‘£b e k is t 0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi kamilova firuza kuchkarovna kamilov zafarjon kamolovich xalqaro turizm bozori


Туризм как вид деятельности. В.А.Квартальное, И .А .Зорин и др. М осква



Download 3,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/76
Sana30.03.2022
Hajmi3,99 Mb.
#517953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   76
Bog'liq
10-y-Xalqaro-turizm-bozori.-Oquv-qollanma.-F.K.Kornilova-Z.K.-Kamilov.-T-2011. (1)

1 Туризм как вид деятельности. В.А.Квартальное, И .А .Зорин и др. М осква.
«Финансы и статистика» 2001 г. 33 с.


kreditga sayohat qilish;
• yoshlar uchun m a’naviy-m a’rifiy sayohatlar;
• ishchilar uchun maxsus sayohatlar uyushtirish;
• valuta almashtirish operatsiyalari.
Yuqorida sanab o ‘tilganidek, ishlab chiqarishning takomillashib 
borishi odamlarni sayohat qilishga turtkilay boshlagan. Yevropada sanoat 
revolutsiyasining yuzaga kelishi bilan, turizm ham takomillashib ket- 
di. Birinchidan, tem iryo‘llarning qurilishi uzoq masofalarga tezda yetib 
borish imkonini yaratdi. Masalan, Nits shahriga Parijdan foytunda 13 
kunda yetib kelishgan bo‘lsa, poyezd bilan 18 soat ichida yetib kelish 
im koni yaratildi. Bu N itsda turizm ning o ‘z c h o ‘qqisiga chiqishiga 
yordam berdi. Kotskil tog‘larida 1824-yili qurilgan mehm onxonaga 46 
yil ichida 5 ming odam kelib ketgan boMsa (1824—1870), 1872-yilda 
tem iryo‘lning qurib bitkazilishi natijasida 1873-yildan 1890-yilgacha 
bu mehmonxonaga 195 ming kishi kelib ketgan.
Bug‘ mashinasining paydo boMishi uzoq sayohatlarning arzonlashi- 
shiga olib keldiki, endilikda nisbatan kamroq darom adga ega boMgan 
od am lar ham paroxod va poyezdlarda sayohatga chiqa oladigan 
bo‘lishdi.
Xalqaro turizm ning rivojlanishi, shu bilan birgalikda turfirm a va 
turagentliklarning faoliyati Birinchi Jahon urushi boshlanishi bilan 
to ‘xtab qoldi. T o ‘rt yillik urush tugashi bilan, 1919-yildan boshlab 
harbiy samolyotlarning fuqarolarni tashishga moslashtirilishi natijasida 
turistik firma va turagentliklarning faoliyati yana jonlana boshladi. 
Xalqaro turizmning qisqa vaqt ichida o ‘zini tiklab olishi va rivojlanishiga 
boshqa bir qator yetarli asoslar ham mavjud edi.
Aviatsiyaning rivojlanishi ham turizmni rivojlantirdi. Biroq, dastlab, 
bu transport turidan yuqori daromadli odam lar foydalana olishgan. 
1933-yilda San-Fransiskodan Sietlga uchib o ‘tishga 18 soat vaqt va 
320 dollar mablag4 sarflangan. 1975-yilda esa, shuncha vaqt va 230 
dollar mablag4 sarflangan. Bu yerda inflatsiyaning ta ’sirini ham ino- 
batga oladigan boMsak, 1933-yildagi 320 dollar m ablag4 1975-yildagi 
1900 dollar mablag4iga teng boMgan. D em ak, xalqaro raqobat va massh- 
tab samarasidan foydalanish narxlaming arzonlashishiga sabab boMdi.
II jahon urushidan keyingi asosiy o 4zgarish — m obillikning oshishi 
boMdi: Reaktiv texnologiyalaming yaratilishi ko4plab odam larning uzoq 
masofalarga katta tezliklarda yetib borish im koniyatini bera boshladi. 
Samolyotlar takomillasha borgani sayin ulardagi shinam lik oshib, narxlar


