Bog'liq stomatologik kasalliklar profilaktikasi (1)
Tishlar emalining remineralizastiyasi. Tishlar emal qobig`i kariesga nisbatan turg`unligini saqlab qolishi uchun o‘nga doimo
samarali ta‘sir qiluvchi vositalar bilan ishlov berib turish talab qilinadi.
Emal krisstalini hosil qiluvchi biologik apatitlar reshetkalarida bo‘sh joylar yoki nuqsonlar-
atomlar etishmasligi, ustunlarning to‘liq emasligi mavjud bo‘ladi. Ba‘zan krisstal faqat
ustunlardan iborat bo‘lib, krisstal reshyotkalari bo‘lmasligi mumkin. Bu xol o‘z navbatida emal
qobig`ining o‘tkazuvchaniligi oshganligidan darak beradi. Natijada organik kislotalar krisstallar
o‘qi bo‘ylab singib kirish tezligi 500 angstremG‘sek.ni hosil qiladi.
Krisstalizatsiya jarayonini to‘liq kechishida uning organik matriksi am muhim o‘rin tutadi.
Matriks tarkibida kalsiy bog`lovchi oqsil molekulasi mavjud bo‘lib, u kristallanish markazini
(nukleatsiya) tashkil qiladi va kristallar o‘sishini amda ftor ionlarining atrof muhitdagi
konsentrasiyasini nazorat qiladi.
Emal qobig`ining yuza qavati o‘zining yuqori oaklanganligi, mustakamligi, zichligi,
mikroelementlarga boyligi va kariesga nisbatan turg`unligi bilan ostki chuqur qatlamlardan farq
qiladi.
Organik kislotalarning bevosita ta‘siri ostida sodir bo‘ladigan dekalsinatsiya oqibatida
emal gidroksiapatit krisstallarning shakli, o‘lchamlari, joylashish joylari o‘zgaradi.
Karies kasalligining boshlanishida patologik jarayon asosan emalning yuza qatlamlarida
joylashadi va uniig fizik-kimyoviy xususiyatini o‘zgartirishi oqibatida tish sathida oq dog‘`lar
paydo bo‘ladi.
Tish kariesi kasalligida emal demineralizastiyasining darajasi emalning kimyoviy tarkibi,
kalsiy, fosfor, ftor komplekslarining neytral konsentrasiyasi va organik kislotalar
konsentrasiyasiga bogliqdir.
O‘choqli demineralizastiya jarayonining shakllanishida asosan dekalsinatsiya ko‘proqq
muhim o‘rin tutadi. Ion almashinuvi davrida vodorod ionlari ma‘lum bir chegaragacha emal
tomonidan yutilib turadi, bunda emal strukturasida o‘zgarish bo‘lmaydi. Ammo SaG‘R
koefitsienti ancha pasayadi. Bunday xol emal to‘qimasining kislotalarga nisbatan bufer
sistemasini o‘ynashini ko‘rsatadi.
Karies jarayoni kyechishi davrida Og‘iz so‘lagi tarkibida kalsiy miqdori sezilarli darajada
kamayadi. Bu xol o‘z navbatida kalsiy elementining emalga o‘tishini sekinlashtiradi va shu bilan
birgalikda Og‘iz so‘lagi va emal chegarasidagi minerallar almashinuvi dinamik muvozanatini
demineralizastiya jarayoni tomoniga suradi.
Karies oq dog‘`lik davrida remineralizastiyaga beriluvchan bo‘ladi. Bu davrda emalning
organik matrisasi asosi ali to‘liq erib ketmagan va u kristalizatsiya uchun nukleatsiya markazi
rolini o‘ynaydi.
1- rasm. Emal demineralizastiyasi
jarayoni:
1. Tish usti karashi (blyashka).
2. Tish pellikulasi.
3. Tish emal qavati.
4. O‘choqli demineralizastiya soћasi