2 Mavzu Turistik mahsulotlarning turlari va uning
taqsimlanishi
2. Turmaxsulot to’g’risida tushuncha, uning hayotiy bosqichlari, turlari
.
Maxsulot - bu bozorda iste’molchilarga
sotib olish uchun, iste’mol qilish
yoki foydalanish uchun taklif qilish mumkin bo’lgan va talab yoki ehtiyojni
qondira olish imkoniga ega bo’lgan narsalarning jamlamasidir. U jismoniy
ob’ektlar, xizmatlar, joylar, tashkilotlar va g’oyalarni o’z ichiga oladi.
Turistik maxsulot-korxonalar tomonidan bozorda
taklif qilinishi mumkin
bo’lgan uchta asosiy taklifni qamrab oluvchi tushunchadir.
1. Turlar, sayohat qilishning bosh maqsadiga xizmat qiluvchi xizmat
turlarining majmui (
joylashtirish, ovqatlantirish, transport, maishiy,
turistik,
ekskursion, madaniy-oqartuv va h.k.)
Mazkur maqsadlar turlicha bo’lishi mumkin, lekin albatta mijozlarda
qiziqish uyg’otmoqligi va ularni mazkur turni sotib olishga undamog’i lozim.
Turlar va sayohatlarning quyidagi guruhlari mavjud:
a) bilish turlari, turistlarni turistik hududlardagi aholining hozirgi kundagi
turmush tarzi, tabiati, tarixi, me’moriy yodgorliklari
bilan tanishtirish uchun
mo’ljallangan (turlar umumiy va maxsus bo’lishi mumkin).
b) qiziqishiga ko’ra turlar, o’z qiziqishlariga ko’ra dam olishni istagan
majozlarga mo’ljallangan.
v) sport-sog’olomlashtirish turlari normativ talablarni tashkil qilish va
topshirishni ko’zda tutadi.
Bu mijozlarning qiziqishlariga muvofiq turlarning taxminiy toifalarga
bo’linishi.
Undan tashqari harakatlanishning turli vositalari (yayov,
avtomobilda,
avtobusda, avia, turli hayvonlar yordamida va h.k.) turlarning ko’rinishlarini
ko’paytirishga xizmat qiladi, ular qisqa muddatli va ta’til vaqtiga mo’ljallangan
bo’lishi ham mumkin.
Dam olish kunlariga mo’ljallangan turlar ham ishlab chiqish mumkin.
Mijozlarning qiziqishlari va talablariga qarab, ularning to’lov qobiliyatlariga qarab
har xil ko’rinishdagi turlar ishlab chiqish mumkin. Mazkur omillar haqida
ma’lumotlar ijtimoiy uslublardan foydalangan holda olinadi.
2. Turistik korxonalar tomonidan ko’rsatilayotgan turli ko’rinishdagi
turistik-ekskursion xizmatlar ham turistik maxsulot ko’rinishiga kiradi. Ushbu
xizmatlar turistik korxonalar yoki boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan
ko’rsatilishi mumkin. Bunda turistik korxona vositachi bo’lib, xizmatlar turistlarga
va talab bo’lgan hollarda mahalliy aholiga xak olish yo’li bilan xizmat ko’rsatiladi.
Turistik korxonalar tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlarning quyidagi ko’rinishlari
mavjud: joylashtirish, ovqatlantirish, transport, ma’lumot berish, maishiy, savdo,
turistik, ekskursion,
madaniy-oqartuv, jismoniy-sog’lomlashtirish. Hozirgi kunga
kelib turistik-ekskursion xizmatlarning, turistik xo’jalikda joriy qilish mumkin
bo’lgan 400 dan ortiq ko’rinishi ishlab chiqilgan.
3. Turistik-estalik tovarlari turistik maxsulotning bir bo’lagini tashkil etadi.
Ular o’ziga xos bo’lgan (kartalar, otkritkalar, estalik sovg’alari,
turistik anjomlar
va h.k.) va o’ziga xos bo’lmagan, doimiy yashash joyida taqchil bo’lgan
tovarlardan tashkil topadi. Turistik maxsulotning aynan mana shu qismiga turistlar
katta mablag’ sarflaydilar. Turistik korxonalar savdo funktsiyalarini bajar turib,
turli tovarlarni ishlab chiqaruvchi va ularni sotishda vositachi sifatida ham
chiqishlari mumkin. Turistlar va mahalliy aholi uchun mo’ljallangan xizmatlar va
tovarlardan tashkil topgan turistik maxsulot haqidagi asosiy tushunchalar shulardan
iborat.
Mehmonxona biznesi menejerlari maxsulot haqida to’rt darajada o’ylashlari
lozim: asosiy maxsulot, hamroh maxsulot, qo’shimcha maxsulot, keng ma’nodagi
maxsulot.