pasayib bordi. 1960-yillarga kelib, AQSHdan Angliyaga uchib o ‘tishga 
to ‘lanadigan haq har bir mil uchun 2 sentga to ‘g‘ri kelgan, buning 
ichiga ovqatlanish va ko‘ngil ochish uchun olinadigan haq ham kirgan. 
Yoki, boshqa misol, 1933-yilda NYU-YORKdan SAN-FRANSISKOga 
21,5 soatda uchib, buning uchun 320 dollar haq to ‘langan.l979-yilda 
buning uchun 5,5 soat vaqt ketib, 234 dollar to ‘langan, biroq, 1933- 
yildagi 320 dollarning iste’mol qiymati 1979-yildagi 1900 dollarga teng 
bo‘lgan. Havo transportidagi bunday rivojlanish natijasida sayyoramiz 
turist uchun kichik b o ‘lib bordi, turli uzoqliklardagi ekzotik orollarga 
yetib borish osonlashdi. Hattoki bu, uzoq vaqtli va o ‘ziga xos dengiz 
orqali turm arshrutlarni siqib chiqara boshladi.
II jahon urushidan keyin mobillik nafaqat havoda, balki yerda ham
o ‘sdi. Turizmni eng ko‘p kengaytirgan transport turi — avtomobil b o ‘lib 
qoldi. Shaxsiy transport odamlarni jam oat transportining q a t’iy ish 
grafiklariga amal qilish majburiyatidan xalos etdi. Endilikda hech kim 
kurortlarga ikki haftalik davrga kelmay qo‘ydi, balki, kurortlar avtom o- 
billarda oilaviy dam olishga chiquvchilar uchun faqatgina b ir bekat 
b o ‘lib qoldi. Qayerda yo‘l b o ‘lsa, odam lar o ‘sha yerda dam olish im- 
koniyatlariga ega b o ‘lishdi, b a ’zi b ir avtom obillarda esa bunday 
chegaralanishlarning ahamiyati yo‘q. Demak, endilikda avtomobilda 
yetib borib b o ‘ladigan har bir joy turistik jalb etuvchi bo‘lib qoldi.
Rivojiangan davlatlarda iste’molchilik jamiyatining rivojlanishi nati­
jasida ko‘pchilik odam lar b o ‘sh vaqt va ortiqcha pullarga ega b o ‘ldi, 
bu turizm ni rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib qoldi. Kasaba ittifoqlari- 
ning ta ’sirida va huquqiy qonunchilik natijasida haq to ‘lanadigan ras- 
miy ta ’tillarning davomiyligi oshib bordi, hukum atlar bayram kun- 
larini dam olish kunlari deb e ’lon qilishdi, hukum at darom adlarining 
ortib borishi turizm ga b o ‘lgan investitsiyalarni oshirdi, ya’ni, yo‘llar, 
m ehm onxonalar qurila boshlandi. Turistik firmalar aholiga o ‘z yaqin- 
laridagi kurortlarda dam olgandan ko‘ra, uzoq orollardagi turistik 
m ahsulotlar paketidan foydalanish im koniyatlarini bera boshlashdi. 
M asshtab effekti va raqobat narxlarni arzonlashtirib yubordi.
O d am larn in g b u n c h a lik keng k o ‘lam lard a h a ra k a tla n ish la ri 
zamonaviy migratsiya nam unalaridan biri bo‘la oladi. Migratsiyaga 
stress uchun javobgar sifatida qarash mumkin. 1966-yilda W O LFE 
jamiyat migratsiyasining 3 nam unasini belgilab bergan:

- shaharga migratsiya. Bu XIX asr fenomenining davomi b o ‘lib, 
u bizni rivojiangan dunyoga olib kelishi mumkin.


2 — ishga borish va qaytishdagi sayohat. Buni keng miqyosdagi 
urbanizatsiya ham da ish joyi va uyning makon jihatidan b ir-biridan 
yiroqlashishi natijasi sifatida ko‘rib chiqishim iz mumkin.
3 — dam olish sayohati. Bu yangi migratsiya b o ‘lib, yuqorida sanab 
o ‘tilgan ikkitasining xizmatlari natijasidir. U shahar hayotining stressi 
va axborot bilan ta ’minlanganlik bilan stim ullanadi ham da sh ah ar 
iqtisodiy tizimi tom onidan ta ’minlangan yashash standartlari va m o - 
billiTc tom onidan amalga oshirilishi osonlashtiriladi.
D am olish sayohatining intensivligi oshib bormoqda. Buni doim iy 
ravishda bir xil saqlab qolish mumkin boMmasa-da, bizning yashash 
tarzim izga katta o ‘zgarishlar olib keladi. Hgarigi migratsiyalar singari 
turizm ham cho‘qqiga chiqishi yoki, ehtim ol, tushkunlikka tushishi 
m um kin, biroq, u hayotimizning bir qismi b o ‘lib qoladi ham da shu 
jarayon mobaynida faqatgina shakli va ahamiyati jihatidangina o ‘zgarishi 
m um kin bo‘ladi.
Turizmning rivojlanishiga boshqa bir qator omillar ham sabab b o ‘ldi: 
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng xalqaro munosabatlar yum shadi, odam - 
lar o ‘zga xalqlarning hayot tarzi, ijtimoiy sharoitlari, m adaniyatiga 
qiziqa boshlashdi; fan texnikaning rivojlanishi natijasida ilmiy x o d im ­
lar chet ellik hamkorlari bilan tajriba almashinish uchun o ‘zaro tez- 
tez uchrashib turishga intilishdi; xalqaro biznes tadbirkorlam i o ‘zaro 
til topishish uchun sayohat qilishga chaqirdi. Bu omillar va tr a n s p o r tin g
rivojlanishi ommaviy turizm ning rivojlanishiga sabab b o ‘ldi.
Shunday qilib, hozirgi kunda turizm zamonaviy jam iyatning integral 
qism i bo'lib, turizmdagi tadqiqotlar va tahlillar, shuningdek, uning 
iq tis o d iy m a n fa a tla ri ja m iy a t m a n fa a tla ri b ila n m o s ra v is h d a
rivojlantirilsa, u mahalliy jam iyat uchun m uhim aham iyat kasb etadi. 
Turizm ning rivojlanishi ko‘pgina joylarni turistik manzilgohlarga: kurort 
yoki vaqtinchalik to ‘xtab o ‘tadigan joy (bekat, nuqta)larga aylantirib 
qo ‘ydi. Bu sanoatning ta ’siri va oqibatlari mahalliy jam oaning kattali- 
gi va nisbiy muhimligiga qarab turlicha xilm a-xillanadi. Biroq har 
qanday holda ham siyosatchilar, biznesm enlar va mahalliy aholi foyda 
olm oqchi bo‘lsa, turizm ni inkor etmasliklari lozim.
Kelajakda bu sanoatning rivojlanishini T O F F L E R «Kelgusi shok» 
(T he Future Shock, 1971) nomli kitobida ochib bergan. U kitobida 
zam onaviy biznesm en va ta ’til davom ida dam oluvchilarni «yangi 
k o ‘chmanchilar» deb atadi: «M a’lum sanoatlarning inqilobiy o ‘sishida 
m utlaq ishlab chiqarish (ya’ni nattja)r~fshlS§ chiqarilgarT rhahsulotlar


bilan oddiy xizm atlardan emas, balki oldindan dasturlashtirilgan 
«kechinma» lardan iborat b o ‘ladi. Kechinm alar sanoati post servis 
iqtisodiyotining haqqoniy asosi bo‘lgan super industrializmning us- 
tunlaridan biri bo‘la oladi».
T O FFLER keyingi asari «Uchinchi to ‘lqin»> (The T hird wave,
1981 )da sanoati rivojlangan jamiyatning demassifikatsiya jarayoni or- 
qali tarqalib ketishini, hukum at va sanoatning yirik ittifoqlarining 
parchalanib ketishini oldindan aytib o ‘tgan. Yuzaga kelishi mumkin 
b o ‘lgan bunday o ‘zgarishlarning turizm ga bog‘liq b o ‘lganlari qu- 
yidagilardir:
«Ishchilarning ko'pchiligi haftasiga o ‘rtacha 3—4 kun ishlaydi yoki 
ular ta ’lim yoki dam olish maqsadlari uchun 6 oylik yoki 1 yillik ta ’til 
olishadi».
Turizmning rivojlangan jam iyatdan globallashgan jam iyatga o ‘tish 
davridagi jozibadorligi futurologlar uchun hech qanday chegaralan- 
magan. Biroq, shunday bo‘lsa-da, bu istiqbollar bilan tanishib chiqish 
turizm iqtisodiyotini o ‘rganishda foydali b o ‘lishi mum kin. Chunki, 
80-yillarda 2000-yil uchun berilgan iqtisodiy prognozlar o ‘zini to ‘la 
oqladi. WTO ekspertlari 2020-yil uchun turizmning quyidagi istiqbol- 
larini ko'rishayapti:
Shu 20 yil ichida kosmik turizm yuzaga keladi. Dastlabki kosmik 
turistlar Yer orbitasiga chiqishdi. Keyingilari esa, Oyga tashrif buyura 
boshlashadi. Y aponiyalik tadbirkorlar allaqachon yer orbitasidagi 
dastlabki m ehm onxonani qurish bo‘yicha ilmiy izlanishlarni boshlab 
yuborishgan. «HILTO N» m ehm onxonalar korporatsiyasi esa, Oyda 
m ehm onxona qurish rejasi borligini ayon qildi. Chunki, hozirgi kunga 
kelib Oyda ham suv topish mumkinligi m a ’lum bo‘ldi... Bundan 
tashqari, shunday supersamolyotlar yaratiladiki, turistlar Y evropadan 
Osiyoga uchib o ‘tayotganlarida endi oraliq aero p o rtlard a to ‘xtab 
o ‘tishmaydi, biletlarning tannarxi pasayib ketadi. Demak, aviaturizm
yanada rivojlanadi, tranzit turizm i esa keskin kamayib ketadi... 2020- 
yilga kelib ko‘pchilik davlatlarning vizalar tizim idan voz kechishi ku- 
tilm oqda. Kishi shaxsini aniqlashda pasport o ‘rniga barmoq izlari, ko‘z 
qorachig‘i va ovoz (tom oq bog‘lamalari)dan foydalaniladigan bo‘ladi. 
Bojxona rasmiyatchiliklari minimal darajaga yetkaziladi. D unyo aholisi- 
ning 7 %i chet ellarga sayohatga chiqadigan b o ‘ladi (hozir 3 % dan 
kam). Odamlarning aksariyat qismi shimolga, xususan, Yevropaga tashrif 
buyuradigan b o ‘ladi. Y a’ni chetga chiquvchilarning 17 %i Yevropaga


kela boshlaydi... Ekologik talablar kuchayib ketadi. C hunki, dunyo 
bo ‘yicha iste’molga yaroqli suv zaxiralarining borgan sayin kamayib 
borishi kuzatilayapti. Hozir suv havzalarining aksariyat qismi yaroqsiz 
holga kelgan, yaqin kelajakda bu ko‘rsatkich 2,3 qismga yetishi ku- 
tilm oqda...

Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish