O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Boshqaruvning  funksional  tashkiliy  tuzilmasi



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/103
Sana13.05.2020
Hajmi2 Mb.
#51199
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   103
Bog'liq
mehmonxona xojaligini boshqarish

Boshqaruvning  funksional  tashkiliy  tuzilmasi.  Funksional  boshqarish  chiziqli 
boshqaruv  tizimida  qarorlar  qabul  qilish  uchun  zarur  bo‗lgan  muayyan  ishlarni 
bajarishga ixtisoslashgan bo‗limlar tomonidan amalga oshiriladi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 Mehmonxonani boshqarishning funksional tuzilmasi 
Bunda  muayyan  funksiyalarni  bajarish  mutaxassislar  zimmasiga  yuklanadi. 
Mehmonxonada,  qoida  tariqasida,  bir  soha  mutaxassislari  tarkibiy  bo‗limlarga 
birlashtiriladi,  masalan,  marketing  bo‗limi,  qabul  qilish  va  joylashtirish  bo‗limi,  reja 
bo‗limi va h.k. Shunday  qilib, mehmonxonani boshqarishning umumiy vazifalari, o‗rta 
bo‗g‗indan  boshlab,  funksional  mezonga  ko‗ra  ajratiladi.  Shuning  uchun  ham  mazkur 
tuzilma boshqaruvning funksional tuzilmasi deb ataladi. Funksional boshqarish chiziqli 
boshqarish bilan yonma-yon amal qiladi va bu ijrochilar ikki tomonga bo‗ysunishiga olib 
keladi.  
Rasmdan  ko‗rinadiki,  boshqarishning  barcha  funksiyalarini  bilishi  va  bajarishi 
lozim bo‗lgan universal menejerlar o‗rniga o‗z sohasida yuqori malakaga ega bo‗lgan va 
ma‘lum  yo‗nalish  (masalan,  rejalashtirish  va  prognoz  qilish)  uchun  javob  beradigan 
mutaxassislar  shtati  paydo  bo‗ladi.  Boshqaruv  apparatining  bunday  ixtisoslashuvi 
mehmonxona  faoliyatining  unumdorligini  oshiradi.  Chiziqli  tuzilma  singari,  funksional 
tuzilmaning ham o‗ziga xos ijobiy tomonlari va kamchiliklari bor.  
Funksional tuzilmaning ijobiy tomonlari: 
1) muayyan funksiyalarning bajarilishi uchun javob beradigan mutaxassislar yuqori 
malakaga ega bo‗ladi; 
2) pog‗ona menejerlari ayrim maxsus masalalarni hal qilishdan ozod etiladi; 
3) 
hodisalar 
va 
jarayonlar 
standartlashtiriladi, 
formallashtiriladi 
va 
dasturlashtiriladi; 
4)  boshqaruv  funksiyalarni  bajarishdagi  takrorlanishlarga  va  parallelizmga  chek 
qo‗yiladi; 
5) keng soha mutaxassislariga bo‗lgan ehtiyoj kamayadi.  
Funksional tuzilmaning kamchiliklari: 
1)  funksional  bo‗limlar  o‗ziga  topshirilgan  funksiyalarni  sifatli  bajarishdan 
manfaatdor  bo‗lib,  «begona»  funksiyalar  uchun  ham,  butun  korxonaning  umumiy 
faoliyati uchun ham javob bermaydi; 
2) turli funksional bo‗limlar o‗rtasida muttasil aloqa o‗rnatish qiyinlashadi; 
3) haddan tashqari markazlashish holatlari vujudga keladi; 
4) qarorlar qabul qilish taomillari uzayib ketadi; 
 
Бош менеджер 
Б функционал ращбар: 
ташкил этиш функцияси. 
Ташкилий былим 
ва щ.к.
А функционал ращбар: 
режалаштириш функцияси. 
Режа былими  
Ижрочилар 
Ижрочилар 
Ижрочилар 


 

29 
5) tashkiliy tuzilma o‗zgarishlarga moslashishi ancha qiyin kechadi.  
Boshqarishning  chiziqli-funksional  tuzilmasi  chiziqli  tuzilmaning  ham,  funksional 
tuzilmaning ham kamchiliklarini ancha bartaraf etadi.  
Mehmonxonani 
boshqarishning 
chiziqli-funksional 
(shtabli) 
tuzilmasi. 
Boshqarishning  mazkur  tuzilmasida  butun  hokimiyatni  ma‘lum  jamoani  boshqaruvchi 
pog‗ona rahbari o‗z zimmasiga oladi. Muayyan masalalarni echishda va tegishli qarorlar, 
dasturlar,  rejalarni  tayyorlashda  unga  funksional  bo‗limlar  (boshqarmalar,  xizmatlar, 
byurolar va h.k.)dan tashkil topgan maxsus apparat yordam beradi.  
 
 
 
 
 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish