sistemadan chiqmasdan turib, suyuq faza bilan aralashgan
xolda saqlanadi.
Bu usulda (1.4-rasm) neft nasos (4) orqali issiqlik
almashtirgich (1) ga, so‘ngra neft tindirgichlariga yuboriladi.
U yerda suv va loydan tozalanib (2), pech (3) orqali
rektifikatsion kolonna (5) ga yuboriladi.
Bir marta bug‘latishli neftni haydash qurilmasi:
1-issiqlik almashtirgich; 2- suv va loy ajratgich; 3-pech;
4- nasos; 5-rektifikatsion colonna (minora)
Neftni haydash yoki rektifikatsiya qilish maxsus
rektifikatsiya minoralarida olib boriladi. Bu minoralar
balandligi 35-40 m gacha bo‘lib, uning ichida bir necha qator
gorizontal joylashgan teshikli to‘siqlar - tarelkalari bo‘ladi.
Rektifikatsion kolonnalar neft yoki neft mahsulotlari
fraksiyalarining qaynash haroratlariga
qarab ajratish uchun
ishlatiladi.
Neftni haydash jarayonida eng yengil neft mahsulotlari
rektifikatsiya minorasining yuqori qismidan olinsa, pastga
qarab yaqin- lashgan sari og‘irroq neft maqsulotlari ajratib
olinadi.
3. Karbyuratorli va injektorli dvigatellar uchun asosiy
yonilg‘i sifatida turli sort va markadagi benzinlar ishlatiladi.
Benzinlar oson bug‘lanadigan yonuvchi suyuqlikdir.
Ularda massasi bo‘yicha taxminan 85% uglerod, 15% vodorod
va juda oz miqdorda kislorod, azot va oltingugurt bo‘ladi.
Benzinlaming zichligi 0,690-0,742 g/sm
3
, yonganda
chiqadigan issiqlik miqdori taxminan 3200 MJ/m
3
Zichligi
nisbatan katta va yonganda ko‘p
issiqlik ajralib chiqqanligi
uchun yonilg‘ining bu turi bilan ishlaydigan avtomobillar
ancha katta yurish yo‘liga ega ekanligi (400 km va undan
ortiq) bilan farq qiladi.
Dvigatel hosil qiladigan quvvat, lining tejamkorligi,
ishonchligi va samarali ishlashi ko‘p jihatdan tanlanadigan
benzinning xossa- lariga bog‘liq bo‘ladi.
Benzinlar quyidagi ekspluatatsion talablarga
javob berishi
kerak:
1)
karbyuratsion xossalari yuqori bo‘lishi, ya’ni barcha
rejim- larda dvigatelni osongina yurgizib yuborilishi va
barqaror ishlashini ta’minlaydigan yonuvchi aralashma hosil
qilish kerak;
2)
yuqori detonatsion barqarorlikka ega bo‘lishi, ya’ni har
qanday ish rejamida dvigatelda detonatsiya paydo qilmasligi
lozim;
3)
yonuvchi aralashmaning yonish issiqligi kerakli
darajada yuqori bo‘lishi zarur;
4)
baklarda, yonilg‘i berish apparatlarida smolalar hamda
dvigatelning issiq detallarida
mumkin qadar kam qurum hosil
qilishi zarur;
5)
uzoq saqlanganda ham xossalari o‘zgarmasligi uchun
yuqori barqarorlikka ega bo‘lishi kerak;
6)
rezervuar, baklar, trubalami korroziyalamasligi, uning
yonish maxsullari esa dvigatel detallarini korroziyalamasligi
lozim.
Benzinlarning asosiy fizikaviy-kimyoviy xossalariga
zichlik, qovushqoqlik, bug‘lanuvchanlik va to‘yingan bug‘
bosimi xossalari kiradi. Benzinlarning zichligi yonilg‘ining
karbyuratsiyalanish xossalariga ta’sir ko‘rsatadi. Benzinning
zichligi qancha katta bo‘lsa, uning sirt tarangligi shuncha katta
bo‘ladi. Bunday yonilg‘ining havo oqimi ta’sirida
parchalanishi (tomchilar katta bo‘ladi) va bug‘lanishi yomon
bo‘ladi. Natijada kerakli tarkibdagi
yonuvchi aralashma olib
bo‘lmaydi.
Benzinlarning zichligi 20°C da 0,690-0,742 g/sm
3
bo‘lib,
haroratning o‘zgarishiga bog‘liq o‘zgaradi. Benzinlarning
zichligi areometr asbobida aniqlanadi.
Benzinning yonuvchi aralashma tarkibida silindrdagi ish
sifatiga ta’sir etuvchi xossalaridan biri-
Do'stlaringiz bilan baham: