Metodik ko‘rsatmalar.
Ko‘rsatilgan yaqinlashtiruvchi
mashqlar depsinish texnikasini o‘rganishga yordam beradi.
Ularni bajarayotganda silkinch oyoq va qo‘l harakatlarining
doirasi eng katta bo‘lishiga, depsinuvchi oyoq va gavdaning
to‘la to‘g‘rilanishiga erishish kerak. Shundan keyin yuqoriga
osig‘liq narsa balandligini asta-sekin oshira borib, unga sakrab
etishni mashq qilsa bo‘ladi. Gavdani tik tutib plankadan
«ko‘tarilib» o‘tishga asosiy e’tibor berish kerak. Yugurib
kelish uzoqligi va tezligi, shuningdek, plankaning balandligi
o‘zgarib turadi. Bu mashqda ilgari o‘zlashtirilgan depsinish
harakatlari mustahkamlanadi.
3-vazifa.
Depsinishga tayyorlanishni va yugurib kelishdagi
oxirgi qadamlar ma’romini o‘rgatish.
Vositalar:
1. «Ko‘tarilish» usulida plankadan sakrab
o‘tish — yugurib kelayotganda oxirgi 2—4 qadam uzunligi
ortadi, bu qadamlarda oyoqlar tagi to‘la yerga qo‘yiladi,
yugurib kelayotganda gavda olg‘a engashgan bo‘ladi. 2. Shu-
ning o‘zini silkinch oyoqda siljishni tezlatish va tosni oldin-
latib yuqori chiqarish hisobiga oxirgidan bitta oldingi qadam
uzunligini orttirib va oxirgi qadam uzunligini kamaytirib
(l—1 1/2
oyoq tagi uzunligicha) bajariladi.
Metodik ko‘rsatmalar.
Ko‘rsatilgan barcha mashqlarda
gavdaning
UOM
ohista pasaya borishiga erishish juda muhim.
Depsinishga tayyorlanish oxirgi qadamlar qanday ma’romda
239
bajarilishdan qat’iy nazar har doim yugurib kelish tezligini
oshirish bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. Silkinch oyoqdan dep-
sinuvchu oyoqqa o‘tishdagi asosiy harakat yelkalarni oldinda
tutib qolgan holda, tosni oldinlatib yuqoriga chiqarish bo‘lishi
kerak.
4-vazifa.
«Oshib o‘tish» usuli bilan sakrashda gavda ay-
lanishlarini o‘rgatish.
Vositalar:
1. Biror narsa yaqinida yon tomon bilan turib
va shu narsaga yaqin tomondagi qo‘l bilan unga tayanib,
silkinch oyoqni shiddat bilan iloj boricha baland ko‘tarayotib,
tosni ichkari tomon burish va oyoq uchida baland ko‘tarilish.
2. Shuning o‘zini silkinch oyoq bilan birga tosning shu
tomonini ham baland ko‘tarib, tosni esa sal oldinlatish. Umu-
man bu harakat depsinpsh bilan tugaydi. 3. Shuning o‘ziga
bukik bo‘sh qo‘lni shiddat bilan silkish qo‘shib bajarish.
4. Yuqoridagi 1,2 va 3-mashqlarni yurib keta turib, yelkalarni
baland-baland ko‘tarib bajarish. 5. Shuning o‘zini erkin
sakrab ko‘tarilayotganda silkinch oyoq bilan ikkala qo‘lni
gavda yoniga tez tushirish (gavda bilan oyoq bitta to‘g‘ri
chiziqda bo‘ladi). Silkinch oyoqda yoki ikkala oyoqda ba-
ravar yerga tushish. Yerga tushish paytida gavda uzuna o‘q
atrofida 180° burilib ulgurishiga erishmoq lozim. Engashib
tayanib turganda depsinuvchi oyoq tizzasini bukish bilan
bir vaqtda oyoqni ham, tosni ham tashqariga burib, oyoq
tagini orqaga bukib, tovonni silkinch oyoq yuqorisi—dumba
tomon yo‘naltirish. 6. Shu mashqning o‘zi, lekin qo‘llarni
yon tomonlarga ko‘tarib turib, depsinuvchi oyoq tizzasini
bukib, tosni uzuna atrofida tashqariga burish: har gal buril-
ganda, gavdani tayanch oyoq uchida baland ko‘tarish. 7. Shu-
ning o‘zi, lekin erkin sakraganda silkinch oyoqqa tushib,
180° burilayotganda silkinch oyoq bilan ikkala qo‘lni tez
pastga tushirish. 8. Yonlamasiga — 5 qadam yugurib kelib,
shu harakatlarning («piruet»larning) hammasini unchalik
baland bo‘lmagan plankadan oshib ijro etish; keyin plankani
240
tobora balandlata borib, uzoqroqdan —35° burchak hosil
qilib va katta tezlikda yugurib kelib, o‘sha mashqning o‘zini
bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |