Anguage and literature



Download 10,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/73
Sana30.03.2022
Hajmi10,13 Mb.
#518591
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73
Bog'liq
uzb-2019 2son(1)

Valijon QODIROV,
mustaqil tadqiqotchi, 
filologiya fanlari nomzodi
SODDA YIG‘IQ VA SODDA YOYIQ GAPLAR 
XUSUSIDA MULOHAZALAR
Amaldagi 5-sinf Ona tili darsligiga
3
diqqat qaratamiz. 
32-darsdan gap bo‘laklari o‘rganilar ekan, Kesim mavzu-
si bilan boshlanadi. 39-betda eslab qoling belgisi ostida 
quyidagi ma’lumot berilgan: 
Kesim­ gapning­ mazmuniy­
markazidir.­U­boshqa­bo‘laklarsiz­ham­gap­bo‘la­oladi.­
Masalan: Yaxshimisiz? Keldi.
Shu ikki holatning o‘zida 
bir cho‘qqili nazariyaning ibtidosi ko‘zga tashlanib turib-
di. Lekin 44-betda berilgan qoidalarda shularni o‘qiymiz: 
Faqat­kesim­yoki­ega­va­kesimdan­iborat­gap­yig‘iq­gap­
hisoblanadi.
Masalan: 
Qara. Men keldim.
Kesimning 
boshqa­bo‘laklar­bilan­kengayishidan­hosil­bo‘lgan­gap­
yoyiq­gap­deyiladi.­
Masalan: 
Men uni ko‘rdim.
Ta’rifning 
birinchi qismi va misol tariqasida berilgan ikkinchi gap 
(Men keldim) ikki cho‘qqili nazariyaga muvofiq kela
-
di. Chunki ikki cho‘qqili nazariyada ega va kesim bosh 
bo‘laklar bo‘lib, ikkinchi darajali bo‘laklarsiz ular yig‘iq 
gapni hosil qiladi. Ta’rifning ikkinchi qismi esa bir cho‘qqili 
nazariyaga mos tushadi va birga berilgan ta’rifning birin-
chi qismiga nisbatan zidlik kuzatiladi. 
Kesimdan boshqa 
bo‘laklar
deyilganda ega ham ikkinchi darajali deb atal-
gan bo‘laklar qatoriga kirib ketadi. Shu yerning o‘zida 
yondashuv va talqinda izchillik buzilgan. Bu bo‘lim (ya’ni 
sintaksis) darslikning boshlang‘ich sinfda o‘tilganlarni tak
-
rorlash qismida bo‘lgani uchun shunga muvofiqlashtiril
-
gan, deyilsa, ta’rifning birinchi qismi to‘g‘ri, lekin bunda 
bir cho‘qqili nazariyaga muvofiq keyingi ta’rifni kiritmaslik 
to‘g‘ri bo‘lardi. Yoki aksincha: birinchi qismdagi yoki ega 
va kesimdan degan so‘zlar qo‘llanmasa edi, ta’rif maz-
muniy va mantiqiy bir butunlikni hosil qilardi.
8-sinf darsligi
4
ning 54-betida: 
“Sodda­ gaplar­ ikkin-
chi darajali bo‘laklarning ishtirok etish yoki etmasligiga 
ko‘ra:­ sodda­ yig‘iq­ gaplar­ (Kamola­ kirib­ keldi),­ sodda­
yoyiq­ gaplar­ (Kamola­ darvozadan­ shoshilib­ kirib­ keldi)
ga bo‘linadi”
tarzidagi ikki cho‘qqili nazariyaga muvofiq 
qoida berilgan. Darslikning 56-betida esa bir cho‘qqili 
nazariyaga mos: 
“Kesim­gapning­asosini­tashkil­qiluvchi­
markazdir. Ega kesimga ergashib, kesimdan ifodalan
-
gan­ ish-harakatning­ bajaruvchisini­ ko‘rsatadi”­
qoidasi 
keladi. Uning ortidan 
“To‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol ega 
va kesimga ergashib kelib, ularni to‘ldiradi, aniqlaydi yoki 
izohlaydi.­Shuning­uchun­ular­gapning­ikkinchi­darajali­
bo‘laklari deyiladi”
ifodasidagi jumla berilgan. Bu qoida 
80-betda yana takrorlanadi. 79-betda o‘qiymiz: 
“Esga 
o­ling.­­Faqat­ega­va­kesimdan­iborat­bo‘lgan­gap­sodda­
yig‘iq­gap­deyiladi.­Esga­oling.­Ega­va­kesimdan­boshqa­
bo‘laklar­bilan­kengaygan­gap­sodda­yoy‘iq­gap­deyila-
di”.
Holbuki, 57-betda 
“Kesim­gap­markazi­bo‘lib,­u­tas-
diq-inkor,­zamon,­mayl,­shaxs-son­ma’nolarini­ifodalab­
Dolzarb
mavzu


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
9
Dolzarb mavzu
keladi,­hukmni­ifodalaydi­va­gapning­boshqa­bo‘laklarini­
o‘z­atrofida­birlashtiradi…­Gapni­yuzaga­keltirish,­fikrni­
ifodalash­ jihatidan­ kesimning­ gapdagi­ ahamiyati­ kat-
ta…­ Gapda­ ega­ ham,­ ikkinchi­ darajali­ bo‘laklar­ (to‘ldi-
ruvchi,­ aniqlovchi,­ hol)­ ham­ bevosita­ yoki­ bilvosita­ ke-
simga bog‘lanadi”
degan kattagina bir cho‘qqili nazariya 
mohiyatini aks ettiruvchi qoida yozilgan. Lekin bu qoi
-
dada ham egani ikkinchi darajali bo‘laklardan alohida 
olinayotgani ko‘rinib turibdi. Darslikda, umuman, o‘zbek 
tilshunosligida ega 

Download 10,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish