2 .2 . Xalqaro turizm va uning mamlakat iqtisodiyotiga ta ’siri
Turizm um um iy iqtisodiy o ‘sishga, kam rivojlangan rayonlaming
rivojlanishiga ko‘maklashadi. Yaxshi rivojlanmagan rayonlarda turis
tik m arkazlarni ochish ko‘pgina davlatlarning asosiy usuli hisoblanadi.
Tog‘ va qishloq joylarida turistik markazning tashkil qilinishi shu joylar-
ning o ‘zlashtirilishiga, aholi turm ush sharoitining yaxshilanishiga
yordam beradi.
,
X alqaro va milliy turizm ning rivojlanishi ko‘plab qishloq joylariga
yangicha hayot olib kelishi, aholining jipslashuviga ko‘mak berishi va
shu joyning o ‘zida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni
tashkil etishga katta turtki b o ‘lishi mumkin. Bunga yorqin misol qilib,
60-yillarda achinarli holatda b o ‘lgan Ossua qishlog‘ini olsa b o ‘ladi.
100 yil ichida bu yer aholisining yarmi yo‘qolib ketdi: 1961-yilda unda
766 kishi yashagan, 1962-yilda esa 339 kishi qoldi. Ko‘pchilikning
fikricha bu qishloq o ‘limga m ahkum qilingandi. Aytib o ‘tish m uhim -
ki, qishloq aholisi qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullangan, 1976-yilda
unda 4 tagina oila qoldi xolos. M ahalliy hukum at zudlik bilan tog‘
tu riz m in i riv ojlan tirish t o ‘g ‘risid a q a ro r qabul q ild i. M ex an ik
ko‘targichlar va turistik bazalar qurish yo‘lga q o ‘yildi. 1981—1983-
yillarda 700 o ‘rinli m ehm onxonalar qurildi va keyinchalik bu sonni 3
mingga ko‘tarishga niyat qilindi. Shunday qilib, mahalliy iqtisodning
rivojlanishiga zamin yaratildi.
Keyingi yillarda ko‘pgina mamlakatlarda shaharliklarning fermalarda
hordiq chiqarishi odat tusiga kirib qoldi. Bu shunga olib keldiki, qish
loq aholisi turizm bilan bogMiq ikkinchi ixtisosga ega bo'lish va joylarda
turistik majmua qurib ishga tushirish bilan esa turm ush sharoitini
yaxshilab olish imkoniga ega.
Turizm sanoatining xarakterli tom onlaridan biri xalqaro m ehnat
taqsim oti tizimidagi xizmat ko‘rsatish korxonasidir. Xorijiy turizm -
ning rivojlanganligi natijasida ushbu xizmat ko‘rsatish korxonasi o ‘z
xizm atlarini boshqa tovarlar kabi m ahsulot sifatida sota boshlaydi.
Xalqaro turizm uchun xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashish m ablag‘lar
tush ish iga olib keladi. Turizm sanoati xizmat ko'rsatish ko‘lam ining
um um iy kengayishiga, m intaqalardagi aholi darom adining oshishiga
ta ’sir ko‘rsatadi.
X alqaro turizm ko‘lam ining kengayishi bilan xizm at ko‘rsatish
korxonalarining soni ham oshib boraveradi.
Turizmga ta ’sir ko‘rsatish sohasiga ko‘plab turdagi konconalar kiradi
va ular turistik mavsum davom ida ishga tushadi, ularning pul aylan-
masi turistlar soniga qarab o rta boradi.
Xalqaro turizmga ta’sir etuvchi xizm at ko'rsatish sohalariga oziq-
ovqat, kiyim-kechak, oyoq kiyimi, zargarlik buyum lari, antiqa b u -
yum lar, atir-upalar do‘konlari, attorlik m ollari, gul d o ‘koni, tam aki
m ahsulotlari d o ‘koni, qurilish va t a ’m irlash, kir yuvish xizm atlari,
yoqilg‘i quyish shoxobchalari va h.k. kiradi.
Xalqaro turizm ning rivoji ray on d a misli k o ‘rilm agan iqtisodiy
o ‘sishga olib kelishi mumkin. Bunga Yevropadagi 3 ibodat m arkazi
b o ‘lmish shaharning biri — Lurd misol bo ‘ladi. 5 ming aholisi b o ‘lgan
bu shaharchada o ‘ziga xos turistik resurslar mavjud: qasr, to g‘dagi
qam oqqa aylantirilgan qadim iy qal’aning qoldig'i.
1858-yilga kelib, bu shaharda m o ‘jiza yuz berdi. S haharda topilgan
manba m o ‘jizaviy deb topildi va Lurdga minglab odam lar oqib kela
boshladilar. Tadbirkorlar bundan foydalana boshladilar.
Shahardagi m o‘jizaning paydo bo'lgan yili atigi 2 m ehmonxona
b o ‘lgan b o ‘lsa, 100 yil o ‘tib, Lurd Yevropadagi eng yirik meh-
monxonalari mavjud shaharga aylandi. 80-yillarda u m ehmonxona soni
bo‘yicha fransuz shaharlari ichida 2 -o ‘rinni oldi. Shahardagi 226 meh-
monxonada 3000 ishchi xizmat ko‘rsatadi. H ar yili shahar 3,5 million
turistlarni qabul qiladi, buning 59% i xorijliklardir.
Faqat turizm ayni rivojlangan rayonda talabning keskin tushib ketishi
juda xavflidir. Sayohat joyininig eskirishi, odam larda qiziqishning
yo‘qligi, turistlarning kamayishi natijasida mazkur rayon iqtisodida
inqiroz ham ro ‘y berishi mumkin. Bunga misol qilib, Fransiyadagi
m ineral suv kurortlarini olsa b o ‘ladi.
Fransiyada 120 ta mineral suv manbalari mavjud. Bu butun Yev
ropadagi nafaqat soni bo‘yicha, balki suvning tarkibidagi minerallar-
ning soniga ko‘ra ham eng boy manbalardir. Ikkinchi jahon urushi
arafasida fransuz mineral suv kurortlari dunyoda birinchi o ‘rinni egal-
lagan. Faqat keyingi paytlarda birinchi jahon urushidan oldin yaratilgan
m o d d iy -tex n ik a bazasi y angilanm adi, chunki m anba egalari o ‘z
kapitalini mineral suvlarni quyish va qadoqlashga sarfladilar. Natijada
Fransiya yiliga 2 mlrd. litr mineral suv ishlab chiqaradigan yirik maj-
muaga aylandi, shu bilan birga xorijiy turistlar qatnovi ham kamaya
bordi, bu esa turizm asosiy rol o ‘ynagan mintaqa iqtisodiga zarar,
ya’ni tangchilik keltiradi.
Turizm rivojining kelajagini aniqlash uchun aw alo, moddiy-texnik
bazasi, turistik resurslar ko‘lami, mazkur turistik mahsulotga bo‘lgan
talabni chuqur o ‘rganish lozim. Bu ishda turistik resurslarning bahosini
haddan tashqari oshirib yubormaslik lozim. Masalan, m a’lum bir min-
taqadagi tarixiy yodgorlik faqat shu joyning o‘zi uchungina qiziqarli
b o ‘lishi m um kin, xalqaro m aydonda esa boshqa ko‘plab yodgorlik-
larning oldida m azkur yodgorlikning u qadar ahamiyati bo‘lmasligi va
turistlarni o ‘ziga jalb qilmasligi m um kin va shuning uchun ham bun
day rayonlarda m oddiy-texnika bazasini yaratishdan ko‘p foyda olish
amri mahol. Turistik resurslami baholashda, qo‘shni rayondagi resurslar-
ni ham hisobga olish kerak b o ‘ladi. Turistik moda qo‘yadigan talabni
(m asalan, otlarda sayohatga chiqish va h.k.)ni ham e ’tibordan chetda
qoldirmaslik lozim.
Shunday qilib, qoloq rayonda barpo etilgan turistik m arkaz uning
rivojlanishiga olib keladi. B undan tashqari, bu kabi “ rivojlanish
qutblari” ning tashkil etilishi kelgusida iqtisodiy disproporsiyaning chu-
qurlashuvini keltirib chiqaradi.
Shunisi aniqki, agar turistik siyosat m intaqa m anfaatlariga zid
kelmasa, Xalqaro turizm o ‘z -o ‘zidan mahalliy iqtisodning gullab-yash-
nashiga kafll bo‘la olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |