2.Soliq tekshiruvlarini tashkil qilish.
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari va soliq to‗lovchi
144
soliq tekshiruvlarining ishtirokchilarid bo‗lib hisoblanadilar. Soliq tekshiruvlarida
soliq to‗lovchining vakili ishtirok etishi mumkin.
Coliq tekshiruviga soliq tekshiruvi natijasidan manfaatdor bo‗lmagan
ekspert, tarjimon va xolislar jalb etilishi mumkin.
Soliq to‗lovchi moliya-xo‗jalik faoliyatining tekshiruvini o‗tkazish (taftish
qilish) uchun quyidagilar asos bo‗ladi:
tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish
bo‗yicha vakolatli organning tekshiruvni o‗tkazishga roziligi, ushbu rozilikda
tekshiriladigan ob‘ektning nomi, soliq to‗lovchining identifikatsiya raqami,
tekshiruvning maqsadi, tekshiruv o‗tkazish muddatlari va uni asoslovchi sabablar
ko‗rsatiladi;
davlat soliq xizmati organining buyrug‗i, buyruqda tekshiruvni o‗tkazish
maqsadi, muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi ko‗rsatiladi.
Tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish
bo‗yicha vakolatli organning tekshiruvni o‗tkazishga bo‗lgan roziligi jismoniy va
yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilishi faktlari to‗g‗risidagi murojaatlari
asosida o‗tkaziladigan tekshirish yoki tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyati
tavakkalchiligini tahlil etish natijalarining yakunlari bo‗yicha davlat soliq xizmati
organlari tashabbusiga ko‗ra tekshirishni o‗tkazish uchun asos bo‗ladi, bu rozilikda
tekshiriladigan ob‘ektning nomi, soliq to‗lovchining identifikatsiya raqami,
tekshiruvning maqsadlari, o‗tkazilish muddatlari va tekshiruvni asoslovchi
sabablar ko‗rsatiladi.
Tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish
bo‗yicha vakolatli organni xabardor etish tartibida tekshiruvni o‗tkazish uchun
davlat soliq xizmati organining tekshiruvni o‗tkazish maqsadlari, muddatlari va
tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi ko‗rsatilgan buyrug‗i asos bo‗ladi.
Tugatilayotgan yuridik shaxsni va faoliyati tugatilayotganda yagona soliq
to‗lovini to‗lovchi bo‗lgan yakka tartibdagi tadbirkorni soliq tekshiruvidan
o‗tkazish uchun:
tugatuvchining yoki yuridik shaxslarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazishni
145
amalga oshiruvchi organning yuridik shaxs tugatilayotganligi va yagona soliq
to‗lovini
to‗lovchi
bo‗lgan
yakka
tartibdagi
tadbirkorning
faoliyati
tugatilayotganligi to‗g‗risidagi yozma bildirishi;
davlat soliq xizmati organining tekshiruvni o‗tkazish maqsadlari,
muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi ko‗rsatilgan buyrug‗i
asos bo‗ladi.
Tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatining soliq tekshiruvini o‗tkazish muddati
o‗ttiz kalendar kundan oshmasligi kerak.
Soliq tekshiruvi muddatlarini uzaytirish davlat soliq xizmati organining
qo‗shimcha buyrug‗i bilan rasmiylashtirilib, unda oldingi buyruqning ro‗yxatdan
o‗tkazish raqami hamda sanasi, tekshiruv o‗tkazishga ilgari jalb etilgan mansabdor
shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi ko‗rsatiladi.
Qisqa muddatli soliq tekshiruvini o‗tkazish muddati o‗n ish kunidan
oshmasligi kerak. Bunda tegishli ruxsatnomalarsiz alkogol va tamaki
mahsulotlarining ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishini, qalbaki aksiz
markali yoki aksiz markasi mavjud bo‗lmagan alkogol va tamaki mahsulotlarining
ishlab chiqarilishini yoki realizatsiya qilinishini qisqa muddatli tekshirishlarni,
shuningdek taqiqlangan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarilishi va realizatsiya
qilinishi faktlariga barham berish bo‗yicha qisqa muddatli tekshirishlarni o‗tkazish
muddati bir ish kunidan oshmasligi lozim.
Tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatining tegishli soliq tekshiruvini o‗tkazish
muddati nazorat qiluvchi organlarning asoslantirilgan talabnomalariga ko‗ra,
tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‗yicha
vakolatli organning ruxsatnomasiga binoan faqat bir marta uzaytirilishi mumkin.
Bunda tegishli tekshiruvning uzaytirilgan muddati uni uzaytirishning asosiy
muddatidan oshmasligi kerak.
Soliq tekshiruvini tayinlash to‗g‗risidagi buyruqning ijrosi sud tomonidan
to‗xtatilgan taqdirda, soliq tekshiruvini o‗tkazish muddatini hisoblash ham
to‗xtatiladi.
Soliq to‗lovchilar moliya-xo‗jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari
146
(taftishlari) bir yilda ko‗pi bilan bir marta, belgilangan normalar va qoidalarga o‗z
vaqtida hamda to‗liq hajmda rioya etayotgan soliq to‗lovchilar moliya-xo‗jalik
faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari esa, ikki yilda ko‗pi bilan bir marta amalga
oshiriladi.Xususiy bank va boshqa xususiy moliya institutlari moliya-xo‗jalik
faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) besh yilda ko‗pi bilan bir marta,
mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‗jaliklari moliya-xo‗jalik
faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) to‗rt yilda ko‗pi bilan bir marta,
boshqa tadbirkorlik sub‘ektlari moliya-xo‗jalik faoliyatining rejali soliq
tekshiruvlari (taftishlari) uch yilda ko‗pi bilan bir marta amalga oshiriladi.
Yangi tashkil etilgan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer
xo‗jaliklarining moliya-xo‗jalik faoliyati ular davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan
paytdan e‘tiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali soliq tekshiruvlaridan
o‗tkazilmaydi, ushbu moddaning to‗rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan
mustasno.
Aksiz to‗lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan
mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‗jaliklarining moliya-xo‗jalik
faoliyati, shuningdek mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‗jaliklarining
budjet hamda markazlashtirilgan mablag‗lar va resurslardan maqsadli foydalanish
bilan bog‗liq moliya-xo‗jalik faoliyati ular davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan paytdan
e‘tiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali soliq tekshiruvlaridan o‗tkazilmaydi.
Agar tadbirkorlik sub‘ektlarining moliya-xo‗jalik faoliyati soliqlar va
boshqa majburiy to‗lovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda to‗lanmagan
taqdirda, rejali tekshiruvlardan o‗tkazilishi mumkin.
Davlat soliq xizmati organi rejali soliq tekshiruvi o‗tkazishning boshlanishi
haqida tekshiruvni o‗tkazish boshlanishidan kamida o‗ttiz kalendar kun oldin
tadbirkorlik sub‘ektini tekshiruvdan o‗tkazish muddatlari va predmetini ko‗rsatgan
holda, yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Tadbirkorlik sub‘ekti tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliya
va soliq hisobotini, shuningdek tadbirkorlik sub‘ektining faoliyati to‗g‗risida
davlat soliq xizmati organida mavjud bo‗lgan boshqa hujjatlarni o‗rganish hamda
147
tahlil etish asosida o‗tkaziladigan kameral nazorat natijalari bo‗yicha
qoidabuzarliklar aniqlangan hollardagina davlat soliq xizmati organlari
tadbirkorlik sub‘ektlarining moliya-xo‗jalik faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan
chiqishi mumkin.
Agar soliq monitoringi amalga oshirilgan bo‗lsa bu davr uchun moliya-
xo‗jalik faoliyati bo‗yicha rejali tekshiruvlar o‗tkazilmaydi, ba‘zi hollarda soliq
monitoringi muddatidan ilgari tugatilgan bo‗lsa bunday hollarda soliq tekshiruvi
o‗tkaziladi.
Soliq tekshiruvi davlat soliq xizmati organi rahbari yoki rahbar o‗rinbosari
tomonidan tasdiqlangan soliq tekshiruvi o‗tkazish dasturiga muvofiq amalga
oshiriladi.
Soliq tekshiruvini o‗tkazish dasturida quyidagilar ko‗rsatilishi kerak:
soliq tekshiruvi o‗tkazilayotganda o‗rganiladigan masala yoki masalalar;
soliq tekshiruvi soliq to‗g‗risidagi qaysi qonun hujjatlariga rioya etilishini
o‗rganish uchun o‗tkaziladigan bo‗lsa, shu qonun hujjatlarining ro‗yxati;
tekshiruv turidan kelib chiqqan holda boshqa ma‘lumotlar.
Soliq tekshiruvini o‗tkazish dasturini tuzish qoidalari nazorat qiluvchi
organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan
holda O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi tomonidan belgilanadi.
Soliq tekshiruvi soliq to‗lovchining tekshiruv o‗tkazilayotgan yildan
bevosita oldingi ko‗pi bilan besh kalendar yildagi faoliyatini qamrab olishi
mumkin. Bunda tadbirkorlik sub‘ektlarining moliya-xo‗jalik faoliyatini rejali
tekshirishlar faqat oxirgi rejali tekshirishdan keyingi, lekin yangi tekshirish
o‗tkazilayotgan yildan bevosita oldingi besh kalendar yildan ko‗p bo‗lmagan
davrni qamrab oladi.
Soliq tekshiruvlari o‗tkazilayotganda davlat soliq xizmati organlari soliq
to‗lovchining hududi va joylarini tekshirishga, mol-mulkni inventarizatsiya
qilishga, hujjatlarni talab qilib olishga, hujjatlar va predmetlarni olib qo‗yishga,
soliq to‗lovchidan, shuningdek soliq to‗lovchining rahbarlik vazifalarini yoki
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruvini amalga oshirayotgan shaxslardan,
148
boshqa moddiy javobgar xodimlaridan tushuntirishlar olishga, bankdagi
hisobvaraqlari bo‗yicha operatsiyalarni to‗xtatib turish choralarini ko‗rishga,
ekspertni jalb etish va ekspertiza tayinlashga, soliq to‗g‗risidagi qonun
hujjatlarining aniqlangan buzilishlari bartaraf etilishini talab qilishga haqlidir.
Soliq tekshiruvlari o‗tkazilayotgan davrda tekshirilayotgan davrning soliq
hisobotiga soliq to‗lovchi tomonidan o‗zgartishlar va qo‗shimchalar kiritilishiga
yo‗l qo‗yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |