405
suyuqlik filtratsiyasiga nisbatan tez kirib boradi.
Azot bilan havo aralashmasini tarkibida 5% dan kichik kislorod bo‗lsa, neft
quduqlariga haydalashida portlash sodir bo‗lishini oldini oladi.
11.2. Quduqqa azotni tashuvchi va haydovchi qurilmalarni qo„llanilishi
Suyuq azotni quduqlarga tashib keltirishda azotli gazlashtirilgan qurilmalardan
foydalaniladi. Neftgaz qazib olish sanoatida va eng yaxshi parametrlarga ega AGQ-
6000-500/200 yoki AGQ-8Q qurilmalaridan foydalaniladi (11.1-rasm).
11.1-rasm. Azotli gazlashtirilgan qurilma
AGQ qurilmasi KRAZ-219-B avtomashinalardan, TRJK-5
rezervuarlari
botirilgan KV-6101 yoki TRJK-7 nasosidagi NJK-22M yoki NSG 500/200 suyuqlik
azotli botma nasosdan tashkil topgan.
Ta‘minlab beruvchi qurilmaning normal ishini
va zahiradagi qismlaridan
foydalanishni 5000 soat ishlash kafolati bilan yetkazib beriladi.
TRJK-5 rezervuarining tarkibiga suyuq azotli armatura bilan g‗ilofining idishi
kiradi. G‗ilof va idish oralig‗ida fazo kukunli aerogel bilan to‗ldirilgan va
vakuumlangan. Vakuumni ko‗chaytirish uchun seolit qo‗llaniladi. Idish X18N9T
po‗latdan payvandlab tayorlangan. Rezervuarning tagiga po‗lat list o‗rnatilgan bo‗lib,
bog‗lanmaning boshqa elementlari kabi X18N10T po‗latdan tayyorlangan.
Idishning hajmi 5600 litrga teng maksimal ishchi bosim 0,25 MPA. Saqlashda
rezervuardan 1,75 kg/soat azot parlanadi (20
0
C haroratda va 0,1 MPa bosimga).
Yo‗qotilishlarning hisobiga va qoldiq hisobiga AGK – DK qurilmasi 3500 m
3
gazsimon azotni ishlab beradi.
KV 6101 bosma nasosning rezervuari o‗xshash shaklda bajarilgan TRJK-5
rezervuarining o‗lchamlaridan farq qiladi.
Rezervuardan suyultirilgan gazni bosim ostida uzatish uchun NJM – 29 m yoki
12 NST 500 – 200 nasosi mo‗ljallangan. Suyuq azotni nasos 500 l/sek sarfda 22 MPa
bosimda uzatadi.
Nasos 13 kvt-li quvvatga ega bo‗lgan elektrdvigatelli reduktor orqali harakatga
keltiriladi. Suyuqlik azotini uzatuvchi nasosni gazlashtirish ishlari bug‗latgichda
amalga oshiriladi.
Bug‗latgich ilonsimon shakldan tashkil topgan bo‗lib,
latunli naychadan
bajarilgan va alyumeniyli g‗ilofi suv bilan to‗ldirilgan. Issiqlikni yo‗qotilishini
kamaytirish maqsadida atrofidagi g‗ilofi termik izolyasiyalangan. Portlatgichlarda
suvlarni qizdirish uchun quvvati 6 kvt kuchlanish 220 v bo‗lgan to‗qqizta quvurchali
elektrqizdirgichlar o‗rnatilgan.
Bitta qurilmaning to‗liq iste‘mol qilish quvvati 68 kvt.ni tashkil qiladi. Kon
ishlarida ikkita qurilmalardan foydalaniladi. Iste‘mol qilish quvvati 200 kvt bo‗lgan
ko‗chma elektrostansiyadan foydalanib amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: