415
Karbonat kollektorlari uchun quyidagi bog‗lanishdan foydalanamiz.
'
ishl
NKQ
hay
V
V
V
AKA bilan ishlovni o‗tkazish uchun quduqqa NKQ-ning tizmasi quduq
tubigacha tushiriladi va quduq yuviladi. Yuvilgandan keyin NKQ ko‗tariladi,
perforatsiya teshiklarining yuqorisida 2-3 metr masofada boshmoq lifti o‗rnatiladi.
Quduq ustiga favvora armaturasi o‗rnatiladi.
Azot – kislotali aralashmani haydashdagi kutiladigan maksimal bosim ishlatish
tizmasi uchun ruxsat etilgan bosimdan oshib ketsa, unda NKQ ikki tomonlama ta‘sir
etuvchi paker bilan jihozlanadi va perforatsiya oralig‗idan yuqoriga o‗rnatiladi.
Qatlamdan oqim flyuidini chaqirishda paker azot-kislota aralashmasini qatlamga
haydashni ta‘minlash va suyuqlikni quvur orqasi fazosidan quvur fazosida suyuqlik
o‗tkazishni ta‘minlaydi.
Qatlamning qabul qiluvchanligini aniqlash haydaladigan bosimga bog‗liq
bo‗lib, qatlamning gidravlik yorish bosimining 80% dan oshib ketmasligi kerak.
Qatlamning qabul qiluvchanligi yetarli bo‗lmagan holda quduq tubining zonasi
ifloslanganda kislotali vannani o‗rnatilganda quduqning
tubi zonasidan reaksiya
mahsulotlarini yaxshi yuviladi. Quduqning tubi zonasida neftni og‗ir komponentlari
(parafinlar, smola, asfaltenlar) o‗tirib qolgan sharoitda, quduq tubida eritmali yoki
issiqlik tashuvchilar yordamida ishlov amalga oshiriladi. Qaytadan qabul
qiluvchanlik aniqlanadi. Nasos agregatlari (6) va kislota tashuvchi (7)
yordamida
kislota eritmaning hisobiy miqdori aniqlanadi (8.6-rasm).
Quduq ustidagi kutiladigan maksimal bosim
P
q.u
≤ 20 MPa kutilsa
(aralashtirgich sifatida aerator yoki uchtalik) quyidagi ishlar bajariladi. Qulfaklar
(15,18, 19)
ochiladi, (16,1 4, 17, 20, 24) qulfaklar yopiladi va gazlashtirish qurilmasi
(1) yordamida liftli tizmasiga liftning ichki hajmini gaz bilan to‗ldirish hisobidan
kelib chiqib,
gazsimon azot haydaladi, qaysiki liftni boshmog‗iga gazni chiqishini
boshlanish momentiga mos kelishi kerak. Gazsimon agentli haydash tugatilgandan
keyin (19) quduq ustida qulfak bekitiladi (quvur orqasida fazo) va (15, 18, 24)
qulfaklar ochiq bo‗lganda (1) qurilma yordamida va (6) nasos agregati yordamida 10-
chi aralashtirgich orqali liftli tizmaga azot-kislotali aralashmani haydash amalga
oshiriladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, 50 n/m
3
azotni 1 m
3
aralashmaga 0,20 dan
25 m
3
/daq xaydashni ta‘minlash kerak bo‗ladi. Boshlanishida (10) aralashtirgichga
tuz kislotasi uzatiladi, keyin esa loyli kislota uzatiladi.
Quvurning orqa fazosiga gazlangan azot kislotasini haydash yo‗li bilan, azot
kislotali aralashma qatlamga bostiriladi. Bostirish tugatilgandan keyin 15, 24-chi
qulfak bekitiladi, quvur orqasidagi va quduqning quvur fazosidagi bosimlar bir tekis
pasaytiriladi, (17, 19) qulfaklar ochilib, o‗z vaqtida qatlamdagi reaksiya mahsulotlari
chiqariladi va (21) tashlanma tizimga yo‗naltiriladi va (25) yig‗uvchi sig‗imda
to‗planadi.
Qulfaklar (15, 18, 19, 24) ochiladi, (14, 16, 17, 20) qulfaklar bekitiladi (8.6-
rasm) va (1) azotli gazlashtirish qurilmalari, (6) nasos agregati va (7) tizim bo‗yicha
halqa oralig‗ini fazosi ochiq bo‗lganda, azot-kislota aralashma lift tizmasiga
tayyorlash va haydash amalga oshiriladi.
Azot kislotali aralashmani haydashdan oldin liftni gazsimon azot bilan
to‗ldirishda quduq ustidagi bosim 20 MPa qiymatda beriladi.
Lift tizmasi azot-kislotali aralashma bilan to‗ldirilgandan keyin quvur orqasi
fazosidagi quduq usti (19) qulfagi bekitiladi va quduqqa talab qilingan hajmidagi
gazlangan kislotali eritmani haydash davom ettiriladi.
Kislota eritmaning hamma hajmiy miqdori quduqqa haydab bo‗lingan
keyin
azot-kislota aralashma qatlamga bostiriladi.
Eritmani bostirish tugatilgandan keyin quduq ustidagi (15) qulfak bekitildi va
quvurlardagi va quvurlar oralig‗idagi bosim sekin-asta pasaytiriladi, qatlamdan
reaksiya mahsulotlarini o‗z vaqtida chiqib ketishini ta‘minlash uchun (17, 19)
qulfaklar ochiladi, quduqdagi chiqqan suyuqlik (21) tashlanma tizim orqali (25)
yig‗uvchi sig‗imga yo‗naltirilgan.
Quduqdagi bosim pasaygandan keyin (19) qulfak bekitiladi, (14) qulfak
ochiladi va AGU-8K qurilmasi yordamida (6) nasos agregati va (10)
aralashtirgich
orqali quvur orqasi fazosidagi gazlangan azotli suyuqlik xaydaladi, oqimni chaqirish
uchun qatlam drenajlashtiriladi.