Rafiyev yengil aòLEÒika va uni o‘QIÒish meòodikasi


«Hatlab o‘tish» usulida sakrash



Download 39,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/154
Sana29.03.2022
Hajmi39,96 Mb.
#515734
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   154
Bog'liq
engil atletika

«Hatlab o‘tish» usulida sakrash. 
Yugurib kelish yon
tomondan 30–45 burchak ostida bajariladi. Plankadan
uzoqda turgan oyoq bilan, chuqur chetidan 70–80 sm naridan


228
depsiniladi. Sakrovchi depsingandan keyin gavdasini tik
holatda saqlab, yuqoriga ko‘tariladi; tizzasi bukilgan silkinch
oyoqni balandroq ko‘taradi: depsinuvchi oyoq esa pastga
erkin tushib turadi (78-rasm). Planka balandligiga yetganda,
silkinch oyoq keskin to‘g‘rilanadi va tez planka orqasiga
tushiriladi. Undan keyin gavdani juda ham engashtirib,
plankadan «hatlab o‘tiladi». Bu bilan bir vaqtda qo‘llar ham
pastga tushiriladi. Sal bukilgan depsinuvchi oyoq yoysimon
harakat bilan planka ustidan o‘tadi. Sportchi yon tomonini
plankaga burib, silkinch oyog‘ida yerga tushadi. Balandlikka
“hatlab o‘tish” usulini yengil atletika bilan endi shug‘ul-
lanuvchi bolalarda “fosberi-flop” usulida yoysimon yugurib
kelishni o‘rgatish paytida qo‘llasa bo‘ladi.
«Òo‘lqin»
usulida sakrash
. «Òo‘lqin» usulida sakrashda
(79-rasm), yugurib kelish to‘g‘ri burchak ostida yoki bir oz
yon tomondan bajariladi (60—75°). Yon tomondan yugurib
kelishda depsinish joyi plankaning proyeksiyasiga
yaqinlashadi. Silkinch oyoq harakati erkinroq, gavdaning
planka ustidan o‘tish texnikasi ham yengilroq bo‘ladi.
Òo‘g‘ridan yugurib kelishda, chuqur chetidan 150 sm naridan
depsiniladi.
Depsingandan keyin silkinch oyoqning tagi bilan boldiri
planka tepasiga ko‘tarilganda, gavda esa yugurib kelish
yo‘nalishi tomonga engashib, depsinuvchi oyoq tomonga sal
78-rasm.
 Balandlikka «hatlab» o‘tish usulida sakrash.
3
4
5
6
1
2


229
burilganda, depsinuvchi oyoq tizza bo‘g‘imida sal bukiladi.
Silkinch oyoq tagi shiddat bilan ichkariga burilib, oyoqning
o‘zi tezda planka narigi yog‘iga tushiriladi. Shu paytda,
plankadan teskari tomonga engashgan gavda planka bilan
plankaga nisbatan iloji boricha yuqori ko‘tarilgan depsinuvchi
79-rasm.
 Balandlikka “to‘lqin” usulida sakrash.
3
4
5
6
1
2
9
10
11
7
8
14
15
16
12
13


230
oyoq (to‘g‘rilangan yoki sal bukilgan bo‘ladi) tomonga
ko‘kragi bilan buriladi; oyoq tagi bilan tizza tashqariga
buriladi. Gavda bosh bilan birgalikda yugurib kelish yo‘nalishi
tomonga yanada ko‘proq engashadi. Silkinch oyoq bilan
gavda yoy («to‘lqinsimon») hosil qiladi. Bu yoyning eng
yuqori nuqtasiga tos ko‘tariladi. Qo‘llar pastga tushiriladi,
yoki ikki tomonga yoziladi yoki tirsak bo‘g‘imida sal bukilib
orqaga tortiladi.
Depsinuvchi oyoq planka ustidan yoysimon harakatni
davom ettirib o‘tib, gavdadan oldinlab pastga tushiriladi.
Bir vaqtda ko‘krak kerib, gavda yoziladi, tirsak bo‘g‘imida
bukilgan qo‘llar gavdaning yuqori qismi bilan birga yuqoriga
ko‘tarilib, orqaga tortiladi. Silkinch oyoq tizzada bukilib,
oyoq tagini orqalatib yuqoriga yo‘naltira borib, orqaga
ko‘tariladi. Yonbosh yoki ko‘krakni planka tomon burib,
depsinuvchi oyoq bilan yerga tushiladi.

Download 39,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish