turistik resurslardan ratsional foydalanish, turizmda informatsion-texnik
vositalardan foydalanishni tatbiq etish.
Turizmni rivojlantirishni cheklovchi salbiy omillariga quyidagilar
kiradi: siyosiy va moliyaviy beqarorlik, kriminogen vaziyat, tabiiy ofatlar.
Hozirgi jam iyatda turizm ning rivojlanishiga asosiy sabab bo‘lib
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy omillar xizmat qildi.
Shularning eng birinchisi ish vaqtining qisqarishi b o ‘ldi — masalan,
G erm aniyada XX asrning oxirgi 15 yilida insonlarning ish vaqtlarining
o ‘rtacha yillik ish soatlari 27 foizga qisqardi, puli to ‘lanadigan ta ’tilning
davomiyligi so‘nggi 50 yil ichida 2,5 barobar ortdi, biroq, shuning
bilan birgalikda ishning intensivligi ham ortib bordi. Bularning barchasi
odam larda b o ‘sh vaqt miqdorining ortishi va ishdagi zo‘riqishlarning
o'sishiga olib keldi. M a’lumki, insonda bo‘sh vaqt va yetarli miqdorda
moliyaviy mablag‘lar bo‘lgandagina turistik sayohatga chiqishga im-
koniyat paydo bo‘ladi. Yuqorida eslatib o‘tilgan
ushbu holat rivojlangan
m am lakatlar aholisi orasida turizmning ommalashib borishiga yetarli-
cha sharoitlar yaratib bera boshladi. Buning ustiga, ishlab chiqarish-
ning avtomatlashuvi va komputerlashuvi ishchilarda bajarilayotgan ishga
nisbatan begonalashuv hissini uyg‘ota boshladi. Bu esa, o ‘z navbatida
insonlarda stressning ko‘payishi, o ‘z ishidan norozilik hissining ortishi
kabilarga olib kela boshladi.
Jamiyat mobilligining ortishi, transportning rivojlanib borishi, joylar
va ulardagi imkoniyatlar to ‘g‘risidagi axborotlarni olishning osonlashuvi
turizm ning rivojlanishiga turtki beruvchi eng muhim om illardan biri
bo ‘lib qoldi. Masalan, havo transporti takomillashdi, chiptalar (yo‘l
kiralar) arzonlashdi, o ‘rta tabaqa vakillarida avtomobil sotib olish qudrati
paydo bo‘ldi. Avtomobil turizmning yuksalishiga eng ko‘p hissa qo‘shgan
transport vositasi bo‘lib qoldi, chunki, o ‘z
shaxsiy avtomashinasiga
ega bo‘lgan kishilarda o ‘z oilalari, do‘stlar bilan yoki yakka o ‘zlari
hech qanday turagentlik yordamisiz yaqin uzoq masofalarga sayohat
qilish imkoniyati tug‘ildi. 0 ‘z mashinasida sayohat qilayotgan kishilar
sayohat m arshruti va davomiyligini o ‘z ixtiyorlari bilan xohlagan vaqt
da o ‘zgartira olishadi, yirik guruhlarda amalga oshiriluvchi turlarda
esa, q at’iy grafikka va m arshrutga rioya qilish, ko‘pchilikning istagiga
b o ‘ysunish lozim bo‘ladi.
Borgan sayin ishdan qoniqish hissi ko‘payayotgan insonlarda o ‘z
uyida yetarlicha dam olish imkoniyatlari ham kamayib borayapti.
Rivojlangan davlatlarning barchasida mamlakat aholisining aksariyati
shaharlarda istiqomat qilishmoqda. Turli stresslar,
shovqin-suron, g ‘ala-
g‘ovur, shaxsiy hayotning yashirinligi, insonlar orasidagi sam im iyat-
ning kamligi, ko‘chadagi m anzaralarning bir-biriga o ‘xshashligi (atrof-
m uhitning bir xilligi), tabiatdan uzilish, bularning barisi shahar hayo-
tining ajralmas bir qismidir. Bu insonlarda shahar hayotidan, o ‘z
m uhitidan qochib chiqib ketish istagini tug‘diradi. S hahar aholisining
k o ‘p c h ilig i b o ‘sh v aq td an u sh b u m u h itd a n sa m im iy ijtim o iy
munosabatlarni izlab vaqtinchalik b o ‘lsa-da, chiqib ketish va tabiat
qo‘yniga qaytish uchun im koniyat sifatida foydalanishmoqda.
II
Jahon urushidan so‘ng, G ‘arbiy Yevropa m am lakatlarida jam i-
yatning m a’naviy-ruhiy qadriyatlarida kuchli siljishlar yuz berdi.
Ijtimoiy
ongdagi bu o ‘zgarish jarayonini V. Frayder «ish vaqti jam iyatidan b o ‘sh
vaqt jamiyatiga o ‘tish» deb nom ladi. Professor X. Opashovskiyning
qayd qilishicha, inson ish joyida o ‘z m ehnati predm etidan uzoqlashib
borishi bilan uning bo‘sh vaqt bilan bog‘lanib borishi ortadi. 0 ‘zining
mehnatsevarligi a n ’anasi bilan m ashhur boMgan m am lakatlarda m eh-
nat pafosi o'zining aham iyatini yo‘qotib bordi. Ayniqsa, G erm aniya
va Yaponiyada yosh avlod vakillari urush davri avlodlari va undan
keyingi avlodlarning azaliy qadriyatlaridan voz kecha boshlashdi.
Ijtimoiy ongdagi o ‘zgarishlar quyidagilarni ko‘zda tutadi:
— iste’molchining ma’naviy-ruhiy va madaniy qadriyatlarining o ‘zgarishi;
— bo‘sh vaqt konsepsiyasi nazariyasining o'zgarishi.
U rushdan so‘ng bo‘sh vaqt konsepsiyasining rivojlanishi uch bos-
qichni boshdan kechirdi:
1950-yillarda bo'sh vaqtga m ehnat unumdorligini davom ettirish
maqsadida jismoniy va aqliy kuchlarni qayta tiklash vositasi sifatida
qarash
ustun edi; I960— 1970-yillarda b o ‘sh vaqtdan jam iyat farovon-
ligini oshiruvchi moddiy n e’m atlam i iste’mol etish uchun foydalana
boshlandi (ko‘chm as mulk, uzoq m uddatli foydalanish tovarlarini,
hasham at ashyolarini xarid etish va boshqalar); 1980-yillardan keyin
bo‘sh vaqtning detallashuvi tendensiyasi ustun b o ‘la boshladi: asosiy
maqsad moddiy ne’matlami iste’mol etilishining o ‘zidan emas, balki,
hayotdan lazzatlanishdan iborat b o ‘ldi. Bo‘sh vaqt psixologiyasining
bunday rivojlanishi tufayli jam iyat ehtiyojlari tuzilm asida turizm ning
o ‘rni — ahamiyati o ‘zgarib ketdi. Turizm bir vaqtlar faqatgina tanlangan-
laminggina dabdabadorligi im koniyati b o ‘lgan b o ‘lsa, endi u aksariyat
ko‘pchilikning asosiy im koniyatlariga aylandi. M asalan, 1950-yilda
G erm aniya aholisining faqat 1 foizigina chet
elda dam olish im koniya-
tiga ega bo‘lgan. Hozir Germaniyaning 60 foiz aholisi chet ellarda dam
oladi. Intellektual va madaniy turistik ehtiyojlar ham o ‘zgardi: oddiy
ehtiyojlardan yanada yuksakroq ehtiyojlarga o‘tildi; ish kuchini qayta
tiklash vositasidan insonning o ‘z shaxsiy imkoniyatlarini yuzaga chiqa-
rish va intellektual talablarga javob berish usuliga o‘tildi.
Hozirgi vaqtda turizmning faqatgina rekreatsion tom onlarini ko‘rib
chiqish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Zamonaviy iqtisodiy integratsiya va globali-
zatsiya sharoitlarida dunyodagi yagonalik, o'zaro bog‘langanlik, xalqaro
m unosabatlarning kuchayishi ortib bordi. Bu 2001-yil 1 1-sentabr
voqealaridan so‘ng o ‘zgacharoq tusda rivojlanishda davom etmoqda.
Biznes turizmi (savdo hamkorlari bilan uchrashish; yarmarkalar, kon-
ferensiyalar, simpoziumlarda ishtirok etish va boshqalar) zamonaviy
ishlab chiqarish jarayonining ajralmas qismiga aylanib qoldi. 1980—
90-yillargacha statistikada biznes turizmi alohida predm et sifatida
o ‘rganilmadi. Hozirgi jamiyatda turistlarning 20 foizidan ortig‘ini biznes
turizmi ishtirokchilari tashkil etadi.
Turizm ning rekreatsiya va biznesdagi
samarasidan tashqari, uning
kom m unikatsion ahamiyatiga ham e ’tibor berish lozim: gum anitar,
m adaniy-m a’rifiy aloqalarni o ‘rnatish, do‘st-qarindoshlar bilan u chra
shish, diniy ziyoratchilik va etnik turizmga qiziqish ham ortib bormoqda.
Hozirgi zam onda jahon turizm ining rivojlanishi quyidagicha:
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: