloq xuquqlarning buzilishi deb tan
olinmaydi (atayin buzmaslik tamoyili);
•
Boshqa muallif tomonidan mustaqil ravishda yaratilgan xuddi shunga
o’xshash o’ziga xos topologiyadan foydalanish bo’yicha harakatlar ham
topologiyadan topologiyadan foydalanishga mutlaq huquqlarning buzilishi deb tan
olinmaydi.
O’zbekistonda 2001 yilning may oyida “Integral mikrochizmalar
topologiyasini huquqiy muhofazalash to’g’risida”gi qonun qabul qilindi, unda
topologiyalarni muhofazalashning yuqorida ko’rsatilgan o’ziga xos xususiyatlari
o’z aksini topdi.
Bunda topologiyadan foydalanishga mutlaq huquqlar quyidagi sanalarning
eng birinchisidan boshlab 10 yil mobaynida amal qiladi:
•
topologiya xo’jalik oborotiga kiritilganligi hujjatlar bilan qayd
љilingan eng oldingi sana bo’yicha belgilanadigan topologiyadan birinchi marta
foydalanish sanasi;
•
topologiya ro’yxatga olinganligi to’g’risidagi ma’lumot rasman e’lon
qilingan sana.
Qayd qilamizki, topologiyani ro’yxatga olish (ro’yxatga olinganligi
58
to’g’risidagi guvohnoma berish) uchun talabnoma Davlat patent idorasiga
topologiyadan birinchi marta foydalanish sanasidan boshlab ikki yil mobaynida
muallif, ish beruvchi yoki ularning vorislari tomonidan berilishi mumkin. Hozirgi
vaqtda (2001 yil 1 may) topologiyalarni ro’yxatga olish uchun talabnomalarni
rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarga qo’yiladigan talablar ishlab chiqilmoqda.
Xulosada shuni ta’kidlab o’tamizki, integral mikrosxemalar topologiyasini
huquqiy muhofazalash to’g’risidagi qonunning qabul qilinishi O’zbekistonda
intellektual mulk ob’ektlarini muhofazalash tizimini rivojlantirish yo’lidagi yana
bir muhim qadam bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |