Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‟g‟riligini tekshirish



Download 4,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/146
Sana31.03.2022
Hajmi4,14 Mb.
#520764
TuriУчебное пособие
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   146
Bog'liq
fayl 1954 20210924

3.Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‟g‟riligini tekshirish. 
Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini tekshirish to‘g‘risidagi vazirlar 
mahkamasining 1998 yil 4 avgustdagi 332-son qaroriga asosan respublikaning 
xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlari o‘rtasida debitorlik va kreditorlik qarzlari 
to‘g‘riligini o‘zaro tekshirish tartibi belgilandi. 
Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini tekshirish xo‘jalik yurituvchi 
sub‘ektlar tomonidan 1998 yil 1 iyuldagi holatiga ko‘ra xizmat ko‘rsatuvchi 
banklar, soliq va moliya organlari, statistika organlari mutaxassislari bilan 
birgalikda bir oy muddatda o‘tkaziladi. 
Axborotni to‘plash va uni taqdim etish uchun javobgarlik Markaziy 
bankning hududiy bosh boshqarmalariga yuklanadi. Vazirliklar, idoralar, 
kontsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar va xolding kompaniyalarining debitorlik 
va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini o‘zaro tekshirish bo‘yicha ishlarini 
muvofiqlashtirish va ushbu ish yakunlari bo‘yicha takliflar kiritishni tarmoq 
ekspert komissiyalari amalga oshiradilar. 
Quyidagilar tarmoq ekspert komissiyalarining asosiy vazifalari hisoblanadi: 
barcha xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar to‘liq qamrab olinishi hamda debitorlik va 
kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini tekshirish sifatli o‘tkazilishi ta‘minlanishini nazorat 
qilish; 
debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini tekshirish natijalarini 
umumlashtirish; 
Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va byudjetga to‘lovlar 
intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat komissiyasining ko‘rib chiqishi 


149
uchun bajarilgan ish yakunlari bo‘yicha va undirib olinishi gumon bo‘lgan o‘zaro 
qarzdorlik miqdorlari to‘g‘risida takliflar kiritish. 
Xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar, vazirliklar va idoralar rahbarlari qarzdorlik 
to‘g‘riligini tekshirish o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi hamda muddatni va to‘lov 
muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlari amalda aks ettirilishi, 
shuningdek o‘zaro qarzlar bo‘yicha solishtirib chiqish dalolatnomalari tuzilishi 
uchun shaxsan javob beradilar.O‘zaro qarzdorlik to‘g‘riligini tekshirishni 
jadallashtirish va solishtirib chiqish dalolatnomalarini tuzish uchun xo‘jalik 
yurituvchi sub‘ektlar joyning o‘ziga borib kreditorlik qarzi bo‘lgan xo‘jalik 
yurituvchi sub‘ektlar bilan o‘z qarzlarini solishtirib chiqadilar. 
Tuman statistika organlari, xizmat ko‘rsatuvchi banklar va soliq organlari 
debitorlik va kreditorlik qarzlarining umumiy miqdorini buxgalteriya balansi 
ma‘lumotlari va solishtirib chiqish dalolatnomalarini ma‘lumotlarda keltirilgan 
miqdorlar bilan solishtirib chiqadilar hamda ma‘lumotlarning to‘g‘riligini 
tasdiqlaydilar. Shundan keyin solishtirib chiqish dalolatnomalari nusxalari xizmat 
ko‘rsatuvchi banklarda qoladi. 
Agar xo‘jalik yurituvchi sub‘ektda buxgalteriya hisobi va hisoboti o‘z 
holiga tashlab qo‘yilgan bo‘lsa yoki komissiyaga taqdim etilgan hisobga olishda, 
ma‘lumotlarda qoloqlikka yo‘q qo‘yilgan bo‘lsa, bu haqda qayt etib qo‘yiladi. 
Bundan tashqari, buxgalteriya hisobi va hisobotida yo‘l qo‘yilgan qoidani 
buzishlar, hujjatlar yo‘qolib qolishi hollari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar soliq 
organlariga beriladi. 
Xizmat ko‘rsatuvchi banklar va soliq organlari joyning o‘ziga borib 
ma‘lumotlar to‘g‘ri to‘ldirilganligini oralatib tekshiradilar, bu haqda 
ma‘lumotnoma yoki dalolatnoma tuziladi. Zaruriyat bo‘lganda ta‘sir ko‘rsatishning 
tegishli chora-tadbirlari ko‘riladi. 
Har bir debitor yoki kreditor bo‘yicha qarzdorlik miqdori solishtirib chiqish 
dalolatnomalari yoki debitor (kreditor)ning o‘z qarzlarini kelishilgan miqdorda tan 
olganligi to‘g‘risidagi boshqa rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlanadi. Hujjatni tuzishda 


150
debitor yoki kreditorga tegishli soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami 
ko‘rsatilishi shart. 
Agar debitor (kreditor) tugatilgan bo‘lsa yoki uning joylashgan joyi 
aniqlanmagan taqdirda, bu haqda dalolatnoma tuziladi, u soliq organlariga taqdim 
etiladi, dalolatnoma nusxasi xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasiga taqdim etiladi. 
Xo‘jalik yurituvchi sub‘ekt tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan chora-
tadbirlar ko‘riladi.Har bir debitor (kreditor) bo‘yicha qarzdorlik miqdori izchil 
ravishda ular hosil bo‘lishi muddatlari bo‘yicha (60 kungacha, 60 kundan 1 
yilgacha, 1 yildan 3 yilgacha, 3 yildan ortiq) guruhlarga ajratiladi.Qarzdorlikning 
to‘g‘riligini o‘zaro tekshiruvchi korxonalar va tashkilotlarga xizmat ko‘rsatuvchi 
tijorat 
banklari 
2-kartotekadagi 
to‘lov hujjatlarini solishtirib chiqish 
dalolatnomalariga muvofiq takroran taqdim etish uchun qaytaradilar. Debitorlik va 
kreditorlik qarzlari to‘g‘riligi uzil-kesil tekshirib chiqilganidan keyin xo‘jalik 
yurituvchi sub‘ekt tomonidan ilova qilinayotgan jadvallar to‘ldiriladi. Jadvallarda 
xo‘jalik yurituvchi sub‘ektga tegishli soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, 
shuningdek uning kreditorlari va debitorlariga tegishli soliq to‘lovchining 
identifikatsiya raqamlari yozib qo‘yilishi shart. Xo‘jalik yurituvchi sub‘ekt rahbari 
va bosh buxgalteri imzosi qo‘yilgan jadvallar yuqori turuvchi tashkilotga, 
jadvallarning nusxalari bankning xizmat ko‘rsatuvchi muassasasiga taqdim etiladi. 
Jadvallar ham qog‘ozda, ham kompyuter fayllari shaklida (Microsoft Excel 
elektron jadvallari) taqdim etiladi. To‘plangan jadvallar tarmoqning bosh tashkiloti 
tomonidan Microsoft Excel elektron jadvallari shaklida umumlashtiriladi. Ayni 
vaqtda to‘plangan ma‘lumotlar umumlashtirish uchun Markaziy bankning 
mintaqaviy bosh boshqarmalariga beriladi. Xizmat ko‘rsatuvchi banklarning 
bo‘limlari xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlardan olingan ma‘lumotlarni vazirliklar 
bo‘yicha umumlashtiradilar va xizmat ko‘rsatuvchi banklarning viloyatlar 
boshqarmalariga yuboradilar. Xizmat ko‘rsatuvchi banklarning viloyatlar 
boshqarmalari ma‘lumotlarning tumanlar bo‘yicha tuzilishi to‘g‘riligini 
tekshiradilar, umuman viloyat hamda vazirliklar bo‘yicha solishtirib chiqadilar 
hamda tahlil qilish va jamlash uchun Markaziy bankning bosh boshqarmalariga va 


151
xizmat ko‘rsatuvchi banklarning respublika boshqarmalariga yuboradilar. Xizmat 
ko‘rsatuvchi banklarning respublika muassasalari axborotni vazirliklar va idoralar, 
kontsernlar, uyushmalar, korporatsiyalar va kompaniyalar bilan birgalikda 
solishtirib chiqadilar va tahlil qiladilar hamda uni qisqartirish bo‘yicha takliflar 
bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga hamda debitorlik va 
kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini tekshirish bo‘yicha tarmoq ishchi komissiyalariga 
yuboradilar. Tarmoq ekspert komissiyalari taqdim etilgan materiallarni tahlil 
qiladilar, umumlashtiradilar hamda Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish 
va byudjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat komissiyasiga 
xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish 
yuzasidan takliflar kiritadilar. 

Download 4,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish