142
Zimmalariga yuklatilgan vazifalarga sovuqqonlik bilan qaraganliklari tufayli
qonun buzilish holatlarini kelib chiqishi yoki boshqacha tarzda huquqbuzarlik sodir
etganliklari uchun davlat soliq xizmati xodimlari O‘zbekiston
Respublikasi
qonunlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
10-MAVZU: SOLIQ TEKSHIRUVLARI VA TURLARI VA ULARNI
TAShKIL QILISh
1.Soliq tekshiruvlari shakllari.
2.Soliq tekshiruvlarini tashkil qilish.
3.Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‟g‟riligini tekshirish.
1.Soliq tekshiruvlari shakllari va turlari.
Soliq tekshiruvi davlat soliq xizmati organlari tomonidan, qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa, prokuratura organlari tomonidan amalga
oshiriladigan soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlarining bajarilishini tekshirishdir.
Soliq tekshiruvi soliq to‗lovchining moliya-xo‗jalik faoliyati tekshiruvi
(taftishi) va qisqa muddatli tekshiruv shaklida amalga oshiriladi.
Soliq to‗lovchining moliya-xo‗jalik faoliyati tekshiruvi (taftishi)
soliq
to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish
maqsadida soliq to‗lovchining buxgalteriya, moliya, statistika,
bank hujjatlari
hamda boshqa hujjatlarini o‗rganish va taqqoslashdir.
Qisqa muddatli tekshiruv soliq to‗lovchining moliya-xo‗jalik faoliyatini
tekshirish bilan bog‗liq bo‗lmagan, uning ayrim operatsiyalarining soliq
to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi tekshiruvidir.
Soliq tekshiruvlari quyidagi turlarga bo‗linadi:
tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini tekshirishlarni
muvofiqlashtirish
bo‗yicha vakolatli organ bilan kelishuvga ko‗ra o‗tkaziladigan tekshiruvlar;
tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish
bo‗yicha vakolatli organni xabardor qilish tartibida o‗tkaziladigan tekshiruvlar.
143
Tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish
bo‗yicha vakolatli organ bilan kelishuvga ko‗ra o‗tkaziladigan tekshiruvlar
jumlasiga quyidagilar kiradi:
soliq to‗lovchining moliya-xo‗jalik faoliyatini tekshirish (taftish);
jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilishi faktlari
to‗g‗risidagi murojaatlari asosida o‗tkaziladigan tekshirish
yoki tavakkalchilikni
tahlil etish natijalarining yakunlari bo‗yicha davlat soliq xizmati organlari
tashabbusiga ko‗ra tekshirish.
Tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish
bo‗yicha vakolatli organni xabardor qilish tartibida o‗tkaziladigan tekshiruvlar
jumlasiga quyidagilar kiradi:
yuridik shaxs tugatilishi munosabati bilan o‗tkaziladigan
tekshirish hamda
faoliyati tugatilayotganda yagona soliq to‗lovini to‗lovchi bo‗lgan yakka tartibdagi
tadbirkorni tekshirish;
tegishli ruxsatnomalarsiz alkogol va tamaki mahsulotlarining ishlab
chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishini tekshirish;
qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasi mavjud bo‗lmagan alkogol va
tamaki mahsulotlari ishlab chiqarilishini yoki realizatsiya qilinishini tekshirish;
taqiqlangan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilinishi
faktlariga barham berish bo‗yicha tekshirish;
o‗z faoliyatini rasman to‗xtatib turgan davr
mobaynida yakka tartibdagi
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni davom ettirayotgan jismoniy shaxsning
faoliyatini tekshirish.
Notijorat tashkilotlarini, O‗zbekiston Respublikasida doimiy muassasa
orqali faoliyatini amalga oshirayotgan O‗zbekiston
Respublikasi norezidentlarini,
shuningdek chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari hamda filiallarini
tekshirishlar O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi tomonidan
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: