Neft va uni qayda ishlash mahsulotlari. Avtomobil yonilg‘ilari. Reja


Neftni qayta ishlash qurilmasining sxemasi



Download 73,85 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana30.03.2022
Hajmi73,85 Kb.
#517407
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu 1

Neftni qayta ishlash qurilmasining sxemasi:
1-trubali pech; 2-bug ‘latish kolonnasi; 3-rektifikatsiya kolonnasi; 4-
yordamchi kolonna; 5-nasos; 6-sovutgich; 7-suv va ijloslarni ushlab
qolgich; 8-nasos; 9-sovutgich.
Neftni biilamchi qayta ishlash usuli (haydash usuli)
fizikaviy usul bo‘lib, neft tarkibidagi uglevodorodlar qaynash
haroratiga qarab ajratiladi. Neftni haydash deganda, uni
qaynash darajasigacha qizdirib, tarkibida bo‘lgan
uglevodorodlar bug‘ holiga keltiriladi, so‘ngra ular sovitilib,
suyuqlikkka aylangach yig‘ib olish tushuniladi. Haydash
natijasida distillyat va qoldiq hosil bo‘ladi. Bu usulda neft
pechda 30CH500 °C haroratda qizdirilib, ajratgich
kolonkasidan o‘tkaziladi. Natijada uning tarkibidagi
uglevodorodlar qaynash haroratiga qarab fraksiyalarga
ajratiladi. Fraksiya deb, neftni ma’lum harorat oralig'ida
qaynaydigan bo‘lagiga aytiladi.
Haydash jarayoni bir marta, ko‘p marta va sekin-asta
bug‘latish yo‘li bilan amalga oshirilishi muinkin. Bir marta
bug‘latishda isitish berilgan haroratgacha olib boriladi va bug’


sistemadan chiqmasdan turib, suyuq faza bilan aralashgan
xolda saqlanadi.
Bu usulda (1.4-rasm) neft nasos (4) orqali issiqlik
almashtirgich (1) ga, so‘ngra neft tindirgichlariga yuboriladi.
U yerda suv va loydan tozalanib (2), pech (3) orqali
rektifikatsion kolonna (5) ga yuboriladi.
Bir marta bug‘latishli neftni haydash qurilmasi:
1-issiqlik almashtirgich; 2- suv va loy ajratgich; 3-pech;
4- nasos; 5-rektifikatsion colonna (minora)
Neftni haydash yoki rektifikatsiya qilish maxsus
rektifikatsiya minoralarida olib boriladi. Bu minoralar
balandligi 35-40 m gacha bo‘lib, uning ichida bir necha qator
gorizontal joylashgan teshikli to‘siqlar - tarelkalari bo‘ladi.
Rektifikatsion kolonnalar neft yoki neft mahsulotlari
fraksiyalarining qaynash haroratlariga qarab ajratish uchun


ishlatiladi.
Neftni haydash jarayonida eng yengil neft mahsulotlari
rektifikatsiya minorasining yuqori qismidan olinsa, pastga
qarab yaqin- lashgan sari og‘irroq neft maqsulotlari ajratib
olinadi.
3. Karbyuratorli va injektorli dvigatellar uchun asosiy
yonilg‘i sifatida turli sort va markadagi benzinlar ishlatiladi.
Benzinlar oson bug‘lanadigan yonuvchi suyuqlikdir.
Ularda massasi bo‘yicha taxminan 85% uglerod, 15% vodorod
va juda oz miqdorda kislorod, azot va oltingugurt bo‘ladi.
Benzinlaming zichligi 0,690-0,742 g/sm
3
, yonganda
chiqadigan issiqlik miqdori taxminan 3200 MJ/m
3
Zichligi
nisbatan katta va yonganda ko‘p issiqlik ajralib chiqqanligi
uchun yonilg‘ining bu turi bilan ishlaydigan avtomobillar
ancha katta yurish yo‘liga ega ekanligi (400 km va undan
ortiq) bilan farq qiladi.
Dvigatel hosil qiladigan quvvat, lining tejamkorligi,
ishonchligi va samarali ishlashi ko‘p jihatdan tanlanadigan
benzinning xossa- lariga bog‘liq bo‘ladi.
Benzinlar quyidagi ekspluatatsion talablarga javob berishi
kerak:
1)
karbyuratsion xossalari yuqori bo‘lishi, ya’ni barcha
rejim- larda dvigatelni osongina yurgizib yuborilishi va
barqaror ishlashini ta’minlaydigan yonuvchi aralashma hosil
qilish kerak;
2)
yuqori detonatsion barqarorlikka ega bo‘lishi, ya’ni har
qanday ish rejamida dvigatelda detonatsiya paydo qilmasligi


lozim;
3)
yonuvchi aralashmaning yonish issiqligi kerakli
darajada yuqori bo‘lishi zarur;
4)
baklarda, yonilg‘i berish apparatlarida smolalar hamda
dvigatelning issiq detallarida mumkin qadar kam qurum hosil
qilishi zarur;
5)
uzoq saqlanganda ham xossalari o‘zgarmasligi uchun
yuqori barqarorlikka ega bo‘lishi kerak;
6)
rezervuar, baklar, trubalami korroziyalamasligi, uning
yonish maxsullari esa dvigatel detallarini korroziyalamasligi
lozim.
Benzinlarning asosiy fizikaviy-kimyoviy xossalariga
zichlik, qovushqoqlik, bug‘lanuvchanlik va to‘yingan bug‘
bosimi xossalari kiradi. Benzinlarning zichligi yonilg‘ining
karbyuratsiyalanish xossalariga ta’sir ko‘rsatadi. Benzinning
zichligi qancha katta bo‘lsa, uning sirt tarangligi shuncha katta
bo‘ladi. Bunday yonilg‘ining havo oqimi ta’sirida
parchalanishi (tomchilar katta bo‘ladi) va bug‘lanishi yomon
bo‘ladi. Natijada kerakli tarkibdagi yonuvchi aralashma olib
bo‘lmaydi.
Benzinlarning zichligi 20°C da 0,690-0,742 g/sm
3
bo‘lib,
haroratning o‘zgarishiga bog‘liq o‘zgaradi. Benzinlarning
zichligi areometr asbobida aniqlanadi.
Benzinning yonuvchi aralashma tarkibida silindrdagi ish
sifatiga ta’sir etuvchi xossalaridan biri-

Download 73,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish