- 80 -
Volume 1 Issue 05, May 2021
ISSN 218
ISSUE 9. SENTABR
dunyoqarashni shakllantirishi, voqea va
hodisalarga tarixiy nuqtai nazardan
yondoshadigan har tomonlama yetuk,
barkamol insonni tarbiyalashi lozim.
Ikkinchidan
, O‘zbekiston tarixi mustaqil
O‘zbekiston yoshlari ongida
milliy vijdonni
uyg‘otib, uning shakllanishiga
ko‘maklashadi. Yoshlar ajdodlarimizning
taraqqiyot yo‘lini, tarixiy tajribalarini o‘qib-
o‘rganganlaridagina
ularda istiqlol tafakkuri,
hozirgi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va
madaniy-ma‘rifiy turmushni o‘tmish bilan
qiyoslash va kelajakka nazar solish tuyg‘usi
shakllanadi.
Uchinchidan
, O‘zbekiston tarixi fani
yoshlarimizni Ona Vatanga mehr-sadoqat
hamda harbiy vatanparvarlik an‘analari
ruhida tarbiyalash vositasidir.
To‟rtinchidan
, O‘zbekiston tarixi
yoshlarimizni baynalmilalchilik ruhida
tarbiyalash qurolidir. Yoshlarimiz
bu fanni
o‘qish, o‘rganish va mutolaa qilish
jarayonida O‘zbekiston jahon
hamjamiyatining ajralmas tarkibiy qismi va
bir bo‘lagi ekanligini tushunib oladilar,
o‘zbek xalqi va buyuk allomalarimiz, fan va
madaniyat arboblarimizning jahon
taraqqiyoti va sivilizasiyasiga qo‘shayotgan
munosib hissasi bilan qonuniy suratda
fahrlanadilar.
Beshinchidan,
O‘zbekiston tarixi fani yosh
avlodni ulug‘ xalqimizning milliy
qadriyatlari va ahlokiy fazilatlari: halollik,
poklik, odillik, adolatlilik, insonparvarlik,
rostg‘o‘ylik, mehnatsevarlik va
kamtarinlik,
iymon va e‘tiqodlilik ruhida tarbiyalamog‘i,
Vatan va xalq oldidagi burchga sadoqatni
qaror toptirmog‘i darkor.
O‘zbekiston tarixi fanini yaratish va uni
yosh avlodga o‘qitish hamda o‘rganish
bo‘yicha birdan-bir to‘g‘ri nazariy, ilmiy va
uslubiy asoslarni ishlab chiqish nafakat
tarixiy, balki amaliy, hayotiy ahamiyatga
ham ega. O‘zbekiston tarixi fani
yoshlarimizning g‘oyaviy-siyosiy
dunyoqarashni shakllantirishda o‘zining
qonuniy missiyasini bajarmog‘i uchun
qo‘yidagi nazariy-ilmiy va uslubiy
asosladiga suyanmog‘i kerak bo‘ladi.
Birinchidan,
O‘zbekiston tarixini yoritish,
o‘qitish va o‘rganish jarayonida
chuqur
ilmiylik, xolislik, tarixiylik, xronologik
izchillik, tarix haqiqatining ustivorligi
asosiy va bosh yo‘nalish bo‘lishi lozim.
Ikkinchidan,
O‘zbekiston tarixini o‘qitish
va o‘rganish jarayonida yoshlarda tarixiy
bilimlar, tasavvur, tushuncha, ilmiy-nazariy
yondoshish shakllanmogi lozin.
Uchinchidan,
O‘zbekiston tarixi boshidan
oxiriga qadar asosiy g‘oya —
vatanparvarlik, baynalmilallik, insoniylik
qabi fazilatlarga qaratilmog‘i kerak.
To‟rtinchidan,
O‘zbekiston tarixining har
bir satri, har bir sahifasi umumbashariy va
milliy qadriyatlar
ustivorligiga va umuman,
tarixga hurmat, e‘tibor ruhi bilan sug‘orilgan
bo‘lishi hamda boshdan oyoq milliy
tiklanish tafakkurining kamol topishiga
xizmat qilishi lozim.
Beshinchidan,
O‘zbekiston tarixi fani
respublikamiz mustaqilligini