1-ma’ruza: Til ijtimoiy, doim o’zgarib, rivojlanib turuvchi hodisadir. Reja



Download 432,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana30.03.2022
Hajmi432,25 Kb.
#517716
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1-Maruza

 
2. O‘rganish maqsadiga ko‘ra: 
a) nazariy tilshunoslik 
til hodisalariga nazariy jihatdan yondashadi, ya’ni shu 
hodisalar bo‘yicha umumlashma tarzida chiqarilgan xulosalar, qoidalar yaratadi.
 
b) amaliy tilshunoslik 
tilga amaliy nuqtai nazardan yondashadi, ya’ni uning 
insonlar hayotidagi amaliy ahamiyatini o‘rganadi. Masalan, chet tillarni o‘rganish, 
avtomatik tarjima kabi masalalar bilan shug‘ullanadi.
 
Til va tafakkur 
Tafakkur – bu fikrlash deganidir. Inson gapirishdan oldin o‘ylaydi, fikrlaydi. 
“Avval o‘yla, keyin so‘yla” degan maqol bejiz yaratilmagan. Demak, til va tafakkur 
o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Tafakkur borliqning ongda aks etishi bo‘lsa, til 
tafakkurning muayyan belgilar (masalan, tovushlar) orqali ifoda qilinishidir. Buni 
quyidagi chizmada aks ettirish mumkin: 
Yuqoridagi maqolda fikrning so‘zdan oldin kelishiga ishora qilingan. Borliq 
dastavval so‘zlovchi ongida fikr shaklida namoyon bo‘ladi, keyin bu fikr so‘zlar 


vositasida gapga aylanib, tinglovchiga yetkaziladi. Tafakkur va tilning o‘xshash va 
farqli tomonlari bor. O‘xshashligi: 
1. Til ham, tafakkur ham insonga xos.
2. Har ikkalasi ham borliqni aks ettiradi. 
3. Har ikkalasi ham bir paytda paydo bo‘lgan. 
Farqlari: 
1. Tafakkur birliklari tushuncha, hukm, xulosa hisoblansa, til birliklari so‘z, birikma 
va gapdir.
2. Tafakkurni mantiq fani o‘rgansa, tilni tilshunoslik o‘rganadi. 
3. Turli millat vakillari bir xil fikrlashlari mumkin, lekin ular o‘z fikrlarini har xil 
tillarda ifodalaydilar.
Tafakkur va til bir-birisiz mavjud bo‘la olmaydi, chunki til bo‘lmaganida insonning 
tafakkuri yuzaga chiqmagan bo‘lar edi. Xuddi shuningdek, tafakkur bo‘lmasa, tilga 
hech qanday ehtiyoj yo‘q. Biz bu o‘rinda til deganda fikrni ifodalovchi har qanday 
vositani nazarda tutyapmiz: kar-soqovlarning imo-ishora tili, yo‘l harakati belgilari 
va boshqalar ham shu jumlaga kiradi.

Download 432,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish