2. Kameral
nazorat
samaradorligini
oshirish
maqsadida
ichki va tashqi manba ma‟lumotlari asosida soliq to‟lovchilar to‟g‟risida
ma‟lumotlar bazasini shakllantirish.
Davlat soliq xizmati organlarida ichki va tashqi axborot manbalari hisobiga
soliq to‘lovchilarning ma‘lumotlar bazasi shakllantiriladi.
Ichki manbalar bo‘yicha ma‘lumotlar bazasi soliq to‘lovchilarning moliyaviy
va soliq hisoboti ma‘lumotlari bo‘yicha, shuningdek soliq to‘lovchining faoliyati
to‘g‘risida davlat soliq xizmati organida mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar bo‘yicha
shakllanadi.
Ichki manbalardan shakllanadigan ma‘lumotlar bazasi quyidagi axborotlarni
o‘z ichiga oladi:
- soliq to‘lovchilarning moliyaviy va soliq hisobotlari ma‘lumotlari, ularning
tarkibiga quyidagilar kiradi:
moliyaviy hisobotlar, taqdim etiladigan shakllar, tushuntirishlar va hisob-
kitoblarga ilovalar;
soliq hisobotlari (byudjet va davlat maqsadli jamg‘armalarga to‘lanadigan
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha har oylik va choraklik hisob-kitoblar,
qayta hisob-kitoblar va soliqlarni hisoblab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan majburiy
ma‘lumotnomalar);
- soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalari ma‘lumotlari, ularning tarkibiga
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblanishi, to‘lanishi, soliq qarzi, ortiqcha
to‘lovlar, to‘lov muddati kechiktirilgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar kiradi;
- soliq tekshiruvi yakunlari bo‘yicha ma‘lumotlar, ularning tarkibiga
tekshirish dalolatnomasiga muvofiq qo‘shimcha hisoblangan soliq va boshqa
majburiy to‘lov summalari bo‘yicha ma‘lumotlar, tekshirish dalolatnomalariga
muvofiq to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hamda jarima summalari
kiradi;
- ma‘muriy javobgarlik choralari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar, ularning tarkibiga
mansabdor shaxslarga qo‘llanilgan ma‘muriy jarimalar summasi va soliq
qonunchiligini buzgan shaxslar ro‘yxati kiradi;
131
- soliq to‘lovchilarning ro‘yxatdan o‘tkazish ma‘lumotlari, ularning tarkibiga
quyidagilar kiradi:
jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish ma‘lumotlari;
yuridik shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish ma‘lumotlari.
Tashqi manbalar bo‘yicha ma‘lumotlar bazasi soliq to‘lovchilarning
majburiyatlari yuzaga kelgan taqdirda tegishli organlar va tashkilotlar tomonidan bu
to‘g‘risida belgilangan muddat ichida davlat soliq xizmati organlariga taqdim
qilinadigan ma‘lumotlar asosida shakllanadi.
Ushbu ma‘lumotlar soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan soliq
hisobotlaridagi ma‘lumotlar bilan taqqoslanib tekshiriladi. Xususan:
- yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar tomonidan
taqdim etilgan ma‘lumotlar bo‘yicha quyidagilar:
yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan soliq
hisobotlarining mavjudligi;
taqdim etilgan soliq hisobotlarida ko‘rsatilgan rekvizitlarning Davlat
reestridan ko‘chirmada (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik sanasi va raqami, yuridik
shaxsning nomi, STIR va boshqalar) ko‘rsatilgan rekvizitlar bilan muvofiqligi;
-litsenziya va (yoki) boshqa ruxsat etuvchi hujjatlar beradigan organlar
tomonidan taqdim etilgan ma‘lumotlar bo‘yicha quyidagilar:
soliq to‘lovchilar tomonidan litsenziyalashtiriladigan faoliyat turini amalga
oshirilishining qonuniyligi va litsenziyaning amal qilish muddatlari;
nizom jamg‘armasini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda
shakllantirish bo‘yicha talablarga rioya etilishi;
alkogol va tamaki mahsulotlari bilan savdo qilish uchun maxsus ruxsat
guvohnomasi, shuningdek neft mahsulotlarini sotishga litsenziyasi bo‘lgan
korxonalar bo‘yicha – talab qilib olgungacha bo‘lgan maxsus ikkilamchi depozit
hisobvaraqlarining mavjudligi va soliq hisobotida tovar aylanmasi miqdorini
maxsus hisobvaraqlar bo‘yicha o‘tadigan tovar aylanmalari miqdoridan kam
bo‘lmagan miqdorlarda aks ettirilishi;
132
Adliya vazirligida 2010 yil 14 yanvarda 2065-son bilan ro‘yxatga olingan
―Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini bo‘nak to‘lovlarini
hisobga olgan holda to‘lash tartibi to‘g‘risida‖gi Nizomga asosan, ulgurji savdo
korxonalari uchun o‘tkazilgan operatsiyalardan tushadigan tushum summasining 5
foizi miqdorida yagona soliq to‘lovi bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lashi lozim
bo‘lgan korxonalarning xizmat ko‘rsatuvchi bankiga mazkur Nizom talablari tatbiq
etiladigan soliq to‘lovchilar bo‘yicha belgilangan shaklda xabarnoma yuborilganligi,
banklar tomonidan korxonalarning har-bir operatsiyalari bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar
undirib qolinayotganligi o‘rganiladi.
- ichki ishlar organlari tomonidan fuqarolik pasportlari berilganligi, shu jumladan
yo‘qotilgan yoki amal qilish muddati o‘tgan fuqarolik pasportlari o‘rniga boshqa
fuqarolik pasportlar berilganligi haqidagi ma‘lumotlar bo‘yicha, ro‘yxatdan
o‘tkazuvchi organ tomonidan hisobga olingan korxonalarning mansabdor shaxslari
va ta‘sischilari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar solishtiriladi;
- ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar
tomonidan taqdim etilgan ma‘lumotlar asosida quyidagilar:
ko‘chmas mulkning berilgan vaqti;
ko‘chmas mol-mulklarga egalik qiluvchi shaxslar;
ko‘chmas mol-mulklarning inventar va balans qiymati tekshiriladi;
-
suv resurslarini hisobga oluvchi organlar tomonidan taqdim etilgan suv resurslari
to‘g‘risida ma‘lumotlar bo‘yicha quyidagilar:
foydalanilgan er usti va er osti suv resurslarining hajmi;
foydalanilgan er usti va er osti suv resurslarining hisob kitobini alohida-
alohida yuritilishi va hisoblanishi;
o‘lchov asboblarisiz foydalanilgan suv hajmlari tekshiriladi;
- davlat notarial idoralari va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi
notariuslar tomonidan taqdim etilgan ma‘lumotlar bo‘yicha quyidagilar:
ko‘chmas mulk ijara shartnomasini tasdiqlanganligi va ijara haqi miqdori;
tegishli soliq hisobotlarda yuridik shaxslar bo‘yicha ob‘ektlar va soliq
solinadigan bazaning to‘liq aks ettirilishi;
133
- er resurslarini hisobga oluvchi va (yoki) baholovchi tashkilotlar tomonidan
taqdim etilgan ma‘lumotlar bo‘yicha quyidagilar:
er uchastkasiga nisbatan huquqi yuzaga kelgan (tugatilgan) shaxslarni
ko‘rsatgan holda er uchastkasiga nisbatan huquq berilganligi (tugatilganligi);
mavjud huquqiy hujjatlarga asosan er maydoni korxonaga tegishliligi;
er maydoni va joylashgan zonasi;
soliq to‘lovchilarning joylashgan joyiga nisbatan shahar markazi radiusi
bo‘yicha koeffitsientlarni to‘g‘ri qo‘llanilganligi;
er qa‘ridan foydalanish uchun ajratilgan karer (uchastka) hajmi;
jismoniy shaxslar egaligidagi erlardan tadbirkorlik faoliyati bilan foydalangan
taqdirda, erdan foydalanish maqsadiga qarab yuridik shaxslar uchun belgilangan
stavkalar bo‘yicha soliqlarni hisoblanishi;
qishloq xo‘jaligi erlarining normativ qiymatlarining to‘g‘ri qo‘llanilishi
tekshiriladi;
- foydalanishga berilgan er qa‘ri uchastkalarining davlat hisobi yuritilishini
amalga oshiruvchi va (yoki) er qa‘ri uchastkalaridan foydalanish huquqlarini davlat
ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar tomonidan berilgan ma‘lumotlar bo‘yicha
quyidagilar:
er qa‘ridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni mavjudligi;
er qa‘ri uchastkasi joylashgan va foydalanish uchun ajratilgan er maydonlari
(karer)ning huquqiy hujjatlari mavjudligi;
er qa‘ridan foydalanuvchi va yagona soliq to‘lovini to‘lovchi mikrofirmalar
va kichik korxonalar tomonidan umumbelgilangan tartibda soliq va boshqa
majburiy to‘lovlarni to‘lashga o‘tkazilganligi tekshiriladi. Xususan, er qa‘ridan
foydalanganlik uchun soliqni to‘lashda Soliq kodeksining 350-moddasiga asosan er
qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib olishni
amalga oshiruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalarga (bundan maxsus
pechlardan foydalangan holda energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalar
asosida pishiq g‘isht ishlab chiqaruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar
134
mustasno) yagona soliq to‘lovi tatbiq etilmasligi belgilangan. Shundan kelib chiqib,
umumbelgilangan tartibda soliq va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lanishi;
- bank muassasalari tomonidan taqdim etiladigan ma‘lumotlar bo‘yicha
quyidagilar:
tashkil etilgan yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotining
mavjudligi;
yuridik shaxslarga bank hisobvaraqlari ochilganligi va yirik bank
operatsiyalari bo‘yicha ma‘lumotlar;
moliyaviy hisobotlarda soliq to‘lovchining boshqa xo‘jalik yurituvchi
sub‘ektlar bilan qarzlari holati to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni to‘g‘ri aks ettirilganligi;
ish va xizmatlarni import qilinishi bo‘yicha to‘lov manbaida norezident
daromad solig‘ini va import qilingan ish va xizmatlardan olinadigan QQSni
hisoblanishi;
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari bo‘yicha soliq hisobotlarda tovar
aylanmasi miqdori to‘g‘risidagi ma‘lumotlar va inkassatsiya xizmatining
topshirilgan naqd pul tushumi to‘g‘risidagi ma‘lumotlarida ko‘rsatilgan
miqdorlardan kam bo‘lmagan miqdorlarda aks ettirilishi tekshiriladi;
yirik va shubhali operatsiyalarni amalga oshirayotgan yuridik shaxslarning
faoliyati qonuniyligi, hisob raqamlariga tushayotgan va chiqim qilinayotgan
mablag‘larning maqsadi korxona faoliyat turiga mosligi o‘rganiladi.
- bojxona
organlari
tomonidan
taqdim
etiladigan
eksport-import
operatsiyalari, shuningdek tovarlar harakati haqidagi ma‘lumotlar bo‘yicha
quyidagilar:
soliq to‘lovchilarning import va eksport kontraktlari bo‘yicha ma‘lumotlar;
hisobotlarda tashqi iqtisodiy kontraktlar bo‘yicha o‘zaro qarzdorlik holatini
va valyuta tushumining bir qismini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda
majburiy sotishni to‘g‘ri aks ettirilishi;
eksport operatsiyalarida soliq imtiyozlarini va pasaytirilgan stavkalarni, shu
bilan birga qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bo‘yicha nol darajali stavkani
qo‘llanilishining qonuniyligi;
135
korxonaning yil boshidagi qoldiqdagi tovar-mahsulotlarga kirim qilingan
mahsulotlarni qo‘shgan holda va sotilgan mahsulotlarni qiymatini chiqarib
tashlagandan so‘ng balans hisobotida ko‘rsatilgan qoldiq mahsulotlar qiymatiga
mosligi o‘rganiladi.
Soliq nazoratini amalga oshirishda ―Davlat soliq xizmati to‘g‘risida‖gi
Qonunning 7-moddasiga asosan, tegishli organ va idoralardan so‘rovnomalar orqali
ma‘lumotlar olinishi belgilangan.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2012 yil
30 oktyabrdagi
―O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya
tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida PQ-
1843-sonli qaroriga asosan davlat soliq xizmati idoralariga soliq to‘lovchilarning
majburiyatlari paydo bo‘lishi (tugatilishi) to‘g‘risida ma‘lumot taqdim etadigan
idora va tashkilotlar olingan ma‘lumotlar ―Tashqi manba‖ dasturiy majmuasidagi
ma‘lumotlar asosida soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan hisobot va
ma‘lumotlar solishtirib tahlil qilib boriladi.
Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi to‘g‘risida qonun
hujjatlariga muvofiq axborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlarning
mansabdor shaxslari tomonidan soliq to‘lovchilarning majburiyatlari yuzaga
kelganligi to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish tartibining ko‘rsatilgan axborotni
taqdim etmaslikda, o‘z vaqtida taqdim etmaslikda yoki buzib ko‘rsatilgan holda
taqdim etishda ifodalangan buzilishi Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning
215
3
-moddasi (Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi to‘g‘risida
axborot taqdim etish tartibini buzish)ga asosan,
– eng kam ish haqining etti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma‘muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin
bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa,
– eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda
jarima solishga sabab bo‘ladi.
136
Do'stlaringiz bilan baham: